Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

20-noyabr #ButunjahonBolalarKuni bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini ilgari surish belgisi sifatida ko’plab mamlakatlarda “Dunyoni moviy rangga bo’ya” aksiyasi o’tkaziladi.

O’zbekiston ham ushbu aksiyada ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning poytaxti va qadimiy shaharlaridagi mashhur binolar moviy rangda yoritildi.

2022-yilning mavzusi: Har bir bola uchun inklyuziya.

💙#ButunjahonBolalarKuni muborak bo'lsin!
________________

#Дата

Во #ВсемирныйДеньДетей 20 ноября во многих странах мира проводится акция “Освети мир синим цветом” в знак защиты и продвижения прав детей.

Узбекистан участвует в этой акции третий год подряд, освещая известные здания и монументы в столице и исторических городах страны.

Тема 2022 года: Инклюзия для каждого ребенка.

💙#ВсемирныйДнемДетей!

@uzbyuksalish
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
#Sana

5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni. Sana tuproq resurslarining ahamiyati, ekotizimni saqlashda tuproqning tutgan oʻrni toʻgʻrisida eslatish maqsadida nishonlanadi.

Qishloq xoʻjaligida har bir hosildorlik ortidan tuproqdagi ozuqa moddalari yoʻqolib boradi. Tuproq barqaror boshqarilmasa, unumdorlik asta-sekin pasayadi, yetishtiriladigan ekinlarga salbiy taʼsir qiladi.

Soʻnggi 70 yil ichida oziq-ovqat tarkibidagi vitaminlar va ozuqa moddalari darajasi keskin kamaygan. Dunyo boʻylab taxminan 2 mlrd odam mikronutriyent tanqisligidan aziyat chekmoqda, bu yashirin ochlik deb ataladi, chunki ularni aniqlash qiyin.

Tuproq degradatsiyasi baʼzi tuproqlarda ozuqa moddalarining yoʻqolishiga, kamayib ketishiga olib keladi. Baʼzilarida esa ozuqa moddalarining konsentratsiyasi shunchalik yuqoralb ketadiki, ular oʻsimliklar va hayvonlarni zaharlaydi, atrof-muhitni ifloslantiradi va iqlim oʻzgarishiga sabab boʻladi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, dunyoda har daqiqada 23 gektar yer choʻlga aylanmoqda. Hech narsa qilinmasa, sayyoramizning 95 foizini choʻllar egallaydi. Natijada 3 mlrddan ortiq odam ocharchilikka duch kelishi mumkin.

2022-yilda Butunjahon tuproq kuni “Tuproqlar: Oziq-ovqat qayerdan boshlanadi?” shiori ostida sogʻlom ekotizimlarni saqlash va inson farovonligini saqlash muhimligi haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

#WorldSoilDay #Solis4Nutrition

@uzbyuksalish