Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
155 subscribers
2.44K photos
577 videos
21 files
876 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Murojaat_natijasi

"Салом Эргашжон. Илохим дунё тургунича туринг хеч качон касал булманг рахмат сизга мени ишларим ижобий томонга хал булди сизни ёрдамиз бн сиздака инсонлар купайсин рахмат сизга"

P.S. Opamizning pensiya bo'yicha muammolari hal bo'lganligidan hursandman. Ilohim, endi ko'p yillar mehnatingiz natijasi bo'lgan nafaqangizni olib, rohat-farog'atta yashang. Eng muhimi Alloh rozi bo'lsa ishingizni olg'a yurishi hech gap emas. Biz bor yo'g'i bu yo'lda bir sababchi bo'lib qolamiz holos.

@ergash_abdurayimov
#Murojaat_natijasi

Kecha sobiq "Babushkina" ko'chasi 6-uyda issiqlik tizimida muammo bo'lganligi, hal bo'lishi qiyin kechayotgani haqida fuqaro murojaat qilgan edi.

Mazkur masala hal etildi. Hamshahrimiz natijasi haqida xabarnoma yuboripti.

@ergash_abdurayimov
#Murojaat_natijasi

Ibn Sino MFY Mirzo Ulug'bek ko'chasida yashovchi fuqaro M.B. ning sobiq turmush o'rtog'idan aliment puli undirishi bilan bog'liq muammosi yuzasidan murojaati Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Adxam Xasanov tomonidan yuborilgan deputatlik murojaati natijasida Majburiy ijro byurosi shahar bo'limi tomonidan undirib berildi. Masala ijobiy hal etildi.

Murojaat uchun: @Abdurayimov_bot

@ergash_abdurayimov
#Murojaat_natijasi

XALQ VAKILLARIGA ICHIMLIK SUVI BOʻYICHA QILINGAN MUROJAATLAR HAL ETILDI

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilib boradi. “Muqimiy” mahallasida deputat Bahodir Miralimov tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda “Muqumiy” mahallasi “Muqumiy” koʻchasidagi ichimlik suv quvuri yorilganligi yuzasidan fuqaro S.Q. deputatga murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat yuzasidan “Toshkent suv taʼminoti” Olmaliq shahar filiali brigadasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilib murojaat ijobiy hal qilindi. Xuddi shunday murojaat bilan “Terakli” mahallasi fuqarolari shahar hokimi - Xalq deputatlari shahar Kengashi rahbari Qobil Xamdamovga murojaat kelib tushgan boʻlib “Toshkent suv taʼminoti” Olmaliq shahar filiali masʼul xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilib murojaat ijobiy hal qilindi.

Toʻgʻri, deputatlarimiz nazoratida juda koʻplab ishlar qilinadi ammo xalq vakillari bu ishlarni yoritilishini koʻp ham istamaydi. Ammo jamoatchilik talablarini inobatga olib, endilikda ularning ishlarini imkon qadar kengroq yoritib borishga qaror qildik. Tan olish kerakki, masalani ohirigacha nazorat qiladigan deputatlarimiz ham talaygina.

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
#murojaat_natijasi

Deputat nazorati ostida fuqaroning muammosi hal bo'ldi


Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilmoqda. "Ko'rpasoy" mahallasida deputat S.Qodirova tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda "Ko'rpasoy" mahallasida yashovchi fuqaro deputatga kreditga tikuv moshinasi olib berishda yordam so'rab murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat yuzasidan "Ko'rpasoy" MFY hokim yordamchisi A.Nosirov tomonidan fuqaroning yashash sharoitini o'rganib chiqilib Olmaliq shahar Mikrokreditbank ATB tomonidan fuqaroga tikuvchilik faoliyati uchun 10 000 000 (o'n mln) so'm imtiyozli kredit ajratilib murojaat ijobiy hal qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy