Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.08K subscribers
11.7K photos
1.1K videos
4 files
4.5K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#Reyd_tadbiri
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari hamda  viloyat prokuratura xodimlari hamkorligida Boyovut tumani hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Boyovut tuman hududidan oqib oʻtgan Janubiy mirzachoʻl kanalidan huquqbuzar fuqarolar  M.R  va A.B lar tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli (elektr qarmoq) yordamida 3 turdagi jami 26 dona (3 dona ilonbosh, 4 dona zogʻora, 19 dona karas) baliqlarni ovlaganlik holati aniqlandi.

Ushbu huquqbuzarlik sodir etilishi natijasida hayvonot dunyosiga 11 088 000 soʻm zarar yetkazildi.

Aniqlangan holat yuzasidan hujjatlar to'planib qonuniy chora ko'rishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd_tadbiri

Sirdaryo viloyati Ekalogiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlimi o'zgarish boshqarmasi Sirdaryo tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuman hududida reyd tadbiri o'tkazilganda “Furqat” MFY hududida fuqaro A.F dala chetidagi o'simlik qoldiqlarini ochiq havoda alanga oldirib yoqib yuborganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 88-modda 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 990 000 so'm jarima qoʼllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#reyd

🚯Gulistonda o'rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida navbatdagi huquqbuzarga chora ko'rildi

O‘rganish natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar fuqaro B.M. ekanligi ma'lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. B.M. bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 340 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
Gulistonda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqarolar jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Guliston shahar inspeksiyasi inspektorlari hamda IIB xodimlari hamkorligida Guliston shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 5 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Yani “Bo'ston” MFY hududida fuqaro K.S hamda “Taraqqiyot” MFY hududida fuqarolar G’Y, N.A, A.T va Z.X lar tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik holati aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 91pr 1- moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 340 000 soʻmdan jarima qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
Bitta mahallada 5 ta qonunbuzarlik holati

Xovos tumani “Qayirma” MFY hududida oʻtkazilgan reyd jarayoni davomida 5 ta fuqaro (A.T M.X J.K S.A F.D ) lar tomonidan belgilanmagan joyga har xil turdagi chiqindilarni tashlaganlik holatlari aniqlandi.

Sirdaryo Viloyati Ekologiya,atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Xovos tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ushbu holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 91pr 1- moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 340 000 soʻmdan jarima qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
Xovos tumanida atmosfera havosiga zarar etkazgan fuqarolar jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining Xovos tuman inspeksiyasi inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari hamkorligida tuman hududida reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida “Turkiston” SIU hududida fuqaro X.O va “Norchayev” SIU da fuqaro J.S lar tomonidan har xil turdagi oʻsimlik qoldiqlarini toʻplab ochiq havoda yoqayotganlik holati aniqlandi.

Yongʻin tezkor tartibda bartaraf etilib, huquqbuzarlik yuzasidan fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 88-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga 1 020 000 soʻmdan jarima qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
Sirdaryoda daraxtlarni nobud qilgan fuqaro oʻsimlik dunyosiga 273 360 000 so'm zarar yetkazdi

Mamlakatimiz boʻylab yashil makonlarni kengaytirish hamda yashillikni asrab qolish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan koʻkarib turgan daraxtlarni hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlash holatlari aniqlanmoqda.

Joriy yilning 24-yanvar kuni Sirdaryo tumani Navroʻz MFY hududida joylashgan “Sirdaryo bogʻlari” fermer xoʻjaligi dala yer maydoni chetida fuqaro hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 14 (oʻn toʻrt) tup manzarali daraxtlarni kesib, davlat raqami AA20 762 boʻlgan “Belarus” rusumli traktorning tirkamasiga ortayotgan vaqtida davlat inspektorlari tomonidan voqea joyida toʻxtatib qolindi.

Mazkur holatda fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 464-sonli qarori talablarini buzib, jami 14 (oʻn toʻrt) tup manzarali daraxtlarni kesib tashlaganligi oqibatida oʻsimlik dunyosiga 273 360 000 (ikki yuz yetmish uch million uch yuz oltmish ming) soʻm miqdorida zarar yetkazganligi hisoblandi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd

Daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining Shirin shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahar hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda “Farhod” MFY hududida fuqaro X. I tomonidan bir dona terak daraxtini hech qanday ruxsatsiz kesganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro X. I ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 700 000 soʻm jarima qoʻllanildi va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 020 000 soʻm etib belgilandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Guliston tuman bo'limi hamda tuman prokuraturasi tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida "Sohilobod" MFY hududidan oqib o‘tgan "Sirdaryo" daryosini muhofaza maydonidan 4 nafar fuqarolar tomonidan qum- shag’al mahsulotini o‘ziga tegishli bo‘lgan yuk mashinalarida noqonuniy ortish va tashish bilan shug’ullanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 baravari — 3 mln 400 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi.

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Guliston tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida "Sohilobod" MFY hududidan oqib oʻtgan "Sirdaryo" daryosini muhofaza maydonidan fuqaro D.I noqonuniy ravishda tuproqni ortish va tashish bilan shugʻullanganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga BHMning 10 baravari — 3 mln 400 ming soʻm jarima qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
Noqonuniy ovni oldi olindi

🤔Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari  tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri jarayonida Oqoltin tumani hududidan oqib oʻtuvchi katta zovurdan fuqaro T.A va B. D lar tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, toʻr yordamida  baliq ovlayotganlik holati aniqlandi.

🤔Ushbu holat yuzasidan  Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha  Oqoltin tumani sudiga chora koʻrishlik  uchun yuboriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan tunu-kun reyd tadbirlari o'tkazilmoqda

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Reyd
🔴Live
Oqoltin tumanida qonunbuzilish holati aniqlandi

🌳Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda  oʻtkazilgan  tungi nazorat reyd tadbiri davomida Oqoltin  tumani hududida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

🔥Tumandagi "S. Siddiqov" SIU hududida fuqaro S. M dala chetida  har xil turdagi o'simlik qoldiqlarini  to'plab alanga oldirib yoqib yuborganlik holati aniqlandi. 

☄️Aniqlangan holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi MJtKsining 88- moddasi 3- qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qoʻllanildi. Shuningdek, olov bartaraf etildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
Baliq ovlovchilar qo'lga tushdi

🤔Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari  tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri jarayonida Sardoba  tumani Qo'shchinor SIU hududidan oqib oʻtuvchi  zovurdan 2 nafar fuqarolar  2 turdagi  jami 7 dona baliqlarni noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, toʻr yordamida ovlayotganlik holati aniqlanib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 7 million 500 ming soʼm miqdorida belgilangan.

🤔Ushbu holat yuzasidan  Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha  Sardoba tuman sudiga chora koʻrishlik  uchun yuboriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
Noqonuniy ovni oldi olindi

🤔Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Xovos tumani va Yangiyer shahar boʻlimi inspektorlari  tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri jarayonida Boyovut tumani "Ziyokor" MFY hududidan oqib oʻtuvchi  zovurdan Bekobodda tumanida yashovchi 4 nafar fuqarolar B.F, N.D, T.A va N.M lar tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, toʻr yordamida  baliq ovlayotganlik holati aniqlandi.

☄️Ushbu holat yuzasidan  Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Boyovut tumani sudiga chora koʻrishlik  uchun yuboriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
Noqonuniy baliq ovi qimmatga tushdi

🤔Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Guliston tumani boʻlimi inspektorlari  tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbiri jarayonida Guliston tumani "Axillik" MFY hududidan oqib oʻtuvchi "Sirdaryo" daryosidan fuqaro B.M tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, toʻr yordamida  baliq ovlayotganlik holati aniqlandi.

☄️Ushbu holat yuzasidan  Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Guliston  tumani sudiga chora koʻrishlik  uchun yuboriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site |🌐 Telegram | 🌐Face book | ▶️You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM