Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.02K subscribers
10.7K photos
915 videos
15 files
4.82K links
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi rasmiy kanali:

www.ecokash.uz
instagram.com/ekoqash
facebook.com/ekoqash
youtube.com/c/ecogovuz
twitter.com/ecogovuz

Telefon: +99875 221-09-59
Download Telegram
Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasi Qizilsuv boʻlimi qoʻriqlash xodimlari yovvoyi hayvonlar ov qilinishining oldini olish maqsadida hamda brakonyerlikka qarshi nazorat-reyd tadbirlarini oʻtkazmoqdalar.

Oʻrganishlar davomida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishga ham eʼtibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda qoʻriqxona hududida ham sovuqning birmuncha pasayishi va togʻlarda qish faslida odatda xos boʻlgan ob-havo kuzatilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari davom etmoqda.

Harorat pasaygan bo'lishiga qaramay aholiga sanitar xizmatlari uzluksiz davom etmoqda. "Solitary garden" MChJ xodimlari tomonidan sanitar xizmat ko‘rsatish ishlari grafik asosida rejali amalga oshirilmoqda.

Yakkabog' tumianidagi "Sandal" MFY hududidagi aholi xonadonlaridan hosil bo‘lgan chiqindilar "Solitary garden" MChJ xodimlari tomonidan o‘z vaqtida olib ketilish ishlari olib borilmoqda.
Chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish ishlari davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi tuman davlat inspektorlari hamda "Eko-hayot" MCHJ xodimlari bilan hamkorlikda "Bunyodkor" MFY hududidagi aholi xonadonlarida to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari olib borildi.

Shu bilan birga qarzdorligi mavjud xonadonlarga qarzdorlik bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qarzdorlik summalari so‘ndirilmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko'rilishi to'g'risida ogohlantirilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Чиқиндиларни утилизация қилиш ва қайта ишлаш бўйича 1 январдан татбиқ этилган ўзгаришлар       
#28jan #uzbekiston24
Murojjatlar joylarga borib o'rganilmoqda.

Shahrisabz tuman "Qiyomshayx" MFY hududida joylashgan "Saparcha sity" MChJ raisi tomonidan 2023-yil 7-yanvar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga yozgan arizasiga asosan Shahrisabz tuman davlat inspektorlari, "Qiyomshayx" MFY raisi hamda murojaatchi, "Saparcha sity" MChJ raisi bilan birgalikda arizada ko'rsatilgan manzilga borib o'rganildi.

O'rganish ishlari davomida Shahrisabz tuman "Qiyomshayx" MFY hududidagi "Fazenda ko'mir tepa" MChJ ga qarashli 1-4 konturdagi yer maydonlari Shahrisabz tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilganligi va e-auksion orqali "Saparcha sity" MChJ 45 yillik ijara huquqini yutib olganligi ma'lum bo'ldi. "Saparcha sity" MChJ balansiga o'tgan yer va ariqlar yonlaridan uzoq yillik umumiy 44 dona mevali va manzarali daraxtlarni tag qismidan kesib tashlaganlik holati aniqlandi.

Murojaatchining aytichlaricha, ushbu daraxtlarni "Fazenda ko'mir tepa" MChJ rahbari tomonidan xech qanday ruxsatsiz kesib tashlangan.

Ushbu holat bo'yicha to'plangan xujjatlar tergovga qadar tekshiruv olib borish va aybdorlarga qonuniy chora ko'rish uchun tuman IIB ga yuborildi.
Shahrisabz tumanida ekologik qo'shma reyd tadbirlari olib borildi.

Shahrisabz tumani davlat inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida tumanning "Shanbe" MFY Chorvador ko'chasida yo'l va ariq atrofidan turli xildagi umumiy 9 (to'qqiz) dona mevali va manzarali daraxtlarning kesilganlik holati aniqlandi.

"Shanbe" MFY Chorvador ko'chasidagi ushbu daraxtlarni kim tomonidan va qachon kesilganligi no'malum. Ushbu holat bo'yicha huquqbuzarni aniqlash maqsadida IIB xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat bo'yicha Shahrisabz tuman davlat inspektorlari tomonidan 277 mln 800 ming so'm tabiatga yetkazilgan zarar uchun hisoblandi.