EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
Toshkentdagi qurilishning tabiiy muhitga ta’siri Kanalimizga kuzatuvchilarimiz tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, Toshkent shahrining Ц-1 ko‘chasining "O‘zbekiston ovozi" aholisi yo‘l ta’mirlanishi jarayonida yuz berayotgan ekologik…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlarga yetkazilgan zarar bo‘yicha chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlarga shikast yetkazilayotganligini aks ettiruvchi videolavha tarqaldi. Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman inspektori tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, O‘zbekiston ovozi ko‘chasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari jarayonida 3 tup daraxtga o‘sishini davom ettira olmaydigan darajada zarar yetkazilgan.
Mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida 9 375 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga muvofiq, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 9 000 000 so‘m miqdorida to‘lov belgilandi hamda ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shikastlangan daraxtlarga agrotexnik chora-tadbirlar qo‘llanildi. Shu bilan birga, mas’ullarga tabiat obyektlariga zarar yetkazmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.

April 22
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga katta zarar yetkazildi
19–20-aprel kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Sirdaryo viloyati davlat ekologik inspektorlari hamkorligida Sirdaryo daryosida noqonuniy baliq ovlash holatlariga qarshi maxsus nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
Ushbu tadbirlar aholining koʻplab murojaatlari asosida, xususan, baliqlarning urugʻlanish (urchish) davrida brakonyerlar tomonidan elektr qarmoq va noqonuniy toʻrlardan (leskali toʻrlar) foydalanish holatlarini bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida daryodan umumiy uzunligi 1000 metrga yaqin boʻlgan, noqonuniy tarzda oʻrnatilgan 20 ga yaqin leskali toʻrlar yigʻib olindi. Ushbu toʻrlar belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Shuningdek, elektr qarmoqdan foydalangan holda baliq ovlagan 2 nafar huquqbuzar qoʻlga olindi. Ulardan ashyoviy dalil sifatida 1 dona alyuminiy qayiq, motor, 2 dona akkumulyator, elektr qarmoq va tegishli ov qurollari, shuningdek, turli xildagi 21 dona baliq daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga jami 368 million 437 ming 500 so'm zarar yetkazilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ekologiya vazirligi yurtdoshlarimizni tabiiy zahiralarni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga, baliq ovlashda faqat belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi...

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toza yo‘l – o‘zingizga va boshqalarga hurmat ifodasi
Yo‘llarda tozalikni saqlash – bu shunchaki qoida emas, balki madaniyatimiz va mas’uliyatimiz aksidir.
Mashina oynasidan chiqindilarni tashlamang, ortingizda iz qoldirmang — axir har birimiz umumiy yo‘lni yoqimli va xavfsiz qilishda ishtirok etamiz.
Yo‘llar niyatlarimizdek toza bo‘lsin.
Tabiatga, boshqa haydovchilarga va shahringizga hurmat bilan yondoshuvli bo‘ling.

Avstraliyada 750 ta koala o‘ldirildi
Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Badjim Bim milliy bog‘ida 750 ta koala vertolyotlardan o‘q uzgan snayperlar tomonidan o‘ldirildi. Hukumat bu harakatni "insonparvarlikdan kelib chiqqan" majburiy choralar qatoriga kiritdi.
Bu voqea qanday yuz berdi? 2000 gektar o‘rmonni yondirgan yirik yong‘indan so‘ng minglab koalalar boshpanasiz va oziq-ovqatsiz qolgan edi. Rasmiylar ularning aksariyati og‘ir kuyishlardan, chanqoqlik va ochlikdan aziyat chekayotganini aytib, ularni o‘ldirishni "azobdan qutqarish" deb asosladilar.
Ammo bu holat jamiyatda jiddiy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Koalalarni vertolyotdan turib otish orqali ularning haqiqiy ahvolini aniq baholash imkonsiz edi. Bundan tashqari, koalalarning ba'zilari sumkasida bolasi bilan bo‘lishi mumkin edi — bu esa umuman inobatga olinmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Avstraliya hukumati koalalarni yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Ularning soni o‘rmonlarning kesilishi, yong‘inlar, qurg‘oqchilik va kasalliklar tufayli keskin kamaygan. Olimlar ogohlantirgan: agar keskin chora ko‘rilmasa, 2050 yilga kelib, masalan, Yangi Janubiy Uelsda koalalar butunlay yo‘q bo‘lishi mumkin.
Ammo bugun shu davlatning o‘zi koalalarni "rahm-shafqatdan" vertolyotdan turib otmoqda.

April 23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi murojaatlar davom etmoqda
Samarqandlik fuqarolar yana bir bor rasmiylardan yordam so‘rashmoqda: shahar ko‘chalarida itlarni tutish jarayonida qo‘llanilayotgan zo‘ravon usullar jamoatchilikni chuqur xavotirga solmoqda.
Mahalliy faollar va hayvonlarga befarq bo‘lmagan odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali shunday murojaat qilishmoqda:
“Endi qanday qilib insoniy til bilan murojaat qilishni ham bilmay qoldik. Qachon bizni eshitishadi?!” — deydi ular.
Jamoatchilikning eng asosiy talabi — kamida itlar uchun xavfsiz tutish vositalaridan foydalanish. Ayni paytda, ko‘plab holatlarda itlar bo‘g‘uvchilar bilan ushlanmoqda, natijada ularning tomog‘i eziladi, og‘iz bo‘shlig‘i yirtiladi, ba'zida esa bu jarayon hayvon uchun halokatli tugaydi.
Fuqarolar kimga murojaat qilishi mumkin?
Aholi orasida savollar ko‘paymoqda: bu kabi masalalarda qayerga murojaat qilish mumkin? Obodlashtirish boshqarmasimi? Yoki shahar hokimiyatigami? Ko‘pchilik hali-hanuz aniq mexanizm yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.
“Agar biror tavsiya yoki yo‘l-yo‘riq bilsangiz, iltimos, biz bilan bo‘lishing,” — deyiladi murojaatda.
Bu masala Samarqandda nafaqat hayvonlarga, balki umuman insoniylikka munosabat ko‘rsatkichi sifatida baholanmoqda. Faollar xavfsiz va insonparvar yondashuvni talab qilmoqda.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
“Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (235-son, 17.04.2025 y.) qabul qilindi
🔰 Unga ko‘ra, 2025–2030-yillarda umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
🗓 2025-yil 15-maygacha istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
📜 Namunaviy loyiha ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi, jumladan:
🔹bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;
🔹sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning samarali faoliyatini ta’minlash;
🔹velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91 prim 1-moddasi. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.
April 23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 46 dona cho‘l toshbaqasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 46 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasining noqonuniy savdosi fosh etildi.
Ushbu holat poytaxtdagi Chorsu bozorida aniqlanib, barcha jonivorlar qonuniy tartibda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi — O‘zbekiston hududida uchraydigan noyob va endemik tur hisoblanadi. Ular mamlakatimizning deyarli barcha adir va tekisliklarida, mustahkamlashgan qumlar hamda unumdor cho‘llarda yashaydi. Ba'zida ular dengiz sathidan 1300 metr balandlikdagi tog‘li hududlargacha ko‘tariladi. Shuningdek, siyrak maysalar bilan qoplangan vodiy dashtlarida va qishloq xo‘jaligi yerlarida — xususan, shudgor qilingan dalalar, poliz ekinlari orasida ham uchrashi mumkin.
Toshbaqalarni noqonuniy yo‘l bilan tutish va sotish ekologik muvozanatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu bois ekologik nazorat organlari ushbu holatlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmoqda.

Millioner 90 million dollar sarflab o‘rmonlarni qayta tikladi
Marion Klifton Deyvis ismli sobiq biznesmen oxirgi 20 yil davomida o‘z boyligini — taxminan 90 million dollarni — birgina maqsadga yo‘naltirdi: Floridada 100 yil oldin butunlay kesib yuborilgan o‘rmonlarni qayta tiklash.
Deyvis o‘z tashabbusi doirasida ilgari bu yerda o‘sib turgan botqoqli qarag‘ay (longleaf pine) turini aniqladi va 8 milliondan ortiq ko‘chat ekdi. Biroq u faqat daraxt ekish bilan cheklanmadi — bu ishlar natijasida butun bir ekotizim qayta tiklandi.
1930-yillarda taxminan 10 million gektar maydonda yoyilgan botqoqli qarag‘ay o‘rmonlari butunlay yo‘q qilingan edi. Ular yog‘och sifatida ishlatilgan, yer esa xususiylashtirilgan va boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Bugun esa bu hududda yana burgutlar, qirg‘iylar, silovsinlar, tulkilar, rakunlar va bronenostslar (qobiqli sutemizuvchilar) yashamoqda.
Bu loyihaning nomi — Nokuse — va u atigi boshlanishida. Loyihaning davomiyligi 300 yilga mo‘ljallangan. Deyvis o‘z mablag‘ini uzoq muddatli ekologik tiklanish rejasi, shuningdek, har yili minglab o‘quvchilarga tabiat haqida bilim beradigan ekologik ta'lim markazini qo‘llab-quvvatlash uchun bag‘ishlagan.
Deyvisning fikricha, chinakam o‘zgarish yoshlardan boshlanadi

April 24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HududlardanXabarlar #Xorazm
🗺 Xorazmda zamonaviy ko‘chma chiqindi yig‘ish shoxobchalari tashkil etildi
Xorazm viloyatida “Eco Klaster” MChJ tomonidan Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlari va Xiva shahrida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovini hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshirish maqsadida zamonaviy, ko‘chma chiqindi yig‘ish shoxobchalari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.
Xorazm viloyatida “Eco Klaster” MChJ tomonidan Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlari va Xiva shahrida chiqindilarni olib chiqib ketish qamrovini hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshirish maqsadida zamonaviy, ko‘chma chiqindi yig‘ish shoxobchalari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zilzila vaqtida operatsiyani davom ettirgan fidokor veterinar
Turkiyada ro‘y bergan zilzila hayratlanarli voqeaga sabab bo‘ldi. Bir veterinariya shifokori hayvonni operatsiya qilayotgan vaqtda yer qimirlab ketdi. Zilzila klinikani tark etishga majbur qilgan bo‘lsa-da, u operatsiyani to‘xtatmay, avtomobilining yukxonasida davom ettirdi.
Ayni paytda mushukning ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq umid qilamizki, u sog‘-salomat.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulda bir soat ichida 3,9 dan 6,2 ballgacha bo‘lgan 7 ta yer osti silkinishlari qayd etilgan.

Mehribon insonlar!
Biz, ko‘cha hayvonlari, yordam so‘raymiz" 🐾💔
Mehrli insonlar! ♥️🙏
Biz — boshpanasiz, tilsiz jonzotlar, sizdan faqat bir og‘iz ovqat, bir qultum suv, va bir oz mehr so‘raymiz.
🌧 Bizda uy yo‘q.
🥶 Sovuq tunlarda panoh topa olmaymiz.
🍞 Ko‘chada och yuramiz.
🗣 Bizda so‘z yo‘q – biz faqat ko‘zlarimiz bilan yig‘laymiz...
Yordam bering. Biz yolg‘iz emasmiz – siz bor ekansiz, umid ham bor.
Yordam qo‘lini cho‘zing tilsizlarga, bu yerda ovoz chiqara olmaydigan, ammo yurak bilan his qiladigan mavjudotlarga.
💳 Yordam uchun karta raqami:
9860 0824 6453 5192
Marina Nevzorova nomiga
🫶 Har bir yordam — bu bir qutqarilgan jon.
🌟 Har bir mehr — bu yana bir umid uchquni.
Biz sizga ishonamiz. Biz hali yaxshilik borligiga ishonamiz.
Yuragingizga quloq tuting.
https://t.iss.one/Kotodom_Ekaterina

It bolani tishlasa, bunga kim aybdor?
Bu savol ko‘pincha fajia sodir bo‘lgandan keyin beriladi. Yangiliklardagi sarlavhalar dahshatli tarzda jaranglaydi:
"It bolaning qo‘lini tishlab oldi!"
Keyin g‘azab, vahima, aybdorni izlash...
Ammo juda kam odam "Nega bu sodir bo‘ldi?" degan savolni beradi.
Haqiqat shuki, aksariyat chaqish holatlari — bu tajovuz emas, balki javob reaksiyasi. Bu — og‘riq, qo‘rquv yoki shaxsiy chegaralarning buzilishiga berilgan reaksiya.
Kichik yoshdagi bolalar o‘zlarining yoshligi va tajribasizligi sababli:
itni quloqdan yoki dumdan tortishi mumkin,
uni bezovta qilishi,
ovqatlanayotganda yoki uxlayotganda yaqinlashishi,
hatto og‘riq yetkazishi mumkin — ular oldida tirik jonzot emas, o‘yinchoq turganday his qilishadi.
🐶 It gapira olmaydi.
U kattalarga arz qila olmaydi, aytolmaydi: "Menga og‘riq beryapti", "Qo‘rqyapman", "Meni tinch qo‘y".
Uning yagona usuli — g‘irilash, og‘riq ifodasi yoki tishlash. Bu — hujum emas, bu himoya.
Ammo keyin nima bo‘ladi?
🔻 Jamiyat darrov tamg‘a bosadi: "Yovvoyi it!"
🔻 Uni o'ldirishadi. Tashlab yuborishadi. Jazolashadi.
❗️Aslida ayb kimda?
Kattalarda.
Aynan ota-onalar farzandiga tushuntirishi shart:
It — o‘yinchoq emas, balki his-tuyg‘ularga ega tirik jonzot.
U ham og‘riqni, qo‘rquvni, ranjishni his qiladi.
Farzandlarga hurmat, hamdardlik va shaxsiy chegaralarni o‘rgatish kerak.
Eng muhimi — kichik yoshdagi bolalarni hech qachon hayvonlar bilan yolg‘iz qoldirmaslik kerak.
Agar biz itni o‘zini himoya qilgani uchun jazolasak — biz aybdorni emas, ojizni jazolayapmiz.
Bu holatda haqiqiy aybdor — beparvolik, javobsizlik va tarbiyasizlikdir.
🐾 Keling, rostgo‘y bo‘laylik.
Har doim ham it tishlashi — bu tajovuz emas. Ba’zida bu — yordam uchun yagona qichqiriq.
Manba:

♻️ “Chiqindilarsiz dunyo” — Plogging aksiyasi! 🏃🏻♂️➡️🏃🏻♀️➡️
Sanasi: 27-aprel 2025-yil
Joy: Toshkent viloyati, Parkent tumani
Aksiya "Ekolog" Jamoat birlashmasi, “Mironshox & Rahnamo Servis” MCHJ hamda "Zero Waste" MCHJ bilan hamkorlikda o'tkaziladi.
Tabiatni sevuvchi do‘stlar!
Sizni 27-aprel kuni Parkent tumanining go‘zal tabiati bag‘rida o‘tkaziladigan ekologik aksiyaga taklif qilamiz! 🌿
🔹 Aksiya nomi: “Chiqindilarsiz dunyo” Plogging
🔹 Plogging — bu nima?
Bu sport va ekologiyani birlashtirgan ajoyib tashabbus: yugurib chiqindi terish!
✅ Ishtirok etish BEPUL, ammo joylar soni cheklangan!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish shart!
🕒 So‘nggi muddat: 26-aprel, soat 15:00 gacha
🚐 Tashkiliy qulayliklar:
Toshkentdan Parkent va orqaga avtobus tashkil etiladi. 🚌
⏰Avtobus tongi soat 09:00 da Amir Temur xiyoboni oldidagi O'zbekiston mehmonxonasi oldidan harakatlanadi.
❗️Har bir ishtirokchiga qo‘lqop va chiqindi qoplari beriladi.
📞 Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998 93 570 76 01 — Temur Yusupov
+998 93 688 64 28 — Feruzbek Sayfullayev
🌍 Tabiat bizning uydir — keling, uni birgalikda asraylik!
#Plogging2025 #ChiqindilarsizDunyo #EkologAksiya