Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
201 subscribers
3.25K photos
696 videos
22 files
1.05K links
Olmaliq shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Sessiya_qarori_ijrosi
#Temir_daftar
#Ayollar_daftari
#Yoshlar_daftrari

📍Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi sessiyasining Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga doir 2 ta qarori ijrosi muhokama qilindi.

Muhokamada mas'ullar sessiya qarorida nomlari keltirilgan har bir fuqaro bilan qilingan ishlar yuzasidan birma-bir javob berdilar.

Kotibiyat mudiri ayrim soha rahbarlarini tanqid ostiga olib: "Qarorni o'zi ijro bo'ladi, deb kutib o'tiribsizmi?, Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi" deydi.

Sessiyaning mazkur qarorlari ijrosi ikkinchi bor muhokama qilinmoqda. Tan olish kerakki, avvalgi muhokamalardan so'ng qaror ijrosi 85 foizga bajarilgan. Bu galgi jiddiy ihihlantirish va tushuntirishlardan so'ng 💯 foizga bajarilishi ko'zda tutilgan.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya_qarori_ijrosi

Olmaliqqa qo'shilgan "Na'muna" MFY masalasi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Piskent tumanidan Olmaliq shahri hududiga o'tkazilgan mahalla hududlarini optimallashtirish bo'yicha mas'ullarning takliflari dastlabki tarzda ko'rib chiqildi.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Deputatlar sayyor qabul tashkil qildilar...

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri E.Abdurayimov boshchiligida, Kengashning doimiy komissiyasi raisi Zafar Adilov va tashkilotlar ishtirokida Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan Namuna MFY ning Jaloir, Yangiobod va Toshqishloq hududlari aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Fuqarolarning anchadan beri to'planib qolgan ko'plab savollariga javob berildi. Barcha tegishli mutasaddilar, jumladan, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim, maktabgacha ta'lim, suv, gaz, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, yoshlar siyosati, ayollar va boshqa yo'nalishlardagi mas'ullari aholi murojaatlarini tinglab, vazifalarni belgilab, muddat oldilar.

Aholi qabul so'ngida bu ishlarni boshida turgan shahar rahbariyati va barcha tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hududda bo'lgan e'tibor kuchayganidan kayfiyat ham kundan-kun yaxshilanib borayotganidan hursand ekanliklarini bildirdilar.

@olmaliq_deputatlari
Forwarded from ONA SHAHRIM OLMALIQ
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Fuqarolar sarson bo'lmaydi yohud barcha tashkilotlar mahallada!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2022-yil 20-iyulda imzolangan VI-55-76-10-147-K/22 sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha bajarilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov boshchiligidagi mutasaddilar Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan "Namuna" MFY ga qarashli Bo'ston, Eyvalak va Yangi qurilish hududlari aholisi bilan uchrashdi va fuqarolarning murojaatlarini tingladil. shuningdek, fuqarolarning hudud ko'chalarini yangidan nomlash, tashkiliy jixatdan choralarning ko'rilishi bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganildi.

Qabul jarayonidan fuqarolarning 20 dan ortiq muammo va takliflari qabul qilindi. Sayyor qabul bayonnomasi tuzilib, mas'ullarga muddat va vazifalar belgilab berildi hamda ijroga qaratildi.

@olmaliq_deputatlari