Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
148 subscribers
2.42K photos
564 videos
21 files
867 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Deputatlar sayyor qabul tashkil qildilar...

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri E.Abdurayimov boshchiligida, Kengashning doimiy komissiyasi raisi Zafar Adilov va tashkilotlar ishtirokida Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan Namuna MFY ning Jaloir, Yangiobod va Toshqishloq hududlari aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Fuqarolarning anchadan beri to'planib qolgan ko'plab savollariga javob berildi. Barcha tegishli mutasaddilar, jumladan, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim, maktabgacha ta'lim, suv, gaz, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, yoshlar siyosati, ayollar va boshqa yo'nalishlardagi mas'ullari aholi murojaatlarini tinglab, vazifalarni belgilab, muddat oldilar.

Aholi qabul so'ngida bu ishlarni boshida turgan shahar rahbariyati va barcha tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hududda bo'lgan e'tibor kuchayganidan kayfiyat ham kundan-kun yaxshilanib borayotganidan hursand ekanliklarini bildirdilar.

@olmaliq_deputatlari
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Fuqarolar sarson bo'lmaydi yohud barcha tashkilotlar mahallada!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2022-yil 20-iyulda imzolangan VI-55-76-10-147-K/22 sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha bajarilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov boshchiligidagi mutasaddilar Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan "Namuna" MFY ga qarashli Bo'ston, Eyvalak va Yangi qurilish hududlari aholisi bilan uchrashdi va fuqarolarning murojaatlarini tingladil. shuningdek, fuqarolarning hudud ko'chalarini yangidan nomlash, tashkiliy jixatdan choralarning ko'rilishi bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganildi.

Qabul jarayonidan fuqarolarning 20 dan ortiq muammo va takliflari qabul qilindi. Sayyor qabul bayonnomasi tuzilib, mas'ullarga muddat va vazifalar belgilab berildi hamda ijroga qaratildi.

@olmaliq_deputatlari