#Paxta_2022

❗️Mazkur yo‘riqnoma paxtachilik sohasidagi klasterlar va fermer xo‘jaliklari tomonidan terimchilar uchun yanada qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlanishi, shuningdek, har bir terimchi ushbu hujjat talablar bilan tanishtirilgan bo‘lishi va bu haqida yozma qayd etilgan bo'lishi lozim.

Umumiy xavfsizlik talablari

1. Paxtani qo‘lda terish ishlariga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan hamda jismoniy sog‘lom shaxslar qo‘yiladi.
2.Terimchilar xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo‘lishi va tanishganligi haqida jurnalga qayd qilinishi lozim.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘l-yo‘riqlar olmagan terimchilarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
3.Gʻo‘za bargini to‘kishi uchun kimyoviy ishlov berilgan maydonga terimchilar uchun kamida 10 kun muddat o‘tgandan keyin kirishga ruxsat etiladi.

➡️BATAFSIL⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi