#Soʻrovnoma_natijasi
Xabaringiz bor, kanalimizda beriladigan xabarlarni Sizga maʼqul boʻlgan format va vaqtda yetkazish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazgan edik.
Unda har bir savolga 10 ming nafardan ortiq kuzatuvchilar ishtirok etib, oʻz ovozlarini berishdi.
Soʻrovnoma natijasiga koʻra, kuzatuvchilarning 62%i 16-24 yosh oraligʻidagi talabalar boʻlib, ularning aksariyati (44%) xabarlarni oʻqish ikkala yozuv (xususan 35%i lotin yozuvi)da ham qulay ekanligini hamda matn (63 %) va infografik (28 %) shaklda maʼlumot olish istagini bildirishdi.
Shuningdek, talaba hayoti (52 %) va ilm-fan (50%) yangiliklari hamda vazirlik rahbariyatining xizmat safarlari, xalqaro uchrashuvlari kabi rasmiy xabarlarni (45 %) kuzatib borishlari maʼlum boʻldi.
Shu oʻrinda, ushbu soʻrovnomada ishtirok etgan kuzatuvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Bundan keyingi faoliyatimizda Sizga maʼqul format va vaqtlarda xabarlarni berib borishga harakat qilamiz.
📌 Кирилл
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube