#Seminar
"Bogʻiston" mahallasida seminar oʻtkazildi
Mamlakatimizda oʻsimliklarni muhofaza qilish, ekologiyani asrash boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib kelinmoqda.
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni –muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun- mohiyatini fuqarolarga tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Mirzaobod tumani "Bogʻiston" mahallasida oʻtkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan mazkur qonunning moddalari haqida fuqarolarga toʻliq tushunchalar berildi.
Shuningdek, mazkur qonun Oʻzbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy moddalar va boshqa toksik moddalar saqlanayotgan yoki koʻmib tashlangan maxsus obʼektlar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida xam maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga tadbir yakunida atroflicha javoblar oldi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

#seminar
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida seminar boʻlib oʻtdi
Joriy yil 9-fevral kuni Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmonning 6-bandi ijrosi yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Tovar xom-ashyo birjasi mutaxassisi hamda viloyatdagi ikkilamchi xomashyoni qabul qilish, sotish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Soha xodimi tomonidan ushbu Farmonning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirib oʻtildi. 2024-yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshirilishi hamda birja savdolarida ishtirok etish tartibi tushuntirildi.
Maʼlumot uchun, viloyatimizda 2023-yilda 11 ta ikkilamchi xomashyoni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan 51100 tonna chiqindilar qayta ishlanib, qayta ishlash darajasi 36 foizni tashkil qiladi.
Web-site | Telegram | Face book

#Yosh_ekologlar_harakati
#Seminar
Sirdaryo viloyati "Yosh ekologlar harakati” kengashi va ularning a'zolarini malakasini oshirish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarni o‘tkazishdan maqsad, yosh avlod oʻrtasida ekologik madaniyatni shakllantirish ularning ekologik barqaror muhitga ega bo‘lishi uchun mavjud muammolar bilan kurashishda to‘g‘ri yo‘nalish berishdir.
Ekologik ta’limning muhimligi hozirgi zamonaviy dunyoda hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Shu bilan birgalikda ko‘plab mamlakatlarda ta’lim va tarbiya berishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Tabiatga ehtiyotkorona munosabatta bo‘lish, uni avaylab asrash har-bir insonning fuqarolik burchi ekanligini unutmaslik kerak.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site | Telegram | Face book | You tube