Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
154 subscribers
2.44K photos
571 videos
21 files
873 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya_qarori_ijrosi

Olmaliqqa qo'shilgan "Na'muna" MFY masalasi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Piskent tumanidan Olmaliq shahri hududiga o'tkazilgan mahalla hududlarini optimallashtirish bo'yicha mas'ullarning takliflari dastlabki tarzda ko'rib chiqildi.

@olmaliq_deputatlari
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Deputatlar sayyor qabul tashkil qildilar...

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri E.Abdurayimov boshchiligida, Kengashning doimiy komissiyasi raisi Zafar Adilov va tashkilotlar ishtirokida Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan Namuna MFY ning Jaloir, Yangiobod va Toshqishloq hududlari aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Fuqarolarning anchadan beri to'planib qolgan ko'plab savollariga javob berildi. Barcha tegishli mutasaddilar, jumladan, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim, maktabgacha ta'lim, suv, gaz, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, yoshlar siyosati, ayollar va boshqa yo'nalishlardagi mas'ullari aholi murojaatlarini tinglab, vazifalarni belgilab, muddat oldilar.

Aholi qabul so'ngida bu ishlarni boshida turgan shahar rahbariyati va barcha tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hududda bo'lgan e'tibor kuchayganidan kayfiyat ham kundan-kun yaxshilanib borayotganidan hursand ekanliklarini bildirdilar.

@olmaliq_deputatlari
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Fuqarolar sarson bo'lmaydi yohud barcha tashkilotlar mahallada!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2022-yil 20-iyulda imzolangan VI-55-76-10-147-K/22 sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha bajarilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov boshchiligidagi mutasaddilar Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan "Namuna" MFY ga qarashli Bo'ston, Eyvalak va Yangi qurilish hududlari aholisi bilan uchrashdi va fuqarolarning murojaatlarini tingladil. shuningdek, fuqarolarning hudud ko'chalarini yangidan nomlash, tashkiliy jixatdan choralarning ko'rilishi bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganildi.

Qabul jarayonidan fuqarolarning 20 dan ortiq muammo va takliflari qabul qilindi. Sayyor qabul bayonnomasi tuzilib, mas'ullarga muddat va vazifalar belgilab berildi hamda ijroga qaratildi.

@olmaliq_deputatlari
#Sessiya

Davlat Dasturi ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 90-sessiyasida deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasing “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining Olmaliq shahridagi ijrosi to‘g‘risidagi masalani ko'rib chiqdilar. Davlat Dasturi ijrosi bo'yicha Olmaliq shahar hokimining Qarori bilan amaliy tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo'lib uning ijrosi har oyda Kengashning doimiy komissiyalarida, har chorak yakuni bilan esa sessiyada muhokama qilinadi.

Deputatlar Kengashi 1-chorak yakunlari bo'yicha hisobotlarni qabul qildi va mutasaddilarga navbatdagi vazifalarni belgiladi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Saylov_2024

Okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar tavsiya qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 99-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida 3 ta masala ko'rib chiqildi.

Jumladan, bugun deputatlarimiz kutilayotgan saylovlarda Toshkent viloyati Kengashi deputatligi uchun bo'ladigan saylovlarni o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya qilish haqida qaror qabul qildilar. Viloyatda ja'mi 60 ta okrug tuzilgan bo'lib, shundan 3 ta okrug Olmaliq shahriga ta'luqli. Deputatlarimiz 3 ta okrug komissiyalari a'zoligiga 11 nafardan ja'mi 33 nafar nomzodni hududiy saylov komissiyasiga tavsiya qildilar. Endi hududiy saylov komissiyasi ushbu nomzodlarni tasdiqlash haqida qaror qabul qilishi kerak.

Kengash kotibiyati

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

“Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 100-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida bitta masala ko'rib chiqildi. Olmaliq shahar hokimining “Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar to'gʻrisidagi hisoboti eshitildi. Shahar hokimi o'z hisobotida erishilgan natijalar bilan bir qatorda kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan ayrim mutasaddilar, bank rahbarlari va hokim yordamchilari haqida to'xtaldi. Deputatlar mas'ullar oldidagi navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilash bilan birga kamchiliklarga yo'l qo'yib kelayotgan mas'ullarga chora ko'rish haqida qaror qabul qildilar.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Rasman

VII chaqiriq Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 4-sessiyasi 2024-yil 10-dekabr (seshanba) kuni soat 14:00ga shahar hokimligi 3-qavat kichik majlislar zaliga chaqiriladi.

Batafsil.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

DEPUTATLAR SHAHAR BUDJETINI TASDIQLADILAR


27-28-dekabr kunlari bo'lib o'tgan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 5-sessiyasida deputatlar Olmaliq shahrining 2025-yilgi budjetini tasdiqladilar. Unga ko’ra Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2025-yilgi daromadlari 97 miliard 611 million 160 ming so‘m va xarajatlari ham 97 miliard 611 million 160 ming so‘mni tashkil etadi.

Videolavhada Kengashning doimiy komissiya raisi Matluba Ashurova doimiy komissiyalar qo'shma majlisida deputatlar qanday hulosaga kelganligini ma'lum qilmoqda. Shundan so'ng qaror ovozga qo'yildi va tasdiqlandi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy