#XALQ_YURAGI
ZOKIRJON XOLMUHAMMAD OʻGʻLI FURQAT HAQIDA HUJJATLI FILM NAMOYISHI BOʻLIB OʻTDI
📽 Adiblar xiyobonida joriy yilning 6-sentabridan har kuni “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “XALQ YURAGI” abadiyatga aylangan adabiyot turkum hujjatli filmlar premyerasi oʻtkazilmoqda.
🎞 Kuni kecha Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqatning hayot ijodiga bagʻishlangan “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda...” film namoyishi boʻlib oʻtdi.
Ushbu film Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda Kinematografiya Agentligi bilan hamkorlikda tasvirga olingan.
🎙 — Furqat yaqin tarixda yashab oʻtgan boʻlsa-da, u bilan bogʻliq maʼlumotlarning koʻpi ochiqlanmagan, — deydi ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov. — Ssenariyni yozishda biroz qiyinchiliklarga duch keldik, ammo adabiyotshunoslar, tarixchilar fikrlari va maqolalariga tayanib, kartina uchun kerakli maʼlumotlarni jamladik. Oʻylaymanki, Furqat shaxsini toʻlaqonli ochib bera oldik.
👉 Batafsil
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉https://t.iss.one/eduuz👈