Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.02K subscribers
10.7K photos
915 videos
15 files
4.82K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashilmakon

🌳Daraxt ekish xalqimizning ezgu qadriyati hisoblanadi. Ota-bobolarimiz azal-azaldan daraxtlarni e'zozlashgan, bu muqaddas ekanligini uqtirishgan. Qolaversa, oilada yangi farzand tug'ilsa, albatta, daraxt ekishgan.

Bugun ham bu an'ana davom etmoqda. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida daraxtlar ekilmoqda. Yashil ekologiyani saqlash, daraxtlarni ko‘paytirishga katta e'tibor qaratilgan.

Siz ham "Yashil makon" loyihasiga o‘z hissangizni qo'shing! Befarq bo'lmang! Daraxt eking!
___

🌳Посадка деревьев – благородная ценность узбекского народа. Наши предки с незапамятных времен почитали деревья и учили тому, что они священны. К тому же, когда в семье рождается ребенок, принято сажать дерево.
💯2👍1🔥1👌1🕊1😍1🤝1
#ЯшилМакон

Қашқадарёда “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасига старт берилди.

Каналга аъзо бўлинг
👉 https://t.iss.one/+duNfCy5Aibk3ZGY6
👍1🔥1👏1🤔1🕊1💯1🤝1
#yashilmakon

12-sonli maktabga 1 310 tup manzarali va mevali daraxt koʻchatlari keltirildi

Qarshi tumani maktablarida koʻchat ekish aksiyasi boshlanib, obodonlashtirish ishlari avjida. Xususan 12-sonli maktab hududini obodonlashtirish maqsadida Qarshi tumani qilimiga mos boʻlgan 1 310 tup: yasin - 300 dona, “mojjevelnik” - 100 dona, tuya - 60 dona, pavloniya - 150 dona, mevali daraxt - 400 dona, 300 dona terak koʻchatlari ekish uchun yetkazib berildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👍2🔥1👏1🤔1🕊1😍1💯1
#yashilmakon
Qarshida "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari boshlandi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, “Kuzgi daraxt ekish mavsumi”, deb e’lon qilindi.

Ayni shu vazifalar ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyatida ham ko’chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi. Jumladan, bugungi Qarshi shahridagi ko‘chat ekish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat va shahar sektorlari rahbarlari, shahardagi tashkilot va korxonalar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hasharda yo‘l chetidagi 1 gektar yer maydoniga yasin, katalpa, zarang, pavloniya, qrim sosna, mojjevelnik kabi 2 mingga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga hissa qo'shishdi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👍1🔥1👏1🤔1😱1👌1🕊1😍1💯1
Eko patrul reyd tadbirlari davom etmoqda

Ona zaminimizni qonunlarini qo'pol ravishda buzayotgan fuqarolar hozirgi kunda ko'plab uchramoqda.

Qashqadaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Qarshi tumani inspektorlari hamda Milliy gvardiya, IIB hodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi eko patrul qo'shma reyd tadbiri bo'lib o'tdi.

Reyd tadbiri davomida "Chaman" MFY hududida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag'al aralashmasini yuklayotganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 70- moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 900 ming so`m jarima qo`llanildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👍3🔥1👏1🤔1😱1👌1🕊1😍1💯1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Oqsuv”dagi ogʻriqlar” sarlavhasi bilan chiqqan holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida ushbu holat tadbirkorlik subyekti bilan bogʻliq holat boʻlganligi bois ushbu murojaatni oʻrganish uchun tadbirkorlik subyektlarinining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish boʻyicha vakolatli organdan ruxsatnoma olish uchut xat yuborildi.

Ruxsatnoma olingan soʻng holat tegishli tartibda oʻrganilib qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👌2👍1🔥1🤔1🕊1😍1💯1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Mirishkor tumani, Pomiq-Bahoriston choʻl hududida saksovul kesilayotgani, arizachi tuman ekologiya boʻlimiga xabar berganini, lekin hech qanday chora koʻrmayotgani xususida” sarlavhasi ostida chiqqan holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Mirishkor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan hududdda kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazish yoʻlga qo`yilgan.

Ushbu murojaatdagi huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ichki ishlar boshqarmasiga xat yuborilgan.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👏2👍1🔥1😱1🕊1😍1💯1
#yashilmakon
Chiroqchi tumanida yoshlar bog‘i tashkil etiladi

Chiroqchi tumanida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasiga start berildi.

Tumanda Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsum davomida 376 ming 700 дона mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Jumladan, tumanning  31-sonli xususiy maktab hududida Yoshlar bog‘i tashkil etilib, ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida yoshlar bog‘i hududida tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar vakillari, faxriylar va yoshlar ishtirokida 900 tup turli xil ko‘chatlar ekildi.‌‌

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
👍1🔥1👏1😱1👌1🕊1😍1💯1🤝1