Edu.uz | Lotin
533 subscribers
815 photos
128 videos
16 files
517 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 [email protected]
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
#E’lon

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi

2020/2021 o’quv yilida kollej va texnikumlarga o’qishga kirish istagida bo’lgan abiturientlar ishtirokida o’tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari 2020 yil 17 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Abiturientlar saralash imtihonlari natijalarini o’zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti - www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo’ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFczx0DBI6Hy5OPafg
#E'LON

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰2021/2022-o‘quv yilida akademik litseylarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek, koronvirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib, akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritilganini ma'lum qilamiz.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va paroli bilan shaxsiy kabinetiga kirgan holda 20-avgust soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘irlashlari;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklashlari;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilashi;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilashlari mumkin bo‘ladi.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'lon

Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisligiga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kirish test sinovlari 20-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta — mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida:

— to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 207,5 ball;
— mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 ball (jami 155 ball);
— chet tili fani bo‘yicha esa 2,1 ball (jami 52,5 ball) etib belgilandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

✔️ Ma’lumot uchun, 2020 yildan boshlab TDYuU magistratura mutaxassisliklariga kirish (mutaxassislik va chet tili) imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'lon

⚡️ OTMda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📌 Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#E'lon

🔰O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika ta'lim markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi.

➡️ Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida);

5–11-sinf o‘quvchilari, talabalar va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan.

📲 Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🗓 Olimpiada 21-oktabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.site.uz sayti orqali bo‘lib o‘tadi.

🏆 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tanlov
#e‘tirof

Eng yaxshi esse mualliflari aniqlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” respublika esselar tanlovi final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, 15 ta nominasiya bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

Shundan so‘ng eng hayajonli daqiqalar boshlanib, tanlov g‘oliblari e’tirof etildi.

💐 Gʻoliblarga Prezident sovg‘asi — noutbuk bilan bir qatorda 1-o‘rin 30 mln so‘m, 2-o‘rin (2 nafar) sohibalari 20 mln so‘m, 3-o‘rin (2 nafar) sohibalari 10 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.