OLTIARIQ UZUMCHILIGI – TAJRIBA MAKTABI

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar davom etmoqda.

Seminarda ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Ismoil Boymatov so‘zga chiqib, shu kunga qadar uzum yetishtirish borasida to‘plagan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, oltiariqlik fermer seminar ishtirokchilarining e'tiborini yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, yerni ekishga tayyorlash, ko‘chat ekish muddatlari va usullariga qaratdi. Shuningdek, yosh va hosilli uzumni parvarishlash agrotexnikasi, jumladan qator orasiga ishlov berish, sug‘orish va oziqlantirish tadbirlari yuzasidan Oltiariq tajribasi bilan atroflicha tanishtirdi.

“Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi 2020-yilda 75 gektarda uzumchilik plantatsiyasini tashkil etgan. Xo‘jalikda “husayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “mersedes” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Ular kelgusi yildan to‘liq hosilga kiradi va jami 3 ming tonna uzum yetishtiriladi.

Fermer xo‘jaligida mavsumiy yumushlar bilan birga 700 kishining bandligi ta'minlangan.
Seminar davomida tadbir qatnashchilari fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlarning guvohi bo‘ldilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASINI OMMALASHTIRISH YO‘LIDA

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar ish boshladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27- iyul kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, oltiariqlik bog‘bonlarning uzumchilik sohasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishgandi. Tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagan davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta'kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Mana shu ko‘rsatma ijrosi doirasida, “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida uch kunlik ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Shuhrat G‘aniev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroev, hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, butun respublikadan uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari davlatning diqqat-e'tibori ostida uzumchilik rivojlanib borayotganini ta'kidlab, sohaning yanada rivoj topishida o‘zaro bahamjihatlikda ish ko‘rish, yaqindan fikr-mulohazalar, tajribalar almashish katta rol o‘ynashini bildirdilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM