Edu.uz
136K subscribers
25.6K photos
5.33K videos
242 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
#qabul2024 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

▪️ Jami: 1 949 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

kunduzgi1 280 ta;
sirtqi521 ta;
kechki92 ta;
masofaviy56 ta.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👏21
#qabul2024 #sirtqi #5_yil_staj_talabi

⚡️Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔸 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔸 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍399😱4
#qabul2024

Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida qabul davom etmoqda


Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali bakalavr yo‘nalishlari:

Bakalavriat (kunduzgi):
- 35.03.08 – Suv bioresurslari va akvakultura;
- 19.03.03 – Oziq-ovqat texnologiyasi ;
- 05.03.06 – Ekologiya va tabiatdan foydalanish;
- 38.03.01 – Iqtisodiyot.


Bakalavriat (sirtqi):
- 35.03.08 – Suv bioresurslari va akvakultura;
- 19.03.03 – Oziq-ovqat texnologiyasi ;
- 05.03.06 – Ekologiya va tabiatdan foydalanish.

Bakalavriat (kechki):
- 38.03.01 – Iqtisodiyot.

Batafsil: https://astu.uz

🎓 Darslar toʻliq rus tilida olib boriladi. Bitiruvchilar xalqaro tan olingan Rossiya diplomini qoʻlga kiritadilar.

✔️ xalqaro tan olinadigan Rossiya nufuzli diplomi;
✔️ “Work and Travel” dasturlari;
✔️ ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot bilan integratsiya;
✔️ 40% grant oʻrin.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 19-avgustga qadar offlayn va onlayn tarzda amalga oshiriladi.

👉🏻 Kontrakt narxlari
👉🏻 Kirish imtihonlari

📞 ☝️ Qoʼshimcha maʼlumot uchun:
🌐 Batafsil ma'lumot:
astu.uz
📞 +998 55 5030127, +998 33 7161818


📍 Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍38🔥32🎉2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #qabul2024 #ikkinchi_bosqich

❗️2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash10-avgustga qadar davom etadi.

Bunda abituriyentlar “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shuningdek, beshtagacha OTM ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydilar.

Batafsil: 👉https://t.iss.one/eduuz/24732
📹 Videoyo‘riqnoma (HD formatda)

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍341
Audio
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

⚡️2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi

01:35 Saytda o‘tgan yildagi mandat natijalari ko‘rsatiladimi?

04:50 Davlat granti ulushi nima?

08:29 Abituriyentlarga nima sababdan ogohlantirish, eslatma kelmoqda?

10:20 Oliy ta’lim muassasalarini tanlash yakunlangandan keyin, ya’ni 10-avgustdan keyin har bir yo‘nalishni qancha abituriyent tanlagani e’lon qilinadimi?

11:18 Akademik litseylarning mandati qachon chiqadi?

13:00 Grant va kontraktda o‘tish ballari turli oliygohlar kesimida turlicha aniqlanadimi yoki umumiy ballar kesimidami?

15:10 Nega faqat fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar chiqyapti?

17:25 Ichki ishlar vazirligi xodimlarining farzandlariga 5 foizli qabul kvotalari tasdiqlandi, kunduzgi, sirtqiga topshirsa bo‘ladi deb aytildi. Agar birinchi yo‘nalishni sirtqi tanlasa to‘lov-kontrakt bo‘lib qolmaydimi? Yoki kontrakt uchun ham alohida kvota chiqadimi?

20:51 Nega jismoniy madaniyat bo‘yicha sirtqi yo‘nalishga topshirib bo‘lmayapti?

28:20 65 ball olganlar o‘qishga kiradimi?

31:39 Xotin-qizlarning 4 foizli kvotasini olgan abituriyentlar davlat-grant ustuvorligini tanlay olmaydimi?

35:40 Maqsadli kvota nima?

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍581👏1🤔1
#qabul2024 #dayjest

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti


my.uzbmb.uz platformasida OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma;

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti👇

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI;

SIRTQI;

KECHKI;

MASOFAVIY;

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

🔸 MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Maktab ta’limi;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun;

♦️IMTIYOZLI KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

Xotin-qizlar uchun;

🔹MAGISTRATURA KVOTA;

Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

OTMning davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti;

2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari;

Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar;

Sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍417
#ovozli_chat #qabul2024

🎙 Oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat boshlandi

Mavzuga doir savollarga Bilimni baholash agentligi ma’sullari tomonidan batafsil javob berishmoqda.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Chat havolasi: 👉https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1😁1
Audio
#Ovozli_chat #OTM_tanlash #qabul2024  

9-avgust kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan quyidagi savollarga javoblar berildi.


03:12 Tanlov yakunlangandan so‘ng, mandat qachon e’lon qilinadi?

05:24 Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota beriladimi?

07:26 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha qachon imtihon o‘tkaziladi va ruxsatnoma e’lon qilinadi?

09:08 Harbiy imtiyoz orqali grantga o‘qishga kirgan abituriyent granti to‘rt yilga amal qiladimi?

11:30 Yo‘nalish tanlash yakunlanganda so‘ng, o‘zimiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha nechinchi o‘rinda turishimizni aniqlay olamizmi?

14:00 Tanlov ustuvorligi nima?

16:59 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida savollar mazmuni qanday tartibda bo‘ladi?

18:50 Xotin-qizlarga beriladigan 4 foizli kvota haqida ma’lumot?

20:26 4 foizli kvota qancha ball qo‘shadi va hamma universitetlarga o‘tadimi?

24:30 56.7 balldan kam to‘plagan abituriyent ham tanlovda ishtirok etadimi?

25:02 Maqsadli grant kvotalari umumiy kvotalardan tashqari hisoblanadimi?

33:05 Apellatsiya tartibi qanday bo‘ladi?

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍315🔥2👏1🎉1
#qabul2024 #Abituriyent

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!


❗️Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏43🔥2
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik

⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi

🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍303🔥1
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍99😱24😁1514🤔9
#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍265🔥3
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.


Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍526
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍293
#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.


Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍342🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #TSTga_marhamat

⚡️Mutaxassislik fanlari matematika va chet tili bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!


🎓Siz Toshkent soliq texnikumida o‘qishingiz mumkin. Texnikumni a’lo baholarga tamomlaganlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni 2-bosqichdan davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Buning uchun 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali Toshkent soliq texnikumini tanlang!

Texnikumda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
🔹Soliqlar va soliqqa tortish;
🔸Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔸Moliya va moliyaviy texnologiyalar.

📖Ta’lim berish davlat granti hamda tо‘lov-kontrakt asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
▫️kunduzgi – 2 yil;
▫️sirtqi – 2 yil 6 oy.

Batafsil ma’lumot bu yerda👈

☎️Murojaat uchun telefonlar:
(71) 274-42-69,
(94) 414-95-51,
(97) 443-16-96.

📍Manzil: Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍397🤔2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #texnikum #TISTga_marhamat

⚡️OTMga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar diqqatiga!


🎓Siz imtihonda to‘plagan balingiz bilan Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida o‘qishingiz mumkin. Texnikumni a’lo baholarga tamomlaganlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni 2-bosqichdan davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Buning uchun 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali TOSHKENT IQTISODIYOT VA SANOAT TEXNIKUMIni tanlang!

Texnikumda quyidagi mutaxassisliklar mavjud:
🔹 Buxgalteriya hisobi va audit (kunduzgi, sirtqi);
🔸 Moliya (kunduzgi, sirtqi);
🔹 Dasturiy injiniring (kunduzgi);
🔸 Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (kunduzgi);
🔹 Maktabgacha ta’lim (sirtqi);
🔸 Kompyuter injiniring (sirtqi);
🔹 Geologiya va neft-gaz konlarini qidirish (sirtqi);
🔸 Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish (sirtqi).

Batafsil ma’lumot olish uchun bizga bog‘laning:
📞 71-258-46-22
📞 71-258-06-59
📞 97-722-42-36
📞 97-735-36-83

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍264🔥2👏1
#mandat #magistratura #qabul2024

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda


2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3215😱4😁2🔥1
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3
#qabul2024

⚡️Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma:Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7813😁9🎉2🔥1