Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
159 subscribers
2.48K photos
580 videos
21 files
887 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Tarix
#Saboqlarim

Asosiy tarozi - vijdon tarozisi

14 yil avval aynan mana shu xonada, aynan mana shu nuqtada kaminaning ish stoli bo'lgan. Men ilk bor davlat ishida ishni shu joydan boshlagan edim.
Taqdir charxpalagini qarang, yana shu qadrdon xonamda axolini qabul qilyapman. Faqat boshqa vazifada... Kecha kim edimu, bugun kim bo'ldim? o'tayotgan vaqtim samarali bo'lyaptimi? degan savollar o'tishi tabiiy ekan. Ammo shuni bilamanki, o'sha kezlarda ham o'zimning falsafam bilan yashardim va ishlardim, hozir ham shunday. Kimgadur yoqishi yoki yoqmasligi ikkinchi masala. Vijdonim qabul qilsa, kun kelib qolganlar ham qabul qiladi. Qolganlar qabul qilmasa vijdonim bilan do'stlashib yashayveraman. Qabul qilmaganlarning o'ziga qiyin.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Kimki menga dushmanlik qilib yurganini sezsam, o'zini menga tenglapti yoki meni o'zidan yuqori darajaga qo'yipti, deyman. Undaylarga aytar gapim, sizga yangi dard, yangi tashvish muborak bo'lsin!

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi lozim — Alisher Qodirov Batafsil @ergash_abdurayimov
#saboqlarim

L: Ko‘plab mamlakatlarda har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasi otalar kuni sifatida nishonlanadi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov O‘zbekistonda ham otalar kuni alohida kun sifatida qayd etilishi kerak degan fikrni ilgari surmoqda.


Ushbu taklifga qo'shilaman. Iloji bo'lsa, bu kun dam olish kuni deb e'lon qilinsin va har bir ota bu kunni farzandlari bilan o'tkazsin. Ammo tayyor turinglar, aliment va yana boshqa bir muammolarni ro'kach qilib, farzandlarini o'ylamay, yengil-yelpi hayotni tanlab ajrashib ketayotgan onalar "Otalar kuni"da murg'ak bolalarining "Meni dadam qani?", "Nega dadamiz biz bilan yashamaydi?" kabi muqarrar savollariga vijdon bilan javob izlashi kerak bo'ladi. Biz ajrim deganda negadur jabrdiyda ayolni va unga zug'um o'tkazib yashaydigan erkakni ko'z o'ngimizga keltirib o'rganganmiz. Vaholanki, Bolalarini bag'rida yashamaslik, uning ustiga har kuni seni dadang yomon edi, deb qulog'iga quyadigan ona qo'lida farzandlarini ma'nan boy berish daxshati bilan kuyib yashayotgan erkaklar, OTALAR ko'pchilikni o'ylantirmaydi. Zora ushbu kun mana shunday savollarni ham o'rtaga olib chiqsa. Hamma ayol ham mushtipar bo'lmaganidek, hamma erkak ham razil va kaltafahm emas. Baxtimizga ham otamiz, ham onamiz sog'-salomat bo'lsinlar. Farzandlarimiz esa saodatli ota-onaning birgalikdagi hayotidan butun baxt topib ulg'aysinlar.

K: Кўплаб мамлакатларда ҳар йили июнь ойининг учинчи якшанбаси оталар куни сифатида нишонланади. Олий Мажлис қонунчилик палатаси спикери ўринбосари Алишер Қодиров Ўзбекистонда ҳам оталар куни алоҳида кун сифатида қайд этилиши керак деган фикрни илгари сурмоқда.

Ушбу таклифга қўшиламан. Иложи бўлса, бу кун дам олиш куни деб эълон қилинсин ва ҳар бир ота бу кунни фарзандлари билан ўтказсин. Аммо тайёр туринглар, алимент ва яна бошқа бир муаммоларни рўкач қилиб, фарзандларини ўйламай, енгил-елпи ҳаётни танлаб ажрашиб кетаётган оналар «Оталар куни»да мурғак болаларининг «Мени дадам қани?», «Нега дадамиз биз билан яшамайди?» каби муқаррар саволларига виждон билан жавоб излаши керак бўлади. Биз ажрим деганда негадур жабрдийда аёлни ва унга зуғум ўтказиб яшайдиган эркакни кўз ўнгимизга келтириб ўрганганмиз. Ваҳоланки, Болаларини бағрида яшамаслик, унинг устига ҳар куни сени даданг ёмон эди, деб қулоғига "қуядиган" она қўлида фарзандларини маънан бой бериш дахшати билан куйиб яшаётган эркаклар, ОТАЛАР кўпчиликни ўйлантирмайди. Зора ушбу кун мана шундай саволларни ҳам ўртага олиб чиқса. Ҳамма аёл ҳам муштипар бўлмаганидек, ҳамма эркак ҳам разил ва калтафаҳм эмас. Бахтимизга ҳам отамиз, ҳам онамиз соғ-саломат бўлсинлар. Фарзандларимиз эса саодатли ота-онанинг биргаликдаги ҳаётидан бутун бахт топиб улғайсинлар.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Farzandining orzulariga sherik bo'lgan, qanot bera olgan ota-ona uning mevasini ko'rmay qolmaydi.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Har nedan kechsang ham Vatandan kechma,
Bevatan sotqinga mozor omonat.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Inson istasa yurgan yo'lini gulzor qiladi. Istamasa vayron qiladi.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Keragidan ortiq ko'mak aks taʼsir bera boshlaydi. Eng yomoni ko'mak oluvchi "nonko'r" bo'lsa bora-bora bu sening vazifang deb qaray boshlaydi.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Энг қийин аммо энг завқли жараён - бу ўзингни ўзгартириб бориш жараёни.

@ergash_abdurayimov
#saboqlarim

Айрим ҳолларда тарбиялашни ҳаётнинг ўзига қўйиб бериш керак.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Xatoyingni aytgandan qo'rqma. Aytmagandan qo'rq. Sendan umidini uzgan.

@ergash_abdurayimov
Шерали Жу́раев, Юртнинг отасига осон тутганлар мп3 (Аллох рози бу́лсин…
Бахор айёми
#saboqlarim

СИЗ БИТТА УЙ ҚУРИНГ, ЭЛНИНГ ОТАСИГА ОСОН ТУТГАНЛАР...

Ижтимоий тармоқларда ўзининг шахсий ҳаётидаги қийинчиликларига ҳам айбни ўзидан эмас, давлатдан ёки давлат раҳбаридан қидираверадиганлар мана шу қўшиқни ёқтирмаса ҳам эшитиб, аччиқ ҳақиқатни ўзига қабул қилишга ҳаракат қилиб кўриши керак.

Эл раҳбарларини танқид қилибгина қолмай, уларни авайлашга ҳам, атрофида бирлашиб, қийинчиликларни бирга енгишга куч топа олса, албатта натижа бўлади.

@ergash_abdurayimov
#Saboqlarim

Kimki, nimagadur erishsa yaxshi odobi bilan erishadi. Kimki qulasa, odobsizligidan qulaydi.

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saboqlarim

G‘azolik bolalar uchun “shafqat yo‘q” degan amerikalik aktyorning uyi yonib ketdi

G‘azolik chaqaloqlar uchun “o‘t ochishni to‘xtatmang, shafqat qilmang, ularning barchasini o‘ldiring” degan aqshlik aktyor Jeyms Vudsning Los-Anjeles shahrida joylashgan uyi yong‘inda kulga aylandi.

Aktyor boshidan o‘tkazganlarini jonli efirda yig‘lab gapirib berdi.


Keling, shu safar saboqni hamma o'ziga o'zi chiqarsin.

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saboqlarim
#Chorlov

O'tgan yili bahorda hokim: hamma tomorqasiga qarab qo'ysin, dedilar. Buni hamma rahbar o'zidan boshlasin, dedilar. Ko'p qavatli uyda turganim uchun katta hovli (ota-onamizning uylari)ga borib keliningiz va bolalarim bilan birga 2-3 kun xashar qilib ekdik. To'g'ri pamildori uncha yaxshi bo'lmadikuya, ammo bulg'or qalampiri, baqilajon, qalampir, rediska, ukrop, kashnich, ko'k piyoz, turp shunga o'xshash narsalarni to'liq hovlidan olib kelib iste'mol qildik. Barra mahsulot, o'zing ekkan narsalar, zavqi va gashti ham o'zgacha.

Dadamning daraxtlaridagi meva-chevalarni aytmasa ham bo'ladi. Ular maza.

Nima demoqchiman, hokimiyat ek, deyapti, mevasini o'zingiz yeysizku. Nega bizni yaxshi narsalar uchun davlat majbur qilishi kerak? Farzandlarni yonimizga olib, tomorqani tayyorlashimiz, kerakli mahsulotlar ekishimiz kerak. Ikki qator ko'kat eksangiz ham yeb tugata olmaysiz.

Tayyorgarlikni boshlaylik, "uyg'onaylik".

@ergash_abdurayimov
#saboqlarim

Men kitob o'qiyotgan yoki dars qilayotgan bolani ko'rsam sevinib ketaman. Suratdagi bola baxtli bola. Chunki uning tanlagan yo'li to'g'ri.

@ergash_abdurayimov