#ElYurtUmidiSuccessStory
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Oksforddagi munozarada muvaffaqiyat qozondi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Oksford universitetining Blavatnik nomidagi Davlat boshqaruvi maktabi magistranti Shohruh Nuraliyev oʻz jamoasi bilan dunyodagi eng qadimiy va nufuzli munozara klubi — Oxford Union doirasidagi nufuzli bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Ularning muhokamasi “Rivojlangan mamlakatlar yanada koʻproq migrant qabul qilishga maʼnan majburdirlar(mi) yoki yoʻq?” nomli dolzarb va koʻp qirrali mavzuga bagʻishlangan edi. Nuraliyev jamoasi “ha” pozitsiyasini himoya qilib, oʻz nuqtai nazarini hakamlar hayʼatiga ishonarli tarzda yetkazdi va gʻalabaga erishdi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube

Shohruhning taʼkidlashicha, Oxford Unionʼdagi ishtiroki uning kasbiy rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Munozaralar uning tanqidiy fikrlash, dalillash va omma oldida soʻzlash koʻnikmalarini mustahkamlash bilan bir qatorda, davlat boshqaruvining murakkab masalalari boʻyicha tushunchasini ham chuqurlashtirdi.
Shohruh Nuraliyev Oksfordga oʻqishga kirishdan oldin Oʻzbekiston hukumati va BMT Taraqqiyot dasturining qoʻshma loyihasi komponenti rahbari boʻlib ishlagan. Bugungi kunda u “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali davlat koʻmagida siyosat, boshqaruv va texnologiyalar sohasidagi ilgʻor bilimlarni egallayotgan va oʻqishini tamomlagandan soʻng ularni Vatan manfaati yoʻlida qoʻllaydigan mutaxassislarning yangi avlodini namoyon etmoqda.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👍42❤18🔥10🤓1
#ElYurtUmidiSuccessStory
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi huzuridagi Yoshlar maslahat kengashi tarkibiga kirdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Bonn universiteti (Germaniya) magistranti Amirbek Salimov koʻp bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi huzuridagi Yoshlar maslahat kengashi tarkibiga kirdi. Aʼzolik muddati ikki yilga belgilangan.

“Bu nafaqat shaxsiy masʼuliyat, balki butun Oʻzbekiston yoshlari nomidan faol hissa qoʻshish imkoniyatidir. Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda siyosat, iqtisodiyot, innovatsiya, ekologiya, madaniyat va boshqa bir qator sohalarda yoshlarning roli jadal oshib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, bunday platformalarda ishtirok etish — tajriba almashish, oʻzaro tushunishni mustahkamlash va yoshlar diplomatiyasi orqali mamlakat manfaatlarini ilgari surish uchun yangi ufqlar ochadi”, — dedi Amirbek Salimov.
Stipendiat “Strategiya va xavfsizlik” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim oladi. U turli xalqaro munozaralar hamda tahliliy platformalarning faol ishtirokchisi. Amirbekning Yoshlar maslahat kengashi faoliyatidagi ishtiroki Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi strategik muloqotni rivojlantirishga hissa qoʻshadi, shuningdek, taʼlim va yosh mutaxassislar yetakchiligiga yoʻnaltirilgan sarmoyalar global miqyosda qanday natijalar berayotganining yana bir yorqin misolidir.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👏34❤23🔥9👍5😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi: soʻnggi kun tafsilotlari.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25🔥8👏7
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Maydanak observatoriyasida amaliyot oʻtamoqda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijda tabiiy fanlar yoʻnalishida taʼlim olayotgan ikki nafar stipendiat yozgi amaliyotni mintaqadagi noyob astronomik markazlaridan biri hisoblangan Maydanak rasadxonasida (Qashqadaryo viloyati) oʻtkazmoqda.

Jamgʻarma stipendiati, Arizona universiteti (AQSH) talabasi Ulugʻbek Tillayevning amaliyoti osmon mexanikasining nazariy asoslarini oʻrganish bilan bir qatorda rasadxona teleskoplaridan foydalangan holda astronomik kuzatuvlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi.
Yana bir jamgʻarma stipendiati, Kolorado davlat universiteti talabasi Mohinur Murodova ham amaliyot dasturini observatoriyada oʻtamoqda. Amaliyot davomida u Maydanak rasadxonasining texnik imkoniyatlari bilan tanishib, astrofizik tadqiqotlar usullari va texnologiyalarini oʻrganadi.
Xorijda olingan taʼlimni Oʻzbekiston ilmiy muassasalaridagi tadqiqot faoliyati bilan uygʻunlashtirish keng dunyoqarash, chuqur akademik bilim va mamlakatimiz ilm-fani rivojiga hissa qoʻshishga intiluvchi yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash uchun mustahkam poydevor yaratadi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👍17⚡7❤5👨💻2
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang — ortingizdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi: korrupsiya holatlari haqida xabar berishga moʻljallangan bot @EYUFANTIKORBOT
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi: korrupsiya holatlari haqida xabar berishga moʻljallangan bot @EYUFANTIKORBOT
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
👍14👌4❤3😇3💯2✍1🔥1👏1
#Yoshlar_uchun_imkoniyatlar
Joriy yilning 18—21-dekabr kunlari Milan shahrida Global Youth Convention 2025 (GYC 2025) o‘tkaziladi.
Xalqaro yoshlar forumi yosh yetakchilar, siyosiy faollar va ijtimoiy innovatorlar uchun nufuzli global platforma hisoblanadi.
GYC 2025 doirasida keng va inklyuziv ishtirok imkoniyatlarini ta’minlaydigan uch toifadagi 250 ta stipendiya, shu jumladan 50 ta to‘liq moliyalashtiriladigan o‘rin ko‘zda tutilgan.
🖥 Ro‘yxatdan o‘tish
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Joriy yilning 18—21-dekabr kunlari Milan shahrida Global Youth Convention 2025 (GYC 2025) o‘tkaziladi.
Xalqaro yoshlar forumi yosh yetakchilar, siyosiy faollar va ijtimoiy innovatorlar uchun nufuzli global platforma hisoblanadi.
GYC 2025 doirasida keng va inklyuziv ishtirok imkoniyatlarini ta’minlaydigan uch toifadagi 250 ta stipendiya, shu jumladan 50 ta to‘liq moliyalashtiriladigan o‘rin ko‘zda tutilgan.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍10🔥3👨💻3👌1
#OAV_biz_haqimizda
Xorijda o‘qish endi shunchaki orzu emas!
Ilm yo‘li – “igna bilan quduq qazish” oson emas. Bu yo‘l ishtiyoq, intilish, kuch va irodadan tashqari zarur shart-sharoitlarni ham talab qilishini inkor etolmaymiz. Shu bois, aksariyat yoshlar xorijda o‘qish, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishni shunchaki ro‘yo deb hisoblashadi. Aslida-chi?
🖥 Batafsil

❤20🔥6👌3✍2💯2😇2👍1
#OAV_biz_haqimizda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijda bepul oʻqish: muhim 5 savolga javob
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi doirasida stipendiatlarning xorijda taʼlim olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

❤15👏5✍4🔥3👌2⚡1
Suhbat bosqichi shaffoflik, ochiqlik va tenglik tamoyillari asosida oʻtkazildi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi yakunlandi. 9–28-iyul kunlari davomida 780 ga yaqin nomzod vazirlik va idoralar, akademik va ekspert hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan tashkil topgan komissiya bilan individual suhbatdan oʻtdi.
Har qanday tanlov, eng avvalo, saralash jarayonidir. Nomzodlar orasidan belgilangan talablar va mezonlarga mos keladiganlar, eng munosiblari tanlanadi. Bundan tashqari, tanlovni nafaqat gʻoliblikni qoʻlga kiritish, balki tajriba orttirish, oʻz bilim-koʻnikmalarini va tayyorgarlik darajasini baholash imkoniyati sifatida qabul qilish muhimdir.
Ayrimlar kutgan natijani olmasligi mumkin, lekin bu jarayonga nisbatan shubha uygʻotmasligi kerak. Sababi, barcha bosqichlarda oshkoralik, tenglik va ochiqlik tamoyillari qatʼiy saqlandi. Jarayon shunchaki “yopiq eshiklar” ortida emas, real vaqtda, toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn translyatsiya qilindi. Situatsion markazda doimiy monitoring tashkil etildi.
Suhbat imtihon shaklida emas, balki ochiq muloqot formatida boʻldi. Chunki ushbu bosqich nomzodning faqat bilimi emas, uning dunyoqarashi, masʼuliyati, niyati va ishonchini aniqlashga yoʻnaltirilgan. Yaʼni, kim oʻqishni tugatgach olingan bilim va malakalarini Oʻzbekistonda qoʻllay oladi — shuni anglash muhim.
Har bir nomzodga oʻzini tanishtirish, maqsad va rejalarini izchil tushuntirish imkoniyati berildi. Savollar oldindan tayyorlangan “shablon” asosida emas, suhbat davomida, nomzodning maqsadlari, uning motivatsion essesi, taqdim etilgan hujjatlaridan shakllantirildi. Bu har bir ishtirokchiga individual yondashilganini koʻrsatadi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
❤52🔥18👍11✍10🤓7👌2🤗2💯1👨💻1
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari eʼlon qilinadi.
Suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etildi.
Tanlov komissiyasi tomonidan “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan nomzodlar orasidan test va suhbat bosqichlarida toʻplangan ballar umumlashtiriladi.
Suhbat natijalari bilan quyidagi 👉HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
BATAFSIL OʻQING
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etildi.
Tanlov komissiyasi tomonidan “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan nomzodlar orasidan test va suhbat bosqichlarida toʻplangan ballar umumlashtiriladi.
❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.
Suhbat natijalari bilan quyidagi 👉HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
BATAFSIL OʻQING
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩33✍25❤17👍9🔥7👨💻4🥰2😇1
Suhbat natijalaridan norozi nomzodlar 3 ish kuni ichida (4-avgust soat 18:00 ga qadar) Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak:
➖ Nomzodning F.I.Sh.;
➖ Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — JSHSHIR (PINFL);
➖ Suhbat oʻtkazilgan sana;
➖ Apellyatsiya uchun asos.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.
❗️ Tanlov jarayonining barcha bosqichlari boʻyicha nomzodlarning qayta suhbatdan oʻtishi, test topshirishi yoki yozma ish yozishiga ruxsat etilmaydi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak:
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10✍6👏2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “El-yurt umidi” jamgʻarmasida “Navitas” xususiy taʼlim tashkilotining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi boʻyicha hamda Global homiylar bilan aloqalar boʻyicha boshqaruvchi direktori Omid Honari hamda Rossiya va MDH mamlakatlari boʻyicha menejeri Alla Zavoronkova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Jamgʻarma ijrochi direktori Gulnoza Ismailova “El-yurt umidi” jamgʻarmasining maqsadi, vazifalari va iqtidorli yoshlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishini taʼminlashga qaratilgan asosiy yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.
Tomonlar oʻzbekistonlik yoshlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim xizmatlari qamrovini oshirish, chet elda oʻqishga kirish va tahsil olish jarayonlarini soddalashtirish hamda moslashuv davrida talabalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

👍20✍10❤4😍4🔥3🤓2😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari Davron Abdurashidov va ijrochi direktor oʻrinbosari Shuxrat Daminov “Zoʻr TV” telekanalining “Bu kun” axborot dasturiga intervyu berdi.
Ular jamgʻarma faoliyatidagi oʻzgarishlar, Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi.
Batafsil — lavhada.

❤11✍5🔥5👏3🤓2👌1