Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
357 subscribers
14.1K photos
833 videos
23 files
2.39K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
Download Telegram
Murojaatlar eʼtiborsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqda Chortoq tumani markazida faoliyat yuritayotgan shashlikxonalar atrof-muhitga zarar yetkazayotgani to‘g‘risidagi murojaat qilingan bo‘lib, Chortoq tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida asosiy faoliyati YATT shaklida aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘lgan tadbirkorlar Chortoq tuman bozorida qurilish ishlari olib borilishi sababli vaqtincha boshqa joyda faoliyat olib borishi natijasida atrof-muhitga zararli taʼsirini kamaytirish choralarini ko‘rmaganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha inspektorlar tomnidan har tadbirkorga tavsiya va ko‘rsatmalari berilib, shu kunning o‘zida barcha shashlikxonalarga dudburon (mo‘ri)lar o‘rnatildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
KONTEYNERLARGA HAM CHIQINDI JOYLASHTIRISH TARTIBI BOR

Chortoq tuman Ekologiya inspeksiyasi tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishini oldini olish va chiqindi joylashtirish tartibiga amal qilish bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.z tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar uchun maxsus konteynerga joylashtirganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to‘g‘risida" Qonuni 22-moddasida сhiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga doir talablar ko‘rsatilgan bo`lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

Shundan kelib qichib fuqaro X.Zga tibbiy chiqindilarni joylashtirish tartibiga amal qilmaganligi sababli, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasiga asosan jarima tayinlandi.

Eslatma, chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish taqiqlanadi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
Ijtimoiy tarmoq orqali Namanganga keladigan  mehmonlarni asosiy kutib oladigan aeroport ko‘chasidagi holat, bo‘yicha qilingan murojaatga munosabat.

Murojaat bo‘yicha Davlatobod tuman ekologiya bo‘limi inspektorlari o‘rganish olib bordi. O‘rganish natijasida chiqindilar 8 iyun kuni tungi vaqtda tozalab tashib ketib, muammo bartaraf etilgan maʼlum bo‘ldi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
Shahar markazida chiqindi to‘planib turganligi yuzasidan qilingan murojaatga munosabat.

Ushbu holat Namangan shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganilganda haqiqatdan ham Navoiy ko‘chasida qurilish bo‘layotgan xonadon atrofida chiqindi to‘planib qolganligi holati ko‘rildi.

“Musaffo iqlim” MCHJ tomonidan chiqindilar olinib, muammo bartaraf etildi. Ushbu hudud shu joyda faoliyat yuritayotgan fuqarolar tomonidan nazorat qilib boriladigan bo‘ldi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
Namanganda daraxtlar parvarishiga e'tibor qaratmagan mas'ullarga chora ko'rildi

Yangi Namangan tumani Ekologiya inspektorlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida korxona tashkilotlar hududlariga ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida olib borilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishda tumanning Ishonch MFY hududida joylashgan "Respublika paxtaliko‘l ftiziatriya va pulmonologiya" markaziga joriy yil bahorda ekilgan manzarali daraxtlar va buta ko‘chatlari sug‘orilmaganligi va o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlar olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada 195 tup manzarali daraxt ko‘chatlari qurib qolgan.

Shuningdek, bunday e'tiborsizlik holatlari 16-oilaviy poliklinika Sherbuloq filialida ham aniqlangan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha tashkilot mutasaddilariga MJtKning 79-modda 3-qismiga ko‘ra bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Avvalroq Namangan viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishini oldini olish va chiqindi tashlaganlarni aniqlab chora ko‘rish maqsadida hududlar kameralar o‘rnatilayotgani haqida xabarlar bergan edik.

Namangan shahrining ikkinchi joyga A.Xo‘jayev ko‘chasiga ham nazorat kamerasi o‘rnatildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar