Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
154 subscribers
2.44K photos
571 videos
21 files
873 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Xududlarda
#Bir_murojaat_izidan

Maslahat bilan muammolarning yechimi topilmoqda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov Alisher Navoiy mahallasiga qarashli Mustaqillik ko'chasida joylashgan ayrim ko'pqavatli uylar bilan bog'liq murojaatlar bo'yicha xududda bo'ldi.

Aholi tomonidan ichki yo'llar va ko'pqavatli uyning umumiy holatlari bilan bog'liq masalalar bo'yicha murojaatlarni hal qilish chorasini ko'rish maqsadida OKMK AJ vakillari (mutahassis sifatida), Boshqaruv servis kompaniyasi direktori, jalb qilindi.

Shahar hokimligi va mutasaddilar bilan hal etiladigan masalalar bo'yicha vazifalar belgilandi va deputat o'z o'rnida aholidan ham hududni obodonlashtirishda faollik so'radi. Mazkur hududdagi o'zgarishlarni keyingi postlarimizda ham kutib qolamiz.

@olmaliq_deputatlari
#Bir_murojaat_izidan

Kengash kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimov boshchiligidagi mutasaddilar ayrim fuqarolarning murojaatlariga doir aniq vazifalarni belgilab oldilar.

@olmaliq_deputatlari
#Bir_murojaat_izidan

Amir Temur ko'chasi 69-uyda yashovchi aholidan tushgan murojaat bo'yicha shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov boshchiligida masalaga mas'ul rahbarlar, hususan, hokimlikning Uy-joy kommunal xizmati bo'limi rahbari va tegishli BSK rahbari muammoli masala yuzasidan muhokama olib bordi.

Aholining BSK ning xizmat ko'rsratishi bilan bog'liq masalasida kelishuvga erishildi.

Boshqaruv servis kompaniyasi sifatli xizmat ko'rsatadigan va aholi o'z qarzlarini to'lashda ijobiy "siljish" qiladigan bo'ldi.

Deputatlar har ikkala tomonning manfaatlari buzilmasligini, muammo hal etilishini o'z nazoratida saqlab turishiga kelishildi.

@olmaliq_deputatlari
#Bir_murojaat_izidan

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimov 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi sinf xonalaridagi moddiy texnik ta'minot masalasi bo'yicha murojaatni o'rgandi. O'rganish natijasi yuzasidan shahar hokimiga tegishli taklif kiritiladi.

@olmaliq_deputatlari
#Bir_murojaat_izidan
#Hududlarda

Murojaatlar o'rganildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Farhodbek Umarov, Ergash Abdurayimov va deputat Ravshan Siddiqovlar shahar Tibbiyot birlashmasi, shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, mahalla fuqarolar yig'inlari vakillarini jalb qilgan holda shahrimizdagi bir nechta mahallalarda bo'lib, deputatlarga yuklatilgan fuqarolar murojaatlarini o'rgandilar va murojaatlarni hal etish bo'yicha aniq vazifalar va muddatlarni belgiladilar.

@olmaliq_deputatlari