Forwarded from Ellikqal'a YI Agentligi (Jo'rabek Erkayev)
#yoshlar_yetakchisi_faoliyati

⚡️Ellikqal'a tumanida Mahallalardagi Yoshlar yetakchilariga Planshetlar topshirildi.

Ellikqal'a tumanidagi 37 ta mahallaning yoshlar yetakchilariga 37 ta planshetlar berildi.
21-fevral kuni Ellikqal'a tumani hokimiyati binosida, Tuman hokimi S.Avezov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda yoshlar yetakchilariga, Samsung Galaxy Tab A7 rusumli planshetlar topshirdi.

Kanalimizga a'zo bo'ling @ellikqala_YI_agentligi
#kitobxonlik
#yoshlar_yetakchisi_faoliyati

Aholi o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Ayazqal'a" MFY yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Ellikqal'a tuman XTBga qarashli 38-sonli maktabda kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.

📗Kitob mutolaasi faqat yaxshilikka, ezgulikka, Vatanni sevishga, xalollik va poklikka, rostgo’ylik va samiymiylikka hamda eng go’zal insoniy fazilatlarni kamol toptirishga ko’mak beradi.
#kitobxonlik
#yoshlar_yetakchisi_faoliyati

⚡️ Tumanimizning barcha maktablarida "Eng kitobxon maktab" shiori ostida kitoblar ko'rgazmasi o'tkazilmoqda.

Aholi o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish, ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Kichik Guldursun" MFYda kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.

📗Kitob mutolaasi faqat yaxshilikka, ezgulikka, Vatanni sevishga, xalollik va poklikka, rostgo’ylik va samiymiylikka hamda eng go’zal insoniy fazilatlarni kamol toptirishga ko’mak beradi.