#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI 📍
#JARAYON 🟢

🟠 Ellikqal'a tumanida turizm obyektlariga olib boradigan 14,5 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini ta'mirlash ishlari belgilangan bo‘lib, jarayonlar boshlab yuborilgan.

💬 Ellikqal’a tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi boshchiligida tuman markaziga olib boruvchi  4R182 “A380 avtomobil yo‘li — Qizilqal’a — Bo‘ston sh. — Guldursun q. —To‘rtko‘l sh.“ avtomobil yo‘lining 18—23-km lar oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
📎 Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz mumkinki, ushbu avtomobil yo‘lida “Tuproqqal’a”, “Qizilqal’a” va “Ayozqal’a” qadimiy shahar yodgorliklari va “Aqchako‘l” dam olish maskani joylashgan bo‘lib, xorijiy sayyohlarning ko‘p keladigan manzillari hisoblanadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website