Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.2K subscribers
11.4K photos
1.07K videos
4 files
4.39K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirzaobod tumani, "Dehqonobod" MFY hududida daraxt kesilganligi” toʻgʻrisidagi xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida Mirzaobod tumani "Dehqonobod" MFY hududidagi bir dona shumtol daraxtini tuman elektr tarmoqlari boʻlimi xodimi D.A tomonidan oʻsishdan toʻxtamaydigan darajada shikast yetkazganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro D.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar 2-kichik daha Voentorg magazin orqasida katta shumtol daraxt osti betonlab tashlanganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Guliston shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida Guliston shahar "Namuna" MFY hududida bir dona shumtol daraxti tag qismi betonlanganligi ma'lum boʻldi.

Yuqorida koʻrsatilgan holat boʻyicha daraxtning tag qismi betondan ochildi va sugʻorish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

"Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tizimidagi rahbar xodimlari mehnat qonunchiligidan bexabarmi?!" mazmunida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

"Toza hudud" DUK xodimlarini dam olish kunlarida ishga jalb etish alohida buyruq asosida qoshimcha haq to'lash evaziga amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, xodimlarning ish haqi to'lab berish taʼminlanadi.
Ushbu holatda mehnat huquqi buzilmagan boʻlib, majburiy mehnatga yol qo'yilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganish ishlari olib borilib, qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqtida olib ketilmayotgan chiqindi qutilari oldida "jarima yozadigan" kuzatuv kameralari oʼrnatilgan” sarlavhasi bilan xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koʻp qavatli uyimiz yonida axlat uyulib yotibdi, mehmon chaqirgani ham uyalamiz” tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Xovos tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  "Toza hudud" DUK Xovos tuman filialining biriktirilgan chiqindi tashish mashinasi nosozligi sababli  Xovos tumani Istiqlol mahallasidagi chiqindi yigʻish maydonchasida maishiy chiqindilar to'planib qolganligi maʼlum boʻldi.

Ushbu holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Xovos tumani filiali tomonidan koʻp qavatli uylarning chiqindi yigʻish maydonchasidagi toʻplanib qolgan maishiy chiqindilardan toʻliq tozalandi va chiqindi poligoniga olib ketilishi taʼminlandi.

Avvalroq, oʻ z lavozimiga sovuqqonligi sababli "Toza hudud" DUK Xovos tumani filiali rahbari S.A lavozimidan ozod etilgan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 194-uy oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 3 dona (shumtol, aylant, tut) daraxtlarining tag qismi betonlangani aniqlandi hamda ushbu daraxtning tag qismi Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston tumani Uch qahramon jamoa xo‘jaligi to‘qayida noqonuniy baliq ovi bilan shug‘illanayotganligi” to‘g’risida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida muntazam ravishda noqonuniy ov qilishni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ular tomonidan 2023-yil 6- noyabr holatiga ko‘ra Sirdaryo daryosida, kanal va zovurlarda noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha 32  ta holat aniqlanib, barchasiga qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilgan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi hayot mahallasi hududida chiqindi yig'ilib qolganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  Yangi bozor hududida maishiy chiqindilar to'planib qolganligi aniqlandi.

Holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Guliston shahar filiali va Obodonlashtirish xodimlari tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Sirdaryoda  “Toza hudud” korxonasi mas'uliga qonuniy chora ko'rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumani Quyosh mahallasi Bogʻ koʻchasiga “Toza hudud” DUK tomonidan sifatli xizmat koʻrsatmayotganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Sirdaryo tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  Quyosh mahallasi Bogʻ koʻchasiga
"Toza hudud" DUK tomonidan grafik 
bo'yicha vaqtida xizmat koʻrsatilmaganligi holati maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali xodimlari tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali mas'ul xodimi  oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi sababli tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh ijodkor Marjona Hayitboyeva bong uradi: Chiqindi poligoni xavfsizligi qachon taʼminlanadi?!“ sarlavhasi bilan habar tarqaldi.
Ushbu habar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 18-bogʻcha oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 2 dona (shumtol, tut ) daraxtlarining tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ tomonidan betonlangani aniqlandi.

Ushbu daraxtning tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ ishchisi tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi. Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasidagi daraxtlarni kesib tashlashayotganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube