Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
958 subscribers
9.82K photos
840 videos
15 files
4.44K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
Qashqadaryoda huquqbuzarga nega 16 mln 500 ming soʻm jarima qoʻllanildi?

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Qarshi tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari hamda IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat tadbiri davomida To`q mang`it MFY hududida fuqaro O.N tomonidan noqonuniy ravishda qum shagʻal aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtksining 70 moddasi 1 qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 16 mln 500 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

Qum-shagʻal materiallarining ruxsatsiz qazib olinishi aksariyat hollarda yer usti va yer osti suvlari kamayib ketishi, suvni muhofaza qilish zonalari botqoqlashishi va ifloslanishiga, shuningdek, favqulodda holatlarni oldini olish boʻyicha tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib keladi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda Yakkabogʻ tumanidan teraklarni kesib tashlanganligi toʻgʻrisidagi video murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Video murojaatda koʻrsatib oʻtilgan hudud qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoni yani bogʻ maydoni ekanligi aniqlangan, Oʻzbekiston Respubiikasi “Yer Kodeksining” 2-bob, 8-moddasi, 1-qismiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanganerlar qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu shu maqsadda moʻljallangan yerlar. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevalar, dov-daraxtlar, tokzorlar egallagan yerlarga boʻlinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydadanish toʻgʻrisida”gi qonunining 5-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning yashash faoliyati mahsulotlari, botanika kolleksiyalari deb koʻrsatib oʻtilganligi, bundan tashqari Oʻzbekiston Respubiikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-bob 2-qismiga koʻra Ushbu Nizom talablari:
-jismoniy shaxslarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalar hamda ularning koʻchat va nihollariga;
-pitomniklar hamda pilntatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar. va butalarga, shuningdek, ularning koʻchat va nihollariga;
-yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalar (teraklar va boshqa tez oʻsadigan daraxt turlari, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar)ga;
-bogʻdorchilik va uzumchilik uchun ajratilgan yer uchastkalaridagi mevali daraxtlar va butalarga nisbatan tadbiq etilmaydi, deb koʻrsatib oʻtiganligi sababli bogʻ yer maydonidagi daraxtlarni kesilishiga chora koʻrish Ekolgiya , atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi vakolatiga kirmaydi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Туризм ва маданият масканлари имкониятларини тўлиқ ишга солиш ҳамда "Яшил макон" кузги мавсумини самарали ташкил этиш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ўзбекистон - 2030» стратегиясида 2023 йилга мўлжалланган 100 та мақсад
#13oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahar “Kun chiqar” MFY hududidan chiqindilar vaqtida olib chiqib ketilmayapti sarlavhasi ostida chiqqan holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Qarshi shahar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida “Ekotrans” MCHJ maxsus texnika va ishchi xodimlarini jalb qilinib, Qarshi shahar Kun chiqar MFY hududida toʻplanib qolgan chiqindilar olib chiqib ketildi.

Maʼlumot oʻrnida Qarshi shahar “Kun chiqar” MFY 4083 nafar aholi, 1047ta xonadan mavjud boʻlib ushbu mahallaning shu kunga qadar boʻlgan debitor qarzdorligi 92 mln 839 ming 457 soʻm.

Chiqindi uchun vaqtida toʻlov qilinmasa albatta hududdan chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketishni imkoni boʻlmaydi shunday ekan chiqindilar uchun toʻlov qilishni unutmang.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlamang.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi G'uzor tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat tadbiri davomida "Mevazor" MFY hududida fuqaro M. U. tomonidan chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlaganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK-sining 91-modda pr2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 990 ming so'm jarima qo'llanildi.

Aholi o`rtasida chiqindilar bilan bog`liq muammolarni yuzaga kelishi to`g`risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#UNWTO25 #samarkand23 #genassembly

BMT Butunjahon turizm tashkiloti - UNWTO 25-yubiley sessiyasining birinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Quyida birinchi kunning muhim voqealarini eslatib o'tamiz.

🌐 Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni UNWTO doirasida "Butunjahon inklyuziv turizm yili" deb e’lon qilishni taklif etdi

🌐 UNWTOga aʼzo davlatlar turizm sohasida davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda

🌐 O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti bilan ko‘p qirrali hamkorlik darajasiga yuksak baho berdi

🌐 O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi

🌐 Butunjahon turizm tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi
Tumanlarda ekologik nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda

Qashqadaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Qarshi tumani inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reyd tadbiri bo'lib o'tdi.

Nazorat reyd tadbiri davomida "Bog'obot" QFY hududida chiqindilar to‘planib qolganlik holati aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan QFY raisiga nisbatan tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko'rmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtK-ning 95-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 990 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

To‘planib qilgan chiqindilar maxsus texnika vositalari yordamida olib chiqib ketilib, chiqindilar bartaraf etildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qashqadaryo axboroti"
“Yashil makon” umummilliy loyihasinining “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasidagi ishlar haqida.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “KIMNI TOPSHIRIGʻI BILAN DARAXT KESILDI” sarlavhasi ostida chiqqan holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzarishi boshqarmasi Mirishkor tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Mirishkor tumani “Oʻzbekiston” MFY hududidan fuqaro N.Yu tomonidan daraxtlar kesilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKsining 79 moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming soʻm jarima hamda 450 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar qoʻllanildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
Qashqadaryoda yulg'un o'simligiga zarar berganlar jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Koson tuman bolimi inspektorlari va Milliy gvardiya hodimlari bilan birgalikda navbatdagi qo'shma reyd tadbiri otkazildi.

Tadbir davomida "Mustaqillik" MFY da yashovchi fuqaro Sh.Sh "Chiroqchi" fermerlar uyushmasi hududidan yovvoyi holda o'suvchi yulg'un o'simligini noqonuniy ravishda chopib olib ketayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan1mln 650 ming so'm jarima hamda 1mln 980 ming so'm tabiatga etkazilgan zarar qo'llanildi.

Yulg'un o'simligi 41-maktabga olib borib dalolatnoma asosida topshirildi.
Aytib o'tish kerakki, ona -tabiatimizda barcha turdagi o'simliklarning tabiatda hayotida o'z o'rni bor.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ўзбекистон - 2030» стратегиясида 2023 йилга мўлжалланган 100 та мақсад
#17oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.
Kesilgan daraxt uchun javobgarlikdan qocholmaysan

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Kitob tuman boʻlimi, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat reyd tadbiri davomida fuqaro B.N noqonuniy ravishda doʻlana daraxtini kesganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKsining 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming soʻm jarima hamda 1 mln 320 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar qo`llanildi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

telegram | facebook | instagram | ecokash.