Edu.uz
158K subscribers
20.1K photos
4.34K videos
234 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

❗️Oʻqishni koʻchirish mavzusida ovozli chat

Bugun, 5-sentabr kuni soat 20:00 dan boshlab huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev kanali orqali Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov bilan ovozli chat tashkil qilinmoqda.

Chat davomida quyidagi mavzular haqida suhbatlashiladi:

— Xorijiy OTMdan Oʻzbekistonga oʻqishini koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi bir davlat OTMdan boshqasiga oʻqishni koʻchirish;

— Oʻzbekistondagi nodavlat OTMdan davlat OTMga oʻqishni koʻchirish;

— ichki «perevod»lar;

— taʼlim shaklini oʻzgartirish (kunduzgidan sirtqiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.);

— oʻqishni koʻchirishdagi toʻlovlar, kontrakt narxlari va boshqa shu mavzuga oid savollar.

Bosh boshqarma boshligʻi A.Xoliqovga ovozli chat davomida bevosita savol yoki taklif bermoqchi boʻlsangiz, Xushnudbek.uz kanalida fikringizni yozib qoldiring.

👉 @xushnudbek 👈
#Ochiq_muloqot

Vazir oʻrinbosari va doktorantlar: ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv

🔰Oʻzbekiston milliy universitetida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Raximjon Xakimovning mazkur universitet doktorantlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

➡️Uchrashuvda oliy ta’lim muassasasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining joriy holati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasasining doktorantlari oʻz fikr-mulohazalarini ochiq bayon etishdi va mavjud muammolar haqida toʻxtalib, oʻz takliflarini bildirishdi.

Vazir oʻrinbosari R.Xakimov respublikamizda kechayotgan ijobiy oʻzgarishlar, hukumat tomonidan ilm-fan, yosh olimlar va ularning faoliyatiga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari masalalari yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.

Batafsil 👈

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Ochiq_yigʻilish

🗓 Koʻp sonli ota-ona va talabalarning taklifiga binoan bugun, 13-noyabr kuni, soat 15:30 da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bagʻishlangan yigʻilish va seminar-trening jarayonini Vazirlikning YouTube videoxostingi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrishingiz mumkin.


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Grant #bugundan #platforma #ochiq

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2022-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlarning onlayn qabuli boshlandi

📩 Onlayn hujjat topshirish platformasiga bugun, 2022-yil 10-yanvardan boshlab maʼlumot yuklashingiz mumkin 👉 https://admission.eyuf.uz/

🔚 Hujjatlarni qabul qilish 10-fevralga qadar davom etadi.

📌 Foydali manbalar: 👇🏻

📜 Hujjatlar roʻyxati;
📔 Qoʻllanma;
👨🏻‍💻 Video qoʻllanma;
🧮 Sohalar kesimida ajratilgan oʻrinlar;
Batafsil.

👉 @elyurtumidifoundation

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ochiq_muloqot

Vazir bilan uchrashuv

Bugun Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ham bo‘ldi.

Vazir universitet rahbari Chidem Turkyilmaz hamrohligida dastlab professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida jamoaning takliflarini, xohish istaklarini tingladi.

Shundan so‘ng, universitet talabalari bilan suhbat qurib, ularning yashash-sharoitlari, ilmiy va ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlari bilan tanishdi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5325



Встреча с министром

Сегодня министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абрахмонов посетил Самаркандский государственный архитектурно-строительный университет (САМГАСУ).

В сопровождении ректора университета Чидем Туркилмаз министр встретился с профессорами и преподавателями. В ходе встречи он выслушал предложения и пожелания коллектива. Министр поставил перед руководством соответствующие задачи для улучшения позиций вуза в местных и международных рейтингах.

Затем И.Абдурахмонов побеседовал со студентами СамГАСИ и ознакомился с условиями жизни студентов, достижениями в научной и социальной сферах.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5325

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM