Edu.uz
149K subscribers
20.8K photos
4.47K videos
234 files
12.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
September 11, 2021
#Rasmiy_munosabat

10 foizli imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar yuzasidan

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi yuzasidan, jumladan, imtiyoz joriy oʻquv yilida oʻqishga kirganlarga taalluqli emasligi haqidagi asossiz xabarlar koʻplab muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib, 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi xabar qilingan edi.

Bayonga koʻra, 10 foiz chegirma bonusi infeksiyaga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan, toʻlov shartnoma asosida oʻqiyotgan kunduzgi ta’lim shakli bakalavriat va magistraturaning barcha bosqich talabalari uchun beriladi.

Unutmang, emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi!
September 11, 2021
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
September 11, 2021
September 11, 2021
#Foydali

Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta'lim muassasalarida “Tyutor” lavozimi kiritildi.

Kundalik ta’lim leksikonimizga “tyutor” tushunchasi kirib kelar ekan, uning mazmuni nimadan iborat ekanligi barchani, jumladan talaba-yoshlarni ham qiziqtiradi.

Shu bois, “tyutor” tushunchasi toʻgʻrisida Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ma’lumot berdi.
September 11, 2021
September 11, 2021
September 12, 2021
September 12, 2021
🇺🇿QOSHMA TA'LIM DASTURI TALABALARI O‘QISHINI XORIJDA DAVOM ETTIRMOQDALAR

Andijon davlat universiteti hamda Rossiyaning Mordoviya milliy tadqiqotlar universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta'lim dasturi talabalari Rossiya Federatsiyasida o‘qishini 3-bosqichdan davom ettirmoqdalar.

👉🏻Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/1604

🇷🇺СТУДЕНТЫ ПРОГРАММЫ СОВМЕСТНОГО ОБУЧЕНИЯ ПРОДОЛЖАЮТ ОБУЧЕНИЕ ЗА РУБЕЖОМ

Студенты Андижанского государственного университета и Мордовского национального исследовательского университета продолжают обучение в Российской Федерации с 3-го курса.

👉🏻Подробно: https://adu.uz/ru/news/article/1604

🇬🇧COMBINED EDUCATION STUDENTS CONTINUE STUDY ABROAD

Students of the joint educational program of Andijan State University and the National Research University of Mordovia of Russia continue their studies in the Russian Federation from the 3rd stage.

👉🏻Read more: https://adu.uz/en/news/article/1604

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 12, 2021
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
September 12, 2021
September 12, 2021
​​#double_degree

Samarqand davlat chet tillar instituti abituriyentlarni qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqishga taklif qiladi

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat bosqichi uchun 4 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021-2022-oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 13-sentabridan 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:

Bakalavriat uchun

➡️ Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

➡️ Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari ham 30 nafarni tashkil etadi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

➡️ Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.

❗️Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni qabul boshlangach, institutning “Axborot xizmati” telegram kanali orqali jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

📞 Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +998933562802, +998662382980, +998662382936, +998662382932, +998662382946
_
Kanalga ulaning:
👉 https://t.iss.one/eduuz
September 12, 2021
September 12, 2021
September 12, 2021