Edu.uz
156K subscribers
20.3K photos
4.37K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Murojaat

Farzandini xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalar diqqatiga!

Soʻnggi vaqtlarda respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga topshirib, kirolmagan farzandini keyingi yil Oʻzbekistonga “perevod” qilish ilinjida (yoki oʻzi) xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalar koʻp uchramoqda.

Maʼlumki, joriy yil 15-iyuldan boshlab talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha bir qator yangi tartiblar joriy qilindi, jumladan, endilikda oʻqishini xorijiy mamlakatlardan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmasligi hamda mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlarga koʻchirishda esa Davlat test markazi tomonidan test va oliy taʼlim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi belgilandi.

Shuningdek, keyingi yillardan boshlab test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy oʻquv yilida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻtish ballariga mos ravishda tenglashtirilishi koʻzda tutilmoqda.

Shu oʻrinda, Hukumatimiz tomonidan yoshlarning, xususan, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarning oliy taʼlim olish va bandligini taʼminlash uchun bir qator imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida qayd etish lozim.

Xususan, soʻnggi 5 yilda oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish boʻyicha xorijiy OTM bilan hamkorlikda 58 ta respublika oliygohlarida ikki tomonlama davlat namunasidagi diplomlar berish koʻzda tutilgan qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etildi.

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlarining bir qator afzalliklari mavjud boʻlib, jumladan:

✔️ ishonchliligi (yaʼni, mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari davlat OTM bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilganligi);

✔️ talabalar oʻquv jarayonining bir qismini xorijiy OTMda amalga oshirishi;

✔️ dars mashgʻulotlarining xorijiy malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilishi;

✔️ bitiruvchilarning 2 ta, xususan, respublika va xorijda tan olinadigan diplomga ega boʻlishlari;

✔️ taʼlim jarayoni xorijiy OTM tomonidan tayyorlangan oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv materiallari asosida olib borilishi;

✔️ shuningdek, kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarining mavjudligini alohida koʻrsatib oʻtish lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hamda farzandini xorijga oʻqishga yubormoqchi boʻlgan ota-onalarga murojaat qilib, yurtimizda mavjud OTM bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan qoʻshma taʼlim dasturlarida oliy taʼlim olishlarini tavsiya etadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Murojaat

Aziz abituriyentlar va hurmatli ota-onalar!

Maʼlumki 12—17-noyabr kunlari 2021/2022-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga oʻqishga kirishda saralash test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mazkur kirish imtihonlarini adolatli, shaffof oʻtkazilishi, zaruriyat tugʻilganda fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish, noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishni maqsad qilgan.

Shu bois, Siz, kollej va texnikumlarga oʻqishga kirishda saralash test sinovlari jarayonlari, unda belgilangan talablarga zid holatlarga guvoh boʻlsangiz yoki test jarayonlarini tashkil etish boʻyicha shart-sharoitlardan norozi boʻlsangiz, hech ikkilanmay @testprof_2021_bot'i yoki vazirlik “Call markazi”ning (71) 230-64-64 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Murojaat

❗️TALABALAR VA ULARNING YAQINLARI DIQQATIGA!!!

Ma’lumki, joriy oʻquv yili uchun belgilangan qishki ta’til davri 24-yanvarga qadar uzaytirildi. Shu bilan bir qatorda talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib berilmoqda.

Ammo ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali vokzallardagi temiryoʻl kassalarida katta navbatlar yuzaga kelgani va bu esa temiryoʻl kassalarida chipta sotuvida ayrim noqulayliklar keltirib chiqarayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Shu sababli talabalar va ularning yaqinlariga murojaat qilmoqchimiz!

Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham, 11-yanvargacha boʻlgan davrga xarid qilingan avia va temiryoʻl chiptalarini bepul tarzda almashtirib berish muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirilganini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

Shunday ekan, aziz talabalar, hurmatli ota-onalar 24-yanvarga qadar zaxirangizda qariyb 17 kun bor.

Barcha talabalarning 11-yanvargacha boʻlgan davrga xarid qilingan temiryoʻl chiptalari toʻliq bepul tarzda almashtirib beriladi. Ehtiyojdan kelib chiqib, qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar qatnovi ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, siz chiptalarni joylardagi (shahar, tuman) temiryoʻl kassalaridan ham almashtirish imkoniga egasiz.

Shularni hisobga olgan holda, sizdan chipta kassalarida uzoq navbatlarda turib, vaqtingizni behudaga sarflamasligingizni soʻraymiz.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Elektr energiyasini tejang!

“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, joriy yilning 17—22-iyul kunlari O‘zbekiston hududida havo harorati keskin ko‘tarilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimdagi barcha tashkilotlar rahbarlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni sovutish qurilmalaridan oqilona foydalanish, zarur bo‘lmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish, energiya resurslarini barcha iste’molchilarga barqaror yetib borilishiga munosib hissa qo‘shishga chaqiradi.

📹 Видеоролик Энергетика вазирлиги томонидан тайёрланган

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM