Edu.uz | Lotin
643 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
​​#Xalqaro_hamkorlik

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri xalqaro anjumanda nutq so‘zladi

2020 yilning 10-13 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan Shensi provinsiyasi ma’muriy markazi Sian shahrida «Ishlab chiqarishni integrasiyalash, ta’lim, tadqiqotlar va ularni amalga oshirish – Ipak Yo‘li 2020» mavzusida xalqaro konferensiya offlayn va onlayn shaklda o‘tkazildi.

Konferensiyaning ochilishida 30 dan ortiq mamlakatlardan 800 nafardan ortiq davlat va jamoat arboblari, nufuzli universitetlari rektorlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ushbu nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladi. Vazir o‘z nutqida iqtisodiyot taraqqiyotida drayver vazifasini bajaruvchi samarador innovasion loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Shu bilan birga Inomjon Majidov o‘z nutqida O‘zbekiston-Xitoy OTMlari o‘rtasida «Bir makon, bir yo‘l» formati doirasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini dasturlarini rivojlantirish, birgalikda ilmiy-innovasion laboratoriyalar, texnoparklar tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

👉 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2356

Vazirlik telegram kanaliga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston-Rossiya: professional ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichi

2020 yil 24-28 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Bugun, 25 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko boshchiligidagi delegasiya bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda professional ta’lim sohasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda muhokamalar o‘tkaziladi.

Jumladan, vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Rossiya Federasiyasining Kasb-hunar ta’limi rivojlantirish instituti (IRPO) va Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazi bitimlari imzolandi.

Unga ko‘ra, rossiyalik hamkorlar bilan professional ta’lim tizimi uchun o‘quv-me’riy hujjatlarni takomillashtirish, ish beruvchilarning talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish va wordskills standartlarini yurtimiz professional ta’lim tizimiga joriy etishda yaqindan hamkorlik qilinadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida professional ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirishga kelishib olindi.

Vazirlik telegram kanaliga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
#Xalqaro_hamkorlik |#Professional_ta'lim

🇺🇿
Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qishloq hududlarida aholi bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

▪️Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YuNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish" loyihasining amaliy ijrosi va mo‘ljallangan tadbirlarning texnik tafsilotlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
👉Batafsil
〰️
🇷🇺Обсуждая вопросы трудоустройства в сельских регионах Узбекистана с международными организациями

▪️Состоялась встреча, посвященная запуску этапа реализации проекта «Развитие навыков для трудоустройства в сельских регионах Узбекистана».
👉Подробно
〰️
🇬🇧Discussing Employability in Rural Areas of Uzbekistan with international organizations

“Skills Development for Employability in Rural Areas of Uzbekistan”
project funded by the European Union (EU) and implemented by UNESCO...
👉 read more
———
👀 Eduuz ни кузатишда давом этинг
#Xalqaro_hamkorlik

Qoʻshma taʼlim dasturi orqali yoshlarimiz ham Oʻzbekistonda, ham Vengriyada tahsil olishlari mumkin

Mamlakatimizdagi uchta oliy taʼlim muassasasi rahbarlaridan iborat delegatsiya Vengriyaning Debretsen universiteti vakillari bilan uchrashib, oʻzbek-venger qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri bilan oliy ta’limdagi masalalar muhokama qilindi
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov va Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Kuanish Yergaliyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish doirasida joriy yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston va Qozogʻiston rektorlari forumini tashkil etish taklif qilindi.

👉 Batafsil

➡️
На русском
➡️in English

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

OTM rahbarlari “Skolkovo” dasturlari asosida oʻqitiladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov “SKOLKOVO” boshqaruv maktabi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv Rossiyaning ushbu nufuzli taʼlim tashkiloti delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etildi.

➡️ Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3504

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Professional_taʼlim
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy va professional taʼlimni rivojlantirishda
xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Ayni kunlarda Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasidagi xalqarо seminar boʻlib oʻtmoqda.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston vakillari Portugaliyaning Vianu-du-Kashtelu politexnika institutida

Institutda tashkil etilgan treninglarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasida mexatronika va robototexnika bo‘yicha yangi bakalavriat dasturini ishlab chiqishning yakuniy jarayonlari muhokama qilinmoqda

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Latviya bilan sohalarni raqamlashtirish borasida
hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Latviya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi Reynis Trokshini qabul qildi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5300


Будет налажено сотрудничество с Латвией по цифровизации отраслей

Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов принял Чрезвычайного и Полномочного Посла Латвийской Республики в нашей стране Рейниса Трокша.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5300

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

BMT vakili bilan Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK) Ijrochi kotibi Olga Algayerova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi. Uchrashuvda shuningdek, vazir oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi rahbari Farhod Jumayev ishtirok etdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5293

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Vengriyaning Obuda universiteti rektoriga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvoni berildi

Bugun, shuningdek vazir Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning Obuda universiteti rektori professor Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar taʼlim va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli tadqiqotlar yoʻnalishlariga aniqlik kiritish, universitetlarning hamkorlikdagi startap dasturlarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Levente Kovachning Oʻzbekiston bilan ilmiy va oliy taʼlim sohasidagi yuqori darajadagi hamkorlik aloqalari uchun unga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvoni berildi. Diplomni institut rektori Botir Usmonov tantanali ravishda topshirdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5298

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Farg’ona politexnika institutida “Yapon tili va yapon texnologiyalarini o‘rgatishga mo’ljallangan markaz” tashkil etiladi

Kuni kecha Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi “Willtec”, “Wat consulting” va “Nippondo” kompaniyalari rahbarlari institutga tashrif buyurdi. Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara natijasida “Yapon tili va yapon texnologiyalarini o’rgatishga mo’ljallangan markaz”ni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5296

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida biotexnologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan 40 mln AQSh dollari qiymatidagi memorandum imzolandi

28-aprel kuni II Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Guangzhou Youdi Biotechnology Co., Ltd. kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. Tomonlar ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida o‘zaro anglashuvga erishdilar.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5304

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Professional ta‘limda sifatni taminlash bo‘yicha
xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda

Jumladan, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov professional ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, Shveysariya Federal texnika universiteti professori Ursula Renold bilan uchrashdi.

Unda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📹 Muloqotdan so‘ng professor U.Renold yurtimizga qilgan ilk tashrifi bo‘yicha taassurotlari, sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉
https://edu.uz/uz/news/view/5338

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM