#Vazir_hisobotidan
TAʼLIM JARAYONINI XALQARO TALABLARGA MOSLASHTIRISH
Oliy taʼlim jarayoni 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab qisman, joriy oʻquv yilidan boshlab toʻliq kredit-modul tizimiga oʻtkazildi. Asos sifatida Yevropaning ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul qilindi.
Mazkur 2 ta standart – “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalar” va “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” 2021/2022-oʻquv yili boshlanguniga qadar YUNESKO tomonidan joriy etilgan “Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) hamda “TXSK: Taʼlim va kasbiy tayyorlash sohalari” (TXSK-S 2013) asosida qayta ishlab chiqildi, tasdiqlandi va Davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Oʻquv reja va oʻquv dasturlar tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab barcha oʻquv rejalar va oʻquv dasturlar har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi.
Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTMlar tomonidan 625 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod oʻquv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Kelgusi yillarda:
➖oliy taʼlimning me’yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etiladi va buning natijasida:
mamlakat oliy taʼlim tizimi jahon taʼlim makoniga toʻliq integratsiya qilinadi;
➖xalqaro akademik va ilmiy mobillik huquqiy asosga ega boʻlib, keskin kengayadi;
➖diplomlar, akademik va ilmiy darajalar “konvertatsiyasi” uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
➖taʼlim dasturlarini xalqaro miqyosda uygʻunlashtirish imkoniyatlari kengayadi;
➖mamlakat oliy taʼlim muassasalari xalqaro reytinglarda tengma-teng ishtirok etishi imkoniyatlari yanada oshadi;
➖taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi;
➖xalqaro akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish koʻlami kengayadi;
➖qoʻshma dasturlar asosida oʻqitish imkoniyatlari kengayadi.
Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida “Kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish” boʻyicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi. Mazkur kurslarda bugungacha 222 nafar trenerlar tayyorlandi.
Oʻquv mashgʻulotlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster, Toshkent davlat iqtisodiyot hamda yuridik universitetlari bazasida olib borilmoqda. Kurslarga moderatorlar sifatida ushbu sohada yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarining tajribali mutaxassislari jalb etildi.
Professor-oʻqituvchilarning mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha malakalarini oshirish bilan bir qatorda hozirgi kunda muhim hisoblangan “Masofaviy taʼlimni tashkil etish texnologiyalari”, “Ingliz tili (beginner)”, “Ingliz tili (interrmidiate)” yoʻnalishlari boʻyicha masofaviy kurslarda oʻqish imkoniyati yaratilgan. Ayni vaqtda mazkur kurslardagi tinglovchilar soni 21 000 nafar.
2021-yilda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorlik va grant dasturlari doirasida 1345 nafar professor-oʻqituvchilar xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborildi. Ularning, 579 nafari Yevropa, 172 nafari Amerika, 82 nafari Osiyo, 512 nafari MDH mamlakatlariga yuborildi.
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2021-yilda 1793 nafar xorijlik mutaxassislar oʻquv jarayoniga jalb qilingan boʻlib, ularning 481 nafari Yevropa, 97 nafari Amerika, 263 nafari Osiyo, 952 nafari MDH mamlakatlari professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari hisoblanadi.
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Yangi_Oʻzbekiston
#Vazir
#Maqola
💬“Azaldan yaxshi kasb egasi, malakali usta el-ulus orasida qadrlangan, hurmat topgan. Demak, namunali taʼlim olgan, tajribali mutaxassisning jamiyatdagi oʻrni, nufuzi oshib boraveradi. Shuning uchun ham navbatdagi besh yillikda davlat dasturlari doirasida Oʻzbekistonda OTMlar sonini 200 taga yetkazish rejalashtirilgan. Koʻpchilikda bular faqat raqam va son haqida gapiryapti, sifat-chi, degan eʼtiroz ham tugʻilishi tabiiy hol...”.
Maqolani toʻliq oʻqish ➖https://edu.uz/uz/news/view/3466
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube