Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
148 subscribers
2.42K photos
562 videos
21 files
867 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Munosabat

Pul unduriladi, jarimaga tortiladi...Ammo gap faqat moddiy ta'minotda ketmayaptida. Ota va farzand munosabatlari haqida borayapti. 90 yoshli otaxon ko'ngli shu bilan ko'tariladi, deb o'ylamayman. Bir narsaga e'tibor berish kerak, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida voyaga yetgan farzandlar o'z ota-onasiga g'amxo'rlik qilishlari kerakligi aytilgan. E'tibor bering: "G'AMXO'RLIK" deyilmoqda. Bu so'zning o'rnida ota-onasini boqishi kerak, deb qo'yaqolsa ham bo'lardi, lekin u bilan cheklanmadi. Aynan g'amxo'rlik, degan tushuncha ishlatildi. Bu degani farzand o'z ota-onasini nafaqat boqadi, moddiy ta'minlaydi, balki, unga mehr ko'rsatadi, ko'nglini ko'taradi, hursand qiladi, o'zaro muloqotda bo'ladi, alohidalab qo'ymaydi, butkul tashlab qo'ymaydi. Umuman olganda farzandning g'amxo'rlik qilmasligi oqibatida ota-onasining sog'lig'i yomonlashsa, ko'rnamak kim bo'lishidan qat'iy nazar (agar moddiy ta'minlab turgan bo'lsa ham) qattiq jazolanishi kerak, degan fikrdaman. Oilani shu holatga keltirgan sabablar ham bo'lishi mumkin, dersiz, endi bu yana bir alohida masala.

E.Abdurayimov - Olmaliq shahar Kengashi deputati.
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
#Murojaat #Ijro Ismlari va suratlarini oshkor etishni yoqtirmayman Bugun dilimdagi bir gapni aytib qo'ymoqchiman. Menga ishonch bildirgan saylovchilarim va boshqa fuqarolarimizdan katta va kichik hajmdagi muammo va masalalarni hal etish ustida ko'proq mashg'ul…
#Munosabat
#Sizning_fikringiz

Assalomu alekum. Ergash aka yaxshimisiz charchamaypsizlarmi?. men Qodirqulova Kumushman uzr bezofta qildim. Kanalizdagilari o'qidim siz ham ishli insonsiz. Murojat qilgan va siz murojatlarini ijobiy hal qilib bergan insonlarni e'lon qilishingiz kerak deb o' ylayman chunki hamma narsa dalil isboti bilan deydi xalq ham. To'g'ri yaxshilik oshkor qilinmaydi lekin sizni ishiz shuni talab qiladi. Xalq hayolida deputatlar hech nimani hal qilib berolmaydi deb o'ylashadi. Besh qo'l barobar emas. Bunaqa gaplar bo'lmasligi uchun meni fikrimcha siz ijobiy murojatlarni e'lon qilishingiz kerek!

P.S. Matn tahrirlanmadi.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Munosabat


Hayitdan keyin Deputatlik so'rovlarini javobsiz qoldirib, "tishimiz" ni ko'rsatishimizni kutayotgan ba'zi tashkilotlar mas'ullarini ochiqlashga majburman. Bir-ikkita rahbarlarga toqat qilib odamlar ishonchini yo'qotishni hoxlamayman.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Олмалиқдаги комбинат ишчиларига чалажон товуқлар тарқатилдими? Мутасаддилар изоҳ берди 👉 https://kun.uz/74545328 Kun.uz Telegram каналлари👇 Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Olmaliq KMK" AJ ning ishchilariga abgor ahvoldagi tovuqlar tarqatilganligi haqidagi xabarlar qizg'in muhokama bo'lmoqda.

Shuni ayta olamanki, korxona rahbariyati o'zining har bir mas'ul xodimi va kerak bo'lsa, oddiy ishchisini ham jamotchilik bilan aloqa qilish va axborot bilan ishlash borasidagi ko'nikmasi ustida jiddiy ishlashi kerak. Buning uchun nazarimda kombinat axborot xizmatining imkoniyatlarini qayta ko'rib chiqish lozim. Bu borada yangi kadrlar resurslarini ishga solish va korxonaning yangi imidjini yaratish yo'lidan qaytmaslik kerak. Aks holda, yaxshi niyat bilan boshlagan har qanday islohotingiz va maqsadingiz jamoatchilikka to'g'ri yetib bormaydi. Shaxsan men kombinatning boy imkoniyatlari va shunga yarasha qilayotgan hayirli ishlarini ko'rib-bilib turgan bir inson sifatida obro'yingiz ham mehnatingizga yarasha bo'lishidan quvonaman.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati E.A. Abdurayimov

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
#Murojaat
#Munosabat

Assalomu alaykum. Bugun menga suratdagi murojaatni yo'llashibdi. Hursand bo'ldim. Rasul akani kanallarini va faoliyatini ham kuzatib boraman. Haqiqatda murojaat egasi aytganidek fidoiy deputatlardan. Ilohim, aytganingiz ushalib, ularni yo'lini bizga ham bersin. Meni saylagan aholimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lsin! Fikringiz uchun rahmat. Hurmat bilan,

Ergash Abdurayimov, deputat.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
ОКМК ТВнинг «Долзарб мавзу» кўрсатуви
#Munosabat

OKMK TV ning auditoriyasi kengayishiga halaqit beradigan ko'plab obyektiv, subyektiv sabablar bor. Hozir bu haqda gapirmoqchi emasman. "Dolzarb mavzu" ko'rsatuvi menda mazkur telekanalning faoliyatini bir karra yangi bosqichga olib chiqishiga umid uyg'otdi. Biz kutayotgan uslubga o'tilishiga oz bo'lsada harakat boshlangani ham yaxshi natija. Bevosita ko'rsatuvning bu sonida ko'tarilgan masalaga kelsak:

TO'SIQ OLIB TASHLANISHI KERAK AMMO U YERDAN SHAXSIY AVTOMOBILLAR KIRISHI KERAK EMAS.

Qolgan barcha sa'y- harakatlar shu maqsadga xizmat qilishi kerak. Turargoh qilish masalasi, bolani o'z holiga tashlab qo'ymaslik va hakazo.

P.S. Albatta bular mening shaxsiy fikrim. Zahiriddin Mahmutaliyevdan esa ko'rsatuvning yanada pishiqroq sonlarini kutib qolamiz. Buni eplaydi.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Munosabat
#So'rov

Ijtimoiy tarmoqlarda Covid19 ga topshirilgan test natijalari musbat chiqqan Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi xodimi va uning yaqin qarindoshlari, qolaversa, u bilan yaqin muloqotda bo'lgan deya tayyorlangan hujjat namunasi tarqaldi.

Shahar deputati sifatida shahar IIB dan bu hujjatlarning qanchalik to'g'riligi hususida rasmiy axborot berishini so'rayman. Bordiyu, bu ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa, nima uchun shaxsning obro'si, qadr-qimmati bilan bog'liq hujjat bunday tarzda ommaga chiqib ketdi? Agarda, bu hujjatlar noto'g'ri va asossiz bo'lsa, rasman bu haqda ma'lum qiling va hujjatlardagi insonlarning obro'sini saqlab qoling.

Javobini kutamiz!

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#TV

Murod Rajabov televideniyelar haqida achinib gapirdi. Har holda bu gaplar haqiqatdan yiroq, deb ayta olmaymiz. Televideniyelarimiz eski formatdan chiqib keta olmayapti. Albatta, ochiqlik siyosatiga "labbay" deb javob berish ham ancha mushkul ish va ancha vaqt va kurashlarni talab etar ekan. Ammo qachondur biz shu yo'lni bosib o'tishimiz kerak edi va bu boshlandi. Muhtaram Shavkat Miromonovich ta'biri bilan aytganda endi ortga yo'l yo'q. Davlat rahbari qo'llab-quvvatlab turgan bir paytda katta yurak bilan bu yo'lda ko'pchiliklashib oldinga yurishimiz kerak bo'ladi. (IMHO)

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Munosabat

Olmaliq7/24 telegram kanalida Olmaliq shahar maktablarida ta'limning onlayn yoki an'anaviy boshlash bo'yicha berilgan rasmiy axborotga

DEPUTAT MUNOSABATI

Birinchidan, maktablarning ochilishi bo'yicha rasmiy axborot berish OKMK ning axborot xizmati vakolatida emas. Ikkinchidan, Olmaliqda 25, 29-maktab yo'qligini bu xizmat bilmaydimi?
Uchinchidan, 23-maktabda o'qish 7-sentyabrda boshlangan edi. Nima endi u yana onlaynga o'tdimi?
To'rtinchidan, endi OKMK axborot xizmati rasmiy ravishda ma'lum qilsinkim, 11, 3- maktab o'qishda davom etadimi?

Hullas, hamma o'z vakolati doirasida ish qilishi kerak.

Hurmat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Sessiya
#Munosabat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi.

Nimalarni o'ylayapsan, demoqchisiz...

Usmon aka (sobiq hokim) irodali va "noni" ni topib ketadigan odam. Qobil Muradqulovich (yangi hokim) ga omad tilash qiyin ish emas. Meni sessiya davomida bir fikr qiynadi holos. Dilshod (Usmon Ismoilovichning o'g'li)ning hozirgi holati...

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Munosabat

Muhammadsodiq Mo'minov.
Muhammadsodiqni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar Kengashi raisi lavozimiga saylanganini eshitib, ochig'i hursand bo'ldim. Negaki, Olmaliqning bir yosh fuqarosi, yosh deputati, qolaversa, Yoshlar ittifoqining shahar Kengashiga rahbarlik qilgan ilk Kengash raisi sifatida meni bu lavozimda har tomonlama munosib inson ishlashi kerak, degan o'y har doim qiziqtirgan. Mo'minov shaxsiga to'xtalsak, bu yigit Olmaliqda tug'ilib, katta bo'lgan, o'qigan. Yoshlar tashkilotining faol sardorlaridan bo'lgan. Avtomobil yo'llari institutida o'qib, Toshkent shahrida ham ko'zga ko'rindi. Birinchi Prezidentimiz nomidagi stipendiyaga loyiq ko'rildi. Bu kichkina natija emas. Men Mo'minovni Olmaliq shahri yoshlariga yetakchi qilib tanlanishidan (jumladan, mahalliy kadr sifatida o'zimizda olib qolinishidan) shahar yoshlari faqat va faqat foyda ko'radi, deb ishonaman. Muhammadsodiq Mo'minovga esa berilgan ishonchni oqlash yo'lida kuch-g'ayrat tilayman.

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Президент: «Менга Пахтачи номли туман ёқмайди. Нимага у Пахтачи бўлиши керак? Бунинг тарихи йўқми? Шавкат Мирзиёев Пахтачи туманининг номини ўзгартиришни таклиф қилди. https://t.iss.one/ToshvilKengash
#Munosabat

Shaxsan men ham shu fikrga qo'shilaman. Hammayoq paxta bilan bog'lanib ketgandi o'zi. Metro nimi ham, tuman nomi ham, piyolaning guli ham, panjaraning gulidagi shakl ham. Hamma narsa shu o'simlik bilan bog'lab tashlangan, go'yoki bizda paxtadan boshqa hech narsa yo'qdek. Kerak bo'lsa boshqa joy nomlarini ham ko'rib chiqish kerak chamamda.

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Халқ депутатлари Андижон шаҳар кенгашининг навбатдаги сессиясида бир гуруҳ депутатлар тинтувдан ўтказилибди. Бунда депутат дахлсизлигига амал қилинмаган. Ушбу сессияда Андижонда ер сотувчиларнинг кирдикорларини фош қилиб юрган депутатни прокурор тақдимномасига…
#Munosabat

Andijon shahrida deputatlarning sessiyaga tintuv qilib kiritilganligi holati bo'yicha shaxsiy munosabat

Deputat, ya'nmi xalq ishonib saylab qo'ygan vakilga mahalliy hokimlik yoki kuch ishlatar tizimlarning jinoyatchiga bo'lgandek munosabatini umuman oqlab bo'lmaydi. Agar sessiya haqqoniy va o'z o'rnida hokimlik faoliyati ham to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lganda edi, shaffoflikdan qochmagan bo'lishardi.

Mahalliy hokimliklar va rahbarlar xalq bilan, jumladan, xalq ishonib saylagan deputatlar bilan hisoblashishi kerakligini anglab yetishi kerak. Ko'pchilik zamon "nafasi"ni his qilmayotgan mutasaddilar hali ham oqibat bilan kurashib yuripti. Yo'q, sabab bilan kurashing. Kim internetga chiqardi deb emas, nega shunday bo'ldi, deb savol qo'ying. Qaysi deputat e'tiroz bildirdi, deb emas, u e'tiroz bildirgan masalaning mazmun-mohiyatiga e'tibor qarating tamom.

Hullas, men Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati va ayni vaqtda Kengash kotibiyati mudiri sifatida Andijonda bo'lganligi aytilayotgan deputatlarning sessiyaga tintuv qilib kiritilishini umuman oqlab bo'lmaydigan holat va ayni vaqtda deputat dahlsizligining toptalishi deb hisoblayman.

P.S. Aksincha, biz Olmaliqda Kengash huzuridagi ayrim komissiyalarga hatto blogerlarni a'zo qilib kiritdik, sessiyalarimizga taklif ham qilayapmiz, har bir deputatning ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifalariga ega bo'lishiga intilayapmiz. OAV va jamoatchilik bilan aloqa qilishda Kengashi raisi va deputatlarimiz faollashib borayotgani hech kimga sir emas. Bundan shahar hokimligi ham deputatlar ham, o'z o'rnida xalq ham faqat foyda ko'radi. Xatolar bo'lsa tan olishni va to'g'irlashni o'rganayapmiz.

Ergash Abdurayimov - Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati

@ergash_abdurayimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining yosh deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov Prezidentimizning yoshlar va talabalar bilan uchrashuvda so'zlagan ma'ruzasiga munosabat bildirdi.

O'zbekiston-24 lavhasida.

@olmaliq_deputatlari
#Munosabat

O'zbekiston tashqi siyosatda ham ancha faollashgani haqiqat. Bu ayniqsa, mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash uchun bo'layotgan sa'y harakatlarda yaqqol ko'zga tashlandi. O'ylaymanki, Xurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur Konferensiya nafaqat nazariy balki, amaliy jixatdan xalqlarimiz tinchligi yo'lidagi katta ahamiyatga ega bo'lgan samarali muloqot maydoni vazifasini o'taydi. Bunday amaliy harakat mintaqa uchun suv va havoday zarur deb hisoblayman.

Ergash Abdurayimov -Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati.

@ergash_abdurayimov