Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.28K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#yozgi_maktab

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirokidagi “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) yozgi o‘quv maktabining 2023-yilgi mashg‘ulotlari oʻtkazildi.

Besh kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlarida Koreya, Belarus, Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan hamda o‘zbekistonlik talabalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda faol ishtirok etdilar.

Guruhlar uchun turli favqulodda vaziyatlar sahnalashtirilib, ularga ushbu jarayonlarda o‘zini yo‘qotmay, tezkorlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

Yakuniy kunda zilzila oqibatida jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish holati sahnalashtirilib, 4 ta jamoa tomonidan ularga yordam ko‘rsatildi va yakunda talabalarning yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari amaliy jarayonda ko‘rsatildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Yozgi_maktab

Biotexnologiya yozgi maktabi o‘z nihoyasiga yetdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu yilgi yozgi maktabda jami 537 ta ariza kelib tushib, ulardan 121 tasi suhbat bosqichiga o’tdi. Suhbat onlayn tarzda o’tkazilib, qatnashuvchilar soni chegaralanganligi sababli baholash mezonlariga asosan 16 nafar nomzod (ulardan bir nafari xalqaro) Biotexnologiya yozgi maktabiga qabul qilindi.

Qabul qilingan talabalar uch hafta davomida biotexnologiya, molekulyar biologiya va mikrobiologiya bilan bog‘liq bo‘lgan turli texnikalarni o‘rgandilar, shuningdek, o’z loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish hamda “CAT Science Accelerator” dasturi imkoniyatlari haqida bilib olishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM