Edu.uz
160K subscribers
19.9K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Saylov_2021
#Maqola

Saylovda adolat tamoyillarini taʼminlash eng ustuvor vazifa

Saylov tamoyillarining eng muhim mezonlari bor. Umumiy tenglik, erkinlik, ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanishi shular jumlasidan. Binobarin, saylovlar jamiyat hayotidagi tarixiy voqelik hisoblanib, saylovchilar oʻzi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish orqali mamlakat taqdiriga daxldor jarayonda bevosita ishtirok etadi.

Farg'ona politexnika instituti rektori,
O'ktam Salomov
#Saylov_2021

Saylovga oid savollaringiz bormi?

Unday boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasining 12-00 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Xorijdagi fuqarolar uchun: (+998) 55-500-12-00

〰️〰️〰️

У вас есть вопросы, связанные с выборами?

Тогда позвоните на короткий номер Центральной избирательной комиссии 12-00.

Для граждан, пребывающих за рубежом: (+998) 55-500-12-00

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2021

Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Yoshlarda saylovga boʻlgan munosabatni shakllantirish hamda ularning mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar» tanlovi oʻtkazildi.

Bugun gʻoliblarni taqdirlash marosimi poytaxtimizning “Ashxobod sayilgohi"da boʻlib oʻtdi. Unda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Raximjon Xakimov ishtirok etib, tanlov gʻoliblarini taqdirladi va ularning keyingi ilmiy faoliyatlariga omadlar tiladi.

– Bu kabi tanlovlar talaba-yoshlarning saylovga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol boʻlishga chaqiradi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3059

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

🔰Poytaxtimizning “Ashxobod sayilgohi"da boʻlib oʻtgan «Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar» tanlovi gʻoliblarni taqdirlash marosimidan videolavha.

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

“Ashxobod sayilgohi”da boʻlib oʻtgan Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi “O‘zbekiston 24” telekanalida.

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Saylov_2021_tanlov

⚡️"SAYLOV BILIMDONI": 3-BOSQICHGA O‘TGAN TALABALAR DIQQATIGA!

💡Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalar uchun Saylov bilimdoni” onlayn test tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning 2-bosqichi ham o‘z yakuniga yetdi. Mazkur bosqichda 300 nafar talaba eng ko‘p ball to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

➡️2-bosqichda ishtirok etgan talabalar oʻzlarining shaxsiy identifikatsiya raqamlari (SHIR) orqali sb.bimm.uz tizimiga kirib, 3-bosqichga oʻtgan yoki oʻtmaganliklarini bilib olishlari mumkin.

‼️ESLATMA:

🗓 Tanlovning 3-bosqichi 19-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari 1 nafar 1-o‘rin sohibi noutbuk, 2 nafar 2-o‘rin sohibi planshet, 3 nafar 3-o‘rin sohibi smartfon sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Saylov_2021

YOSHLARNI BIR MANZILGA JAMLAGAN FORUM

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida "Yoshlar forumi" bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida Toshkent shahridan tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Forum avvalida so‘z olganlar tomonidan saylov komissiyalari faoliyati, saylov qonunchiligi, siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtiroki xususida so‘z bordi.

Tadbir davomida targ‘ibotchilar guruhi tomonidan qiziqarli savollar asosida turli viktorinalar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Batafsil 👇
#Saylov_2021

DEMOKRATIK SAYLOVLARDA YOSHLAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA BARCHAMIZ MAS'ULMIZ

Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayoti, farovonligi va demokratik taraqqiyotida eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, porloq kelajagi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3063

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Saylov_2021

Prezidentlik saylovi – mamlakat ertasini belgilovchi muhim jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi – muhim ijtimoiy-siyosiy voqealardan biri bo‘lib, u nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasining yaqin va uzoq muddatli istiqbolda yanada barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Avazjon Marahimov, Termiz davlat universiteti rektori

Batafsil 👇
#PRESS_KLUB
#SAYLOV_2021

«Saylovlar – demokratiya ko‘zgusi va kelajak poydevori» mavzusida TATU press-klubi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tenologiyalari universiteti press-klubining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya «Saylovlar – demokratiya ko‘zgusi va kelajak poydevori» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ekspert-spikerlar sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Joldasova Shaxnoza, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti qo‘mitasi raisi Azizbek Ochilboyev, Yoshlar parlamenti matbuot kotibi Muxlisa Mamajonova hamda universitet rektori Baxtiyor Maxkamov ishtirok etdi.

♻️ Suhbat davomida Yoshlar parlamentining roli va vazifasi, yurtimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati va Prezidentlik sayloviga doir fikr-mulohazalar yuritilib, talabalarga huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada boyitish yuzasidan maʼlumot berildi.

👉Batafsil

👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

Tarix yo‘llaridan mardona bosib,
Ne-ne to‘siqlaru, dovonlar oshib,
Yetdik dorulamon kunlarga ey, do‘st,
Qalbimning qaridan chiqmoqda bir so‘z.
Elim, elboshingni sen o‘zing tanla,
Qadring baland endi, yurtboshing sayla…
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida joylashagan 14-Toshkent shahar saylov okrugiga qarovchi 520-uchastka saylov komissiyasida bo‘ldi va bu yerdagi jarayon bilan tanishdi. Shuninigdek, universitet talabalari bilan suhbatda bo‘lib, ularning saylov qonunchiligiga doir savollariga tushuntirishlar berdi.
〰️〰️〰️
Председатель Центральной избирательной комиссии Зайниддин Низамходжаев посетил 520-избирательный участок 14-го Ташкентского городского округа, расположенный в Университете журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана. Он также провел беседу со студентами университета и ответил на их вопросы, связанные с выборами.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

"Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostidagi Yoshlar forumi Qashqadaryoda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

⚡️Isteʼdodli talaba va yoshlar tomonidan muhim siyosiy jarayonga ajoyib chorlov

O‘z kelajagingiz uchun ovoz bering!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

Talabalar saylovda qatnashish uchun doimiy yashash manziliga borishi kerakmi?

Bugun.uz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumotlariga tayanib, tushuntirish berdi

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube