Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi
357 subscribers
14.1K photos
833 videos
23 files
2.39K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasining rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @econam_bot
Download Telegram
Obodonlashtirish bo‘yicha zarbdor 30 kunlik

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyatining Uychi tumanidan oqib o‘tuvchi Chortoqsoy yon-atroflari, qirg‘oqlarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, soy atrofi chiqindilardan tozalanib, qirg‘oqlar begona o‘tlardan tozalandi.

Hasharda Uychi tuman Ekologiya bo‘limi, "Toza hudud" DUK, tuman irrigatsiya bo‘limi hamda obodonlashtirish ishchi-xodimlari faollik bilan ishtirok etdilar.

Obodonlashtirish ishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz

Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.

Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___

🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot

Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.

Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.

@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqarolarga chora ko‘rildi.

Yangi Namangan tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning Sherbuloq mahallasi hududida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishini oldini olish bo‘yicha profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida shu mahallada faoliyat avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shаxobchasi ishchisi bo‘lgan fuqarolar R.K va B.Alar tomonidan belgilanmagan joyga har xil turdagi maishiy chiqindilarni tashlaganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha har ikki fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-1-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima tayinlandi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar
Har bir daraxt, har bir ko‘chatning o‘z egasi bor

Yurtimizning har bir shahar va qishloqlarda, mahallalar va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltirish, obodonlashtirish, ariq-zovurlar, xiyobonlarni tozalash va daraxtlarni parvarishlash ishlari tashkil etilmoqda.

Bunday ishlar nafaqat ko‘chalar balki har bir tashkilot va korxonalarda ham davom etmoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutida ham obodonlashtirish ishlari jadal olib borildi. Oliy o‘quv yurti hududidagi bino va inshootlarning tashqi va ichki ko‘rinishi tartibga keltirilib, daraxt va ko‘chatlar oqlandi.

Ushbu tadbirda Yangi Namangan tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari ham faol ishtirok etib, daraxt va ko‘chatlarni masʼullar alohida-alohida biriktirdi. Biriktirilgan ko‘chatlar holatidan masʼullar doimiy xabardor bo‘lib, eʼtibordan chetda qoldirmay, yaxshi unib o‘sishini doimiy nazorat qilib borishadi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Obod mahalla, shubhasiz, sarishta ko‘cha va xonadondan boshlanadi Yangiqo‘rg‘on tumanida obodonlashtirish oyligi munosabati bilan "Mahalladan xonadongacha" tamoyili asosida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Ekologiya va obodonlashtirish bo‘limlari hamda "Namanganyo`ko`kalam" unitar korxonasi xodimlari hamkorligida Yangiqo‘rg‘on tumanining Radivon mahallasining ichki ko‘chalari, xonadonlar atrofi begona o‘t-o‘lanlardan tozalanib, obodonlashtirildi.

Obodonlashtirish oyligiga hamohang tarzida “Daraxtga nafas bering” tadbiri ham o‘tkazilib yo‘l chetlaridagi daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi va daraxtlar sug‘orilib, tag qismlari begona o‘simliklardan tozalanib, oqlash ishlari bajarildi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📲 Murojaatlar uchun @eko_nam_bot

🌴Bizni kuzating ⤵️
https://t.iss.one/eko_xabarlar