Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.01K subscribers
10.6K photos
915 videos
15 files
4.8K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
♻️Atrof-muhitni asrang-aks holda u sizdan o'ch olishi mumkin

🔹Zamonaviy dunyo ko‘plab muammolardan aziyat chekmoqda. Ulardan biri jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar. Atrof-muhit kuchli ifloslanishga uchrayapti, uning asosiy sababi tabiatning oliy mavjudoti – inson. Odamlar soni har yili oshib boryapti, shunga ko'ra sanoat natijasi bo‘lgan chiqindi miqdori ham ortmoqda. O'simlik dunyosining yo'q bo'lib ketishiga ham qaysidir ma'noda sabab bo'lmoqda.

🔹Daraxt - bu oʻsimliklar olamining muhim qismi boʻlib, ular nafaqat atmosfera havosini tozalashda, balki turli xil jonivorlar uchun yashash joyi va oziq-ovqat manbai boʻlib xizmat qiladi. Insoniyat esa buni tushunib yetishi lozim.


🔹Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shahrisabz tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri davomida Shahrisabz tuman "Sarchashma" MFY "Sarchashma" qishlog'ida joylashgan Oilaviy shifoxona punkti o‘rganilganida shifoxona hududida maishiy va qattiq hamda tibbiyot chiqindilari belgilanmagan joyga tashlanganli bu bilan atrof-muhit ifloslanishiga olib keluvchi huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlandi.

🔹Shuningdek, shifoxona hududida "Yashil makon" umummilliy loyhasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning o‘suvchanligi holati o‘rganilganida ko‘chatlar sug‘orilmaganligi va agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ko‘chatlarni qurib qolganligi holati aniqlandi.

🔹Mazkur aniqlangan har ikkala holat yuzasidan shifoxonaning tegishli mas'ullariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 79 modda 04 qismi bilan 3 mln 750 ming so'm hamda 91pr² moddalari bilan 750 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1🔥1🕊1💯1
🗻Noqonuniy qum ortgan fuqaro jarimaga tortildi

🔹So‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish ko‘lamining kengayishi va noruda materiallarga bo‘lgan ehtiyojning keskin oshishi natijasida daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish holatlari soni ortib bormoqda.


🔹Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Qamashi tuman bo'limi xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbirlarini o'tkazilib kelinmoqda.

🔹O'tkazilgan reyd tadbirlari davomida Qamashi tuman "Uzun" MFY hududida fuqaro (O.N) tomonidan o'zi boshqaruvida bo'lgan yuk avtomashinasiga tabiy qumni hech qanday ruxsatnomasiz yuklab huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlandi.

🔹Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKsining 70 modda 1 qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 750 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1🔥1🤔1🕊1💯1
Qarshi shahrida qo'shma reyd tadbirlari olib borilmoqda

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tungi nazorat reyd tadbirlari boshlandi.

Nazorat reyd tadbiri davomida fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1🔥1🤩1🕊1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Oʼzbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʼgʼrisida” 2025-yil 24-fevraldagi 1036-son Qonuni ijrosini samarali tashkil etish boʼyicha Davlat ekologik ekspertizasi markazi DM Qashqadaryo viloyati filiali Yetakchi mutaxassisi  Hayitova Nigora Qudratovna tomonidan maʼlumot berildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1🔥1👏1😍1👀1
TOZALIK TALABI

🏗Shaharsozlik madaniyati avvalo chiqindilarni tartibli joylashtirishni taqozo etadi.

📌Shu bois Shahrisabz shahrida yangicha qiyofadagi beton qoplamali chiqindi konteynerlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda. Uning nafaqat chiqindilardan tozaligi, yaxshi saqlanishi, balki dizenfeksion jihatlariga ham jamiyat tomonidan alohida e’tibor qaratiladi.


Bugun esa shu turdagi chiqindi qutilari maxsus vositalar yordamida yuvilmoqda. Mazkur ish Sanitariya qoidalariga asosan yoz faslida (aprel – oktabr oylarida) haftasiga 1 yoki 2 marta, qish oylarida 10 yoki 15 kunda yuvilishi belgilab qo‘yilgan.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1🔥1😍1💯1
🚯Ona-zaminimizni chiqindilardan asraylik...

♻️Chiqindi bilan bog'liq holatlarni o'rganish, aholi o'rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish hamda hukumatimiz tomonidan chiqariladigan qaror va qonunlar ijrosini hayotga tadbiq etish maqsadida hududlarda soha mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

♻️Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Koson tuman bo'limi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbiri davomida tumandagi "Nartibaland" mahallasi hududida fuqaro (S.B) tomonidan chorva mollaridan chiqqan chiqndilarni belgilanmagan joyga tashlaganligi bilan bog'liq holat aniqlandi.

♻️Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKsining 91-modda prim 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 375 ming so'm jarima qo'llanildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
1👍1
🌱O'quv seminar bo'lib o'tdi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda tuman va shahar bo'limi davlat inspetorlari ishtirokida o'quv seminari o'tazildi.

🔹Ushbu seminar tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta’minlash hamda kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tubdan o'rganishga qaratilgan masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

🔹Shuningdek, seminar davomida inspektrlarning soha yuzasidan bilimlarini sinash maqsadida savol-javob hamda test sinovlari o'tkazildi.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
👍21😱1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryoda halokatli yong‘in! Zarafshon archalari yana yonmoqda..." sarlavhasi ostida chiqqan video murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Yong‘in Yakabog' ixtisoslashgan davlat o'rmon xo'jaligi Toshqo'rg'on o'rmon bo'limi yer maydonlarida sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishda tuman hokimligi, FVV, IIB, Yakkabog' davlat o‘rmon xo‘jaligining ishchi-xodimlari hamda hududiy yong‘in-qutqaruv ekipajlari ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda yong'in kelib chiqish sabablrai o'rganilmoqda hamda yong'in natijasida o'rmonga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etilishini ma'lum qilamiz.

🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
👍21