#Infografika

#Ellikqal’a tumanining 2022 yil yanvar-mart oylaridagi xizmatlar sohasidagi ko’rsatkichlari

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2022 yil yanvar–mart  oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 102,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,2 % ni tashkil etdi.

Batafsil - yuqoridagi #Infografikada
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
#Davlat_dasturi

2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” uchun Davlat dasturi tasdiqlandi.

Keng jamoatchilik muhokamalari natijasida ishlab chiqilgan dasturda bir qator muhim islohotlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta'minlash, nogironlikni belgilashni soddalashtirish, tibbiy ma'lumotnomalarni qog‘oz shaklida talab qilish taqiqlash kabi vazifalar belgilangan.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qanday qo‘shimcha qo‘layliklar yaratilishi haqida batafsil — #infografikada

Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Jamoatchilik.uz portalida kuzatib borishingiz mumkin.

Siz ham 👉Yuksalish tarafdorlariga qo‘shiling!

@uzbyuksalish