Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.02K subscribers
10.7K photos
915 videos
15 files
4.82K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
Ruhsatsiz daraxt kesgan fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanildi.

Yakkabog‘ tuman davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida tumanning "Yangihayot" MFY hududida fuqaro S. Z tomonidan 1 (tup) terak daraxtini hech qanday ruhsatnomasiz kesib tashlaganlik holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 1 mln 500 ming so'm jarima qo'llanildi.
Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-34-son Qarori bilan Qudratov Obidjon Nematovich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qudratov Obidjon Nematovich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-34-son Qarori bilan Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich ushbu tayinlovga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-34-son Qarori bilan Xabibullayev Sherzod Xabibullaxoʻjayevich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Xabibullayev Sherzod Xabibullaxoʻjayevich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining tegishli buyrugʻi bilan Kusherbayev Rasul Xidraliyevich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Kusherbayev Rasul Xidraliyevich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati boʻlib faoliyat yuritgan.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Muborak tumanida qo'shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

Muborak tuman davlat inspektorlari hamda 53943 xarbiy qism xodimlari bilan hamkorlikda tumanda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o'ykazildi.

O'tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida tumanning "Muborak" MFY hududida fuqaro J. Sh tomonidan yulg‘un o'simligini hech qanday ruhsatnomasiz kesib, olib ketayotganlik holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 1 mln 500 ming so'm jarima hamda 180 ming so'm zarar qo'llanildi.
2-fevral - Butunjahon suvli-botqoq yerlari kuni munosabati bilan targ‘ibot ishlari olib borildi.

G‘uzor tuman davlat inspektorlari tomonidan tuman hududidagi maktablarda kun munosabati bilan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Maktab o‘quvchilariga mamlakatimizda suv-botqoqli hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ma'lumotlar berildi.
Qum shag‘al aralashmalarini ruxsatsiz qazib olmang, jarimaga tortilasiz.

G‘uzor tuman davlat inspektorlari tomonida o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida "Zarbdor" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi qirg‘og‘idan fuqaro X. B. tomonidan o‘z boshqaruvidagi yordamida noqonuniy ravishda tabiiy qumni qazib olib, yuk avtomashinasiga yuklayotganlik holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 70-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 9 mln so'm jarima qo'llanildi.
👌1
Qo'shma reyd tadbirlari davom etmoqda.

Yakkabog' tuman davlat inspektorlari hamda tuman IIB va Milliy gvardiya hodimlari hamkorligida tumandagi dehqon oziq ovqat bozorida atrof-muhit tozaligini saqlash, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik, chiqindilarni yoqmaslik, hududni toza va ozoda saqlash kerakligi, daraxtlarni ruxsatsiz kesmaslik va zarar yetkazmaslik to'g'risida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, bozor hududida to'planib qolgan chiqindilar Obodonlashtirish hodimlari va tuman "Solitary Gorden" MCHJ xodimlari tomonidan chiqindilar olib chiqib ketildi.