🇺🇿 Qonunga koʻra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

◾️1998-yil 1-iyulgacha egallangan boʻlsa – 0,24 gektargacha;

◾️1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan boʻlsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo boʻlmasa, dehqon xoʻjaligi yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

Toʻplangan hujjatlarning toʻliqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik toʻlovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

⚡️ Qonunga koʻra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:

◼️Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm);

◼️Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln soʻm);

◼️viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming soʻm);

◼️boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm);

◼️qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yigʻim toʻlagan shaxslar toʻlovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6