Edu.uz
158K subscribers
20.2K photos
4.34K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Qabul_2021

2021/2022-oʻquv yiliga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida oʻtish bali nechchi boʻldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

📌 Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
__
👉 @eduuz
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi bitiruvchilarining 95%i talaba boʻldi

▪️2020—2021-oʻquv yilida litseyni bitirgan 217 nafar oʻquvchilardan 206 nafari (95 foizi) oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirgan.

👨‍🎓👩‍🎓Talaba boʻlganlarning 113 nafari davlat granti asosida, 93 nafari esa shartnoma asosida oʻqishga kirishgan.
______
Bizdan yiroqlashmang:
👉 https://t.iss.one/eduuz
#Qabul_2021

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent xalqaro ta’lim universitetida (TIUE) 2021–2022-oʻquv yiliga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Yoʻnalishlar:

Biznes boshqaruvi (ingliz/rus tili);

Axborot texnologiyalari (ingliz/rus tili);

Ta’lim va oʻquv jarayonlarini boshqarish (ingliz/rus tili).

————
⚡️Вниманию абитуриентов!

Ташкентский международный университет образования (TIUE) продолжает приём документов для 2021/2022 учебного года.

Направления:

Бизнес менеджмент (русский/английский);

Информационные технологии (русский/английский);

Управление образованием и учебными процессами (русский/английский).

——
📞 Telefon: (+998) 55 500 2021
🌐 Web-site: www.tiue.uz
📱 Telegram: https://t.iss.one/tiue_uz
📱 Instagram: @tiue_uz
📱 Facebook: @tiue.uz
___
Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

Toshkent davlat texnika universiteti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2 formatida oʻqishga taklif etadi

▪️Bugungi kunda Toshkent davlat texnika universiteti chet elning 7 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 19 ta taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.

🔸2021/2022-oʻquv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 26-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

🔘Bakalavriat uchun:

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish”, “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Energiya mashinasozligi”;

➡️ Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)”, “Biotexnologiya”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Moskva energetika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr energetikasi”;

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Texnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati, mashina va apparatlari)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xoʻjaligi texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz ishi (faoliyat turlari boʻyicha)”;

➡️ Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)”.

🔘 Magistratura uchun:

➡️ Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yer usti transport vositalari va tizimlari” (transport turlari boʻyicha);

➡️ Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)”;

➡️ Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlarini qidiruv razvedka ishlarining geofizik usullari”;

➡️ Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr taʼminot (tarmoqlar boʻyicha)”, “Muqobil energiya manbalari”.

Batafsil maʼlumot:

📞 Telefon: 71 207-54-00, +998 97 438 88 80, 90 371-32-20
🌐 Sayt: www.sop.tdtu.uz
📱 Telegram: @sop_tgtu
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 | #Qoʻshma_dastur

📢 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Belarus Respublikasining Mogilyov davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga (kunduzgi) qabul boshlanganligini e’lon qiladi.

🔰Aziz abituriyentlar, siz quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin:

Rus tili va adabiyoti;
Boshlang‘ich ta’lim;
Maktabgacha ta’lim;
Biologiya;
Defektologiya (Maxsus pedagogika);
Pedagogika va psixologiya (magistratura bosqichi);

📢 Совместно с Чирчикским государственным педагогическим институтом Ташкентской области, Республики Узбекистан и Могилевским государственным университетом Республики Беларусь объявляется параметры и показатели приема на двухдипломную совместную образовательскую программу на 2021/2022 учебный год.

🔰Уважаемые абитуриенты, Вы можете сдать документы по следующими направлениями и специальностями:

Русский язык и литература;
Начальное образование;
Дошкольное образование;
Биология;
Дефектология (специальная педагогика);
Педагогика и психология (магистратура);

📞Batafsil maʼlumot uchun: | Подробно по телефону:

+99897 782-00-76
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ABITURIYENTLARNI QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIDA OʻQISHGA TAKLIF QILADI

🔰Hozirda Urganch davlat universitetida bakalavriat bosqichi uchun 3 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 5 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021—2022-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 15-sentabridan 5-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi.

📚BAKALAVRIAT UCHUN:

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 2+2;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 50 nafar: 2+2;

➡️ Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2

🎓MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:

➡️ Altay davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 6 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bank ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

➡️ Mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 1+1;

➡️ Belorusiya davlat texnologik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1;

❗️Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning Matbuot xizmati (@URDU_PRESSA) telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlariga quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin: https://qtd.urdu.uz

Zarur hujjatlar:

1.
Passportning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);

2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi 6 ta rasmi (PDF shaklda);

3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ilovasi bilan (PDF shaklda).

📞 Batafsil maʼlumot uchun Call-markaz telefon raqamlari:

+99862 224-66-04, +99862 224-66-18, +99862 224-66-19, +99862 224-66-35
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (TATU-BDIRU) abituriyentlarni qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetiga 2+2 dasturi bo‘yicha to‘lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilmoqda.

👨🏻‍💻Hujjatlarni qabul qilish ONLINE (butun kun davomida) amalga oshiriladi.
_____
⚡️Совместный факультет информационных технологий Ташкентского университета информационных технологий и Белорусского Государственного университета информатики и радиоэлектроники (СФИТ ТУИТ-БГУИР) проводит набор абитуриентов для обучения на платно-контрактной основе по схеме 2+2 по образовательным программам бакалавриата.

👨🏻‍💻Прием документов ведется в режиме ОНЛАЙН (круглосуточно).

👉 Batafsil: | Подробно:

📞Telefon: 71 238-65-01, 71 235-04-53
📱Telegram: https://t.iss.one/pksf2021
🌐 Web-site: https://abitur.tuit.uz/
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qo'shma ta'lim dasturlari 2021-2022.pdf
1.1 MB
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

2021/2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklanmoqda (faylni oching👆).

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Bunda:

bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi).

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

🌐 Termiz davlat universiteti qoʻshma dasturi asosida talaba boʻling!

🇷🇺🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining Vladimir davlat universiteti bilan mavjud hamkorlik doirasida

🏛 Bakalavriat bosqichida quyidagi yoʻnalishlarda tahsil olishingiz mumkin:

- turizm;
- filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili.

🎓 Oʻqishning birinchi 2 yili TerDUda, qolgan 2 yili Vladimir davlat universitetida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2021-yil 1-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📂Talab qilinadigan hujjatlar:

- pasport nusxasi (PDF formatida);
- attestat yoki diplom nusxasi (ilovalari bilan birga, PDF formatida);
- oʻzingiz va maqsadlaringiz haqida rus tilida tayyorlangan 1 daqiqalik video-tanishtiruv.

📩 Roʻyxatdan oʻtish 👈

⚠️ Imtihonlar rus tilida boʻlib oʻtadi.

❗️Qoʻshma dastur asosida tahsil oladigan talabalarga stipendiya toʻlanmaydi.

📱Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+99891 910-96-96
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021|#Double_degree

⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2+2, 2+3 hamda 1+1 formatida oʻqishga taklif etadi

🔸 Bugungi kunda Toshkent arxitektura-qurilish instituti chet elning 5 ta nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 8 ta taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan.

🔹 2021/2022-oʻquv yilida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlandi.

🗓 Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021-yilning 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

📌 Abituriyentlar quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

👉 BAKALAVRIAT UCHUN:

➡️ Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)”, “Iqtisodiyot (qurilish)”, “Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)”;

➡️ Moskva arxitektura instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo‘yicha)”;

➡️ Kazan davlat arxitektura-qurilish universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish”.

👉 MAGISTRATURA UCHUN:

➡️ Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”;

➡️ Polshaning Belostok texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bino va muhandislik inshootlari konstruksiyalari”, “Atrof-muhit muhandisligi (suv ta’minoti va kanalizatsiya)”.

Murojaat uchun:
+998 97 477-00-46, +99898 308-09-50
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube