#11 oktyabr — Xalqaro qizlar kuni.
#Bugun qizlarjonlar sizlarning bayram kuningiz

#Qiz bor uyning fayzi bo'lak, deydilar,
Jannat yo'li – qiz bor yo'lak, deydilar.
O'ngirimda o'g'lim yo'q, deb o'ksimang,
Tog' bo'lmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo'lsin,
Ominalar, Xolidalar bor bo'lsin.

#Qiz yo'q yurtga ko'klamlar sep to'sharmi?
Kelini yo'q to'ylar to'yga o'xsharmi?
Qizlar borki, o'lka omon, qo'rg'on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo'lsin,
Ma'sudalar, Mahzunalar bor bo'lsin.

© Muhammad Yusuf
#Bugun

«O‘zbekiston - 2030» strategiyasida 2023 yilga mo‘ljallangan maqsadlar

Tuman hokimligi katta majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, yoshlar etakchilari, xotin-qizlar faollari hamda tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi S. Avezov olib bordi.Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Senator Ulug‘bek Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, polkovnik Orinbay Turdakov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar Faxriylar kengashi raisi Farxad Tankibaevlar ishtirok qilishdi.     
#Ellikqala_tumani
#bugun                                                           
❇️Ellikqal'a  tumani hokimligi katta majlislar zalida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi V.Niyаzimbetov, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Davlat xizmatini rivojlantirish agentiligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i A.Reyimbaev ishtirok qildilar.
Seminar-yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 49–sonli Farmoni bo‘yicha tushuncha berildi.
                                                                  
#Bugun
Yoshlarda  kiberxatarga qarshi “vaksina” shakllanishi uchun

Yoshlar o‘rtasida internet orqali  xavf solayotgan har-xil turdagi kiberhujumlarning oldini olish maqsadida albatta ular to‘g‘risidagi targ‘ibot tadbirlari katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bois mobil targ‘ibot guruhi  a’zolari tumanda mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 5-iyun kungi qarori bilan tanishtirildi. 1-iyul kunidan 31-iyul kuniga qadar fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiena”ni shakllantirish bo‘yicha  Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi S.Atamuratov hamda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Ellikqal'a tumani bo‘linmasi rahbari A. Matniazovalarning bildirgan ma’lumotlari yuzasidan yoshlar tomonidan ko‘plab savollarga javob olindi.