Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.08K subscribers
11.7K photos
1.09K videos
4 files
4.49K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#Tadbir

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasida “Korruptsiyadan uzoq boʻling. Korruptsiya – inson va jamiyat hayotiga xavf soluvchi illat”mavzusida davlat inspektorlari ishtirokida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʻnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Korruptsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng. Korrupsiya davlatning turli tuzilmalariga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Davlat xizmatchisi ahamiyat berishi lozim boʻlgan odob-ahloq qoidalari, qonuniylik, adolatparvarlik, insonparvarlik, sotilmaslik va javobgarlik tamoyillari davlat xizmatchisi faoliyatini axloqiy baholash asosini tashkil qiladi. Shu sababli, davlat xizmatchisi begʻaraz, mustaqil, halol va sotilmaydigan, haqiqatparvar, sezgir va kishilarga qaygʻuruvchan, yaʼni insonparvar boʻlishi zarur hamda u oʻzining shaxsiy manfaatlarini jamoatchilik manfaatlari bilan moslashtirishi lozimligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, tizimda faoliyat koʻrsatayotgan barcha xodimlar korruptsiya, yaʼni poraxoʻrlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiisteʼmol qilish, tanish-bilishlik, qarindosh-urugʻchilik, isteʼdodli kadrlarning oʻsishiga toʻsiq boʻlish, inson huquqlarini buzish, tamagirlik qilish kabi jirkanch holatlarga yoʻl qoʻyganlik uchun qatʼiy jazo muqarrarligi haqida ogohlantirildi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.Bir soʻz bilan taʼkidlanganda mazkur davra suhbatlari kelgusida korrupsiya bilan bogʻliq salbiy holatlar yuzaga kelishini oldini olishda muhim ishlardan biri boʻldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Tadbir
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Sirdaryo tumani inspeksiyasida “Korruptsiyadan uzoq boʻling. Korruptsiya – inson va jamiyat hayotiga xavf soluvchi illat”mavzusida davlat inspektorlari ishtirokida suhbat oʻtkazildi.

Davlat xizmatchisi begʻaraz, mustaqil, halol va sotilmaydigan, haqiqatparvar, sezgir va kishilarga qaygʻuruvchan, yaʼni insonparvar boʻlishi zarur hamda u oʻzining shaxsiy manfaatlarini jamoatchilik manfaatlari bilan moslashtirishi lozimligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, davlat inspektorlar korruptsiya, yaʼni poraxoʻrlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiisteʼmol qilish, tanish-bilishlik, qarindosh-urugʻchilik, isteʼdodli kadrlarning oʻsishiga toʻsiq boʻlish, inson huquqlarini buzish, tamagirlik qilish kabi jirkanch holatlarga yoʻl qoʻyganlik uchun qatʼiy jazo muqarrarligi haqida ogohlantirildi.

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Tadbir
Bugun, 4-sentyabr kuni butun mamlakatimizda boʼlgani kabi viloyatimizdagi mavjud 326 ta umumtaʼlim va xususiy maktablarda birinchi qoʼngʼiroq tadbirlari va “Mustaqillik darslari” koʼtarinki ruhda tashkillashtirildi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostidagi oʼtkazilgan ana shunday tadbirlarda Sirdaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi xodimlari xam ishtirok etishib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini yanada oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida nashr etilgan bolalar uchun mo‘ljallangan Qizil kitobi sovgʼa qilindi.

Shuningdek, bugun Sirdaryo tuman inspeksiyasining davlat inspektorlari tomonidan 14,16,20,22- umumtaʼlim maktablarida mustaqillik darslarida bolajonlar Vatanimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosini asrash kabi tushunchalar ham berildi.
#tadbir

2-fevral -Suv-botqoqli kuni munosabati bilan davra suhbati oʻtkazildi

Sana munosabati bilan viloyat hududidagi umumtaʼlim maktablarida Sirdaryo viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan davra suhbatlari oʻtkazildi.

Tadbirida soha xodimlari dunyo boʻyicha global muammoga aylanib kelayotgan  ichimlik suvi, suvning mohiyati, uning qadr qimmati hamda botqoqliklarning afzallik tomonlari, “Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar toʻgʻrisida”gi Konventsiya va mazkur Konventsiyaning maqsadi inson va uning atrofini oʻrab turgan muhitning oʻzaro bogʻliqligi yuzasidan maʼlumotlar berdi.

Dars soʻngida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan javoblar olishdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#tadbir

🐦⬛️ Sirdaryoda qushlarni sovuqdan asrashga qaratilgan tadbir o'tkazildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sirdaryo tumani bo'limi inspektorlari tomonidan qishning sovuq kunlarida qushlarni oziqlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida tumandagi 1-DMTT da "Qushlarga ko'mak" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda jajji bolajonlarimizga qushlar haqida, ularni oziqlantirish va asrab- avaylash  yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bolajonlar bilan birgalikda  daraxtlardagi qush inlariga ozuqalar joylandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#tadbir

🌐22- aprel — Butunjahon Yer kuni

Sana munosabati bilan Guliston tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tumandagi 28-umumtaʼlim maktabida davra suhbati oʻtkazildi.

Bolajonlarga xalqimizning farovon hayoti, rizq-roʻzi manbai va mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojining tayanchi boʻlgan ona yerimizni asrab-avaylash, yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni turli xil salbiy taʼsirlardan muhofaza qilish shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini aytib oʻtishdi.

Suhbat davomida oʻquvchilarga yerni asrash,uni himoyalash haqida qiziqarli savol va topishmoqlar berildi.
Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

🌐22-aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Guliston shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida ham tadbir tashkil qilindi

Guliston shahar inspeksiya inspektorlari tomonidan oʻquvchilariga Yer shari — bizning yagona uyimiz ekanligi, u ulkan milliy boylik ham sanalishini, shu sababli uni koʻz qorachigʻimizdek asrashimiz kerakligi taʼkidlanib oʻtildi.

Suhbat qizgʻin va savol - javoblarga boy tarzda oʻtdi.Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha taʼlim muassasalarida oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

🌐Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Guliston Davlat universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan

Guliston Davlat universitetining ekologiya, kimyo va tuproqshunoslik  yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar sohaga oid maʼlumotlar bilan  doimiy ravishda tanishib borishadi.

Bugun Guliston Davlat universitetining Agrokimyo yoʻnalishida tahsil olayotgan  talabalar boshqarma  tasarrufidagi tahliliy laboratoriyada universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab koʻrishdi.

Ularga laboratoriyada faoliyat olib borayotgan tajribali  xodimlar oqova suvlar va tuproq tarkibidagi zararli ingrediyentlarni aniqlash usullarini mahorat bilan tushunchalarini berib, har xil turdagi laboratoriya tahlillarini oʻtkazishdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir
Sirdaryoda o'tkazilgan “Piknik madaniyati” ekologik aksiyasidan lavhalar

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Tadbir

Daraxtga nafas bering
Daraxtlarga mehr bermoq, ularni parvarishlamoq eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Daraxtlar hayotimizda muhim rol oʻynaydi: ular karbonat angidridni biz nafas oluvchi kislorodga aylantirib beradi, issiq kunda salqinlikni hadya etadi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda daraxtlarning tanasiga shikast yetkazayotgan har xil turdagi reklama bannerlari, yonuvchi maxsus yoritish moslamalari va ildiz qismi beton va asfalt qoplamalarini olib tashlash hamda daraxtlarni sugʻorish va parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun Guliston shahar boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan Guliston shahar "Shodlik" MFY hududidagi 14 dona koʻp yillik daraxtlarning ildiz qismi beton qoplamadan tozalandi hamda daraxtlarni sugʻorish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

“Bu mening yashil sayyoram” mavzusida eko-diktant tanlovi oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir
#Konstitutsiya

🌳Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan  suhbat oʻtkazildi

⭐️Tadbirda viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari, Davlat ekologik ekspertizasi markazi DM Sirdaryo viloyati filiali hamda viloyat chiqindilarni boshqarish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

✍️Boshqarmaning bosh yuriskonsult  I.Xolmatov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, "Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!" degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda tadbirlarni tashkil etish, qonunlarni bilish va uni ommaga yetkazish toʻgʻrisida  soʻz yuritdi.

Shuningdek, “Yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va Oʻzbekiston 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar boʻyicha tayyorlangan prezentatsiya namoyish etildi.

🤔Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir

🌳Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida 8- dekabr - Jahon iqlimni muhofaza qilish kuni munosabati bilan  suhbat oʻtkazildi

⭐️Tadbirda viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari, Guliston davlat universitetining Tabiatshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

✍️Soha xodimlari tomonidan bugungi kunda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibati, uning  global muammoga aylanib, barqaror rivojlanishga va xalqaro xavfsizlikka jiddiy xavf solayotganligi va bularni oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

🤔Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

11-yanvar Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni

Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi Sayxunobod tumani boʼlimi hamda tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan hamkorlikda tadbir oʼtkazildi.

Tuman hududida o'tgan"Sirdaryo" daryosi qirg'oqlarida o'tkazilgan ushbu tadbirda  bolajonlar Tabiatga to'g'risida ko'pgina ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

✍️Soha xodimlari tomonidan biologik xilma-xillikni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ahamiyati va O‘zbekistonda keyingi yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog‘ini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan  suhbat oʼtkazildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM