Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

10 foizli imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar yuzasidan

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi yuzasidan, jumladan, imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar koʻplab muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib, 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi xabar qilingan edi.

Bayonga koʻra, 10 foiz chegirma bonusi infeksiyaga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan, toʻlov shartnoma asosida oʻqiyotgan kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat va magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun beriladi.

Unutmang, emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi!
​​#Rasmiy_munosabat

“Narxoz”ning sobiq prorektori qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rasmiy munosabati

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet sahifalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bogʻliq holat boʻyicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Hattoki, ayrim elektron nashrlar avgust oyida universitet tomonidan qidiruv e’lon qilinganligini ham yozishga ulgurdi.

Vaziyatga oydinlik kiritib oʻtamiz. Nodir Fozilovich Idiyev “Asaka bank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.

N. Idiyevga qoʻyilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bogʻliq emas.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha boʻrttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qolamiz.


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha ochiqlik tamoyili asosida hamkorlik qilishga tayyor.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

OTMda xodimlar oylik ish haqidan shanbalik uchun pul mablagʻlari ushlab qolinayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ikkita OTMda xodimlarning oylik ish haqidan hashar va shanbalik uchun pul mablagʻlari ushlab qolinayotganligi mazmunida xabar keng tarqalmoqda.

Achinarlisi, ushbu xabarlardan biri oʻz tasdigʻini topdi. Bu holat, ya’ni oliy ta’lim muassasasida xodimlarning ish haqlaridan pul mablagʻlarini xodimning roziligisiz hashar yoki shanbalik uchun ushlab qolinganligi adliya organlari tomonidan aniqlandi.

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mazkur holatlarni keskin qoralaydi. Ushbu xatti-harakat qonunga zid hisoblanib, bunga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar uchun, albatta, huquqiy javobgarlik mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 164-moddasiga koʻra, xodimning yozma roziligi boʻlmay turib, uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin boʻlgan holatlar ham sanab oʻtilgan boʻlib, ular orasida hashar yoki shanbalik koʻzda tutilmagan.

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Bunday rozilik boʻlmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

Shunday ekan, hurmatli oliy ta’lim muassasalari va filiallar professor-oʻqituvchilari hamda xodimlar ish haqingizdan pul oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik sizning mutlaq ixtiyoringizda. Sizning roziligingizsiz ish haqingizdan hech kimning foydalanishga mutlaqo haqqi yoʻq.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

Internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan

Bugun internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari tomonidan talaba-qizni zo‘rlashga urinilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Hozirda mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha jinoyatda gumonlanuvchi universitet masʼul xodimiga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Shuningdek, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va masʼullariga nisbatan ham qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba-qizlarning shaʼni va nomusiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va, albatta, bu kabi holatlarga qarshi qatʼiy kurashadi.

Tez orada bunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan maxsus portal yaratiladi hamda ishga tushiriladi.

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha obyektiv tafsilotlar qo‘shimcha tarzda maʼlum qilinadi.

〰️〰️〰️

Касательно информации, распространенной в Интернет-сайтах и социальных сетях

Сегодня в Интернете и социальных сетях распространилась информация о том, что заместитель декана Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами попытался посягнуть на достоинство студентки.

В настоящее время ведется тщательное изучение и расследование инцидента правоохранительными органами в сотрудничестве с Министерством высшего и среднего специального образования.

По итогам расследования в отношении подозреваемого в преступлении сотрудника университета будут приняты меры в соответствии с законодательством. А в отношении руководства и должностных лиц университета, допустивших этот инцидент, будут приняты жесткие организационные и дисциплинарные меры.

Министерство высшего и среднего специального образования решительно осуждает любые действия, направленные против чести и достоинства студенток и категорически борется против подобных действий.

В целях оперативного обращения в случае аналогичных инцидентов и предотвращения их возникновения в ближайшее время будет создан специальный портал.

По итогам расследования будут предоставлены объективные детали процесса.
#Rasmiy_munosabat

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda 11-fevral kuni oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari bilan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov tomonidan bildirilgan ayrim fikrlar turlicha talqin qilinmoqda.

Vazirlik oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga berilgan topshiriq mazmuni aslida qanday ekanini quyidagicha izohlaydi.

Batafsil➡️ https://www.edu.uz/uz/news/view/5121

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Rost24 internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Bilim va malakalarni baholash agentligi Rost24 internet nashrida e’lon qilingan “Magistratura uchun Milliy sertifikat tizimi o‘zini oqlayaptimi?” sarlavhali maqolada keltirilgan fikrlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

👉 https://t.iss.one/BaholashUz/5755

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan o‘zlashtirilmagan fanlardan kreditlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan

Xabar berilganidek, ushbu masalani o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Fuqarolar murojaatini o‘rganish to‘g‘risida” 2023-yil 25-iyuldagi buyrug‘i asosida tuzilgan vazirlik mas’ullaridan iborat ishchi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashgan holda vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra hamda talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar arizasiga muvofiq quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor talabalarga bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda qayta imtihon topshirish istagini bildirgan talabalarga 10-avgustdan boshlab tegishli fanlardan imtihonlar tashkil etiladi, grafiklar alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, qayta o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 25-avgustga qadar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlariga mos ravishda belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng fanlarni qayta o‘qishlari mumkin.

Shuningdek, talabalarga istisno tariqasida 2023-yil 15-sentabrga qadar akademik qarzdor bo‘lgan fanidan mustaqil bilimini oshirib, so‘ng to‘lovlarsiz qayta imtihon topshirishga ruxsat beriladi.

Qayta imtihonlar natijasi yuzasidan appelyatsiya komissiyasiga murojaat etish mumkin.

Qayta topshirish imtihonlaridan o‘ta olmagan talabalar belgilangan tartibda GPA (Grade Point Average – ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati) ko‘rsatkichlari asosida kursdan-kursga qoldiriladi. Bunda talabalarni kursdan-kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichi 2022/2023-o‘quv yili uchun va undan keyin 2,4 ball etib belgilandi.

Qayta imtihonlarni tashkil etish, natijalarni e’lon qilish hamda apellyatsiya jarayonlarini tashkil etish tegishliligi bo‘yicha institutlar dekanatlari va fakultetlar dekanlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda, qayta imtihonlar tegishli fakultet va dekanatlar tomonidan yetakchi oliygohlardan jalb etilgan xolis ekspertlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor bo‘lgan talabalarning qayta o‘qish uchun to‘lagan to‘lovlari arizaga muvofiq, keyingi o‘quv yili kontrakt summasiga qo‘shiladi yoki qayta topshirishdan keyin o‘zlashtira olmagan fan kreditlariga mos ravishda hisoblanadi. Davlat granti asosida o‘qiydigan hamda o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabaning qarzdor fanlariga qayta o‘qish uchun to‘langan to‘lovi talabalar safidan chiqarilganda yoki universitetni tamomlaganda tegishli tartibda hisob-kitob qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat universitetida yuzaga kelgan holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Talabalarning e’tiroz va shikoyatlari vazirlikning 1006 ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

O‘zbekiston Milliy universiteti prorektoriga murojaatchi ayol bilan bog‘liq vaziyatga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, universitet prorektori bilan ro‘y bergan ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror chiqarish yuzasidan tegishli organ tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat to‘liq o‘rganilib, holatga huquqiy baho berilguniga qadar videoda aks etgan prorektor o‘z vazifasidan vaqtinchalik chetlatildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni bo‘yicha
rasmiy munosabat

Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi.

Shuningdek, vazirlik har qanday moliyaviy harakatlar yoki manfaatlar poymol etilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar qabul qilishga va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildiradi. Barcha murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rilib, qonuniy manfaatlar himoya qilinishi ta’minlanadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/31606

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram