Edu.uz
137K subscribers
25.6K photos
5.34K videos
244 files
13.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tabrik_OAV

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-baraka tilaymiz.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda barchangizga yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍22🔥154👏1🤔1
#tabrik

Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!

1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maʼrifat yoʻlida, kelajak avlodni bilimli qilib tarbiyalash maqsadida shijoatli mehnati bilan yurt rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklayman!

Mashaqqatli faoliyatingiz quvonch va yutuqlarga boy boʻlsin, shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari bilan Sizlarni hamisha quvontirib yurishsin, ilm-fanning eng yuqori choʻqqilarini zabt etishsin!

Ustozlar, Sizga sogʻlik-salomatlik, ijodiy koʻtarinkilik, ishlaringizda omad tilayman!

Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri



Уважаемые учителя, дорогие наставники!

По случаю Дня учителя и наставника, поздравляю всех учителей, которые вносят вклад в развитие страны своим трудом на пути просвещения и воспитания будущего поколения!

Пусть ваш нелегкий труд будет наполнен радостью и достижениями, а ученики всегда радуют своими успехами и покоряют самые высокие вершины науки!

Дорогие наставники, желаю вам крепкого здоровья, творчества и успехов в работе.

Иброхим Абдурахмонов,
министр высшего образования, науки и инноваций



Dear teachers, dear mentors!

On the occasion of Teacher and Mentor Day, I congratulate all teachers who contribute to the development of the country with their work on the path of enlightenment and education of the future generation!

May your hard work be filled with joy and achievements, and may your students always delight you with their successes and conquer the highest peaks of science!

Dear mentors, I wish you good health, creativity and success in your work.

Ibrokhim Abdurakhmonov,
Minister of Higher Education, Science and Innovation

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍658👏3🔥1
#tabrik

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2 nafar talabasi Xalqaro malay tili notiqlik sanʼati tanlovida g‘olib bo‘ldi

Malayziyada o‘tkazilgan Xalqaro malay tili notiqlik san’ati tanlovida universitet talabalari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi natijalarga erishildi:

🥇1-o‘rin – O‘tkurova Gulzoda (5000$)

🥈2-o‘rin – Akramova Sarvinoz (4000$)

Talabalarini erishgan yutuqlari bilan qutlaymiz!

___

2 студента Ташкентского государственного института востоковедения стали победителями Международного конкурса выступлений на малайском языке

Студенты университета достойно защитили честь нашей страны на Международном конкурсе в Малайзии. По окончательным итогам достигнуты следующие результаты:

🥇1 место – Уткурова Гульзода ($5000)

🥈2 место – Акрамова Сарвиноз ($4000)

Поздравляем студентов с победой!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍112🎉25👏10🔥61
#tabrik

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik qiluvchi nufuzli xalqaro tashkilot vakillari tabrik yo‘lladi.

Jahon banki eksperti Kendrik D. Vayt hamda UNECE konsultanti Anastasiya Pankova xalqimizga samimiy tilaklarini bildirishdi.
___

Представители международных организаций, сотрудничающих с Министерством высшего образования, науки и инноваций, направили свои поздравления по случаю 8 декабря - Дня Конституции Республики Узбекистан.

Эксперт Всемирного банка Kendrick D. White и консультант ЕЭК ООН Анастасия Панкова выразили искренние пожелания нашему народу.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍16
#tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

___
Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍475🔥1😁1
#Tabrik

Qadrli vatandoshlar!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻz hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʻ va oliyjanob ishga bagʻishlagan jasur harbiylarni, shu bilan birga, Vatan himoyasi hamda yurt ravnaqi uchun birdek javobgar mard, mehnatsevar, jasoratli, shijoatli, ziyoli, irodali, sadoqatli, adolatli va oilaparvar har bir yurtdoshimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍354🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Vatan himoyasi qalb va yurak xohishi ila ado etiladigan burchdir. Bosib o‘tgan tariximizda mard, jasur, chinakam vatanparvar qahramonlarimiz juda ko‘p va ularning har biri biz uchun iftixordir. Hozirda Vatan sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrayotganlar esa bugunning qahramonlaridir.

Baxtiyor Xolmirzayevning «Vatan himoyasi» she’rini Namangan davlat universiteti talabalari o‘qidilar.

Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍3910🔥4🥰3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿 Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni!

Andijon davlat pedagogika instituti talabalarining bayram tabrigi

___

Наша национальная армия – надежная защита Нового Узбекистана!

Поздравление от студентов Андижанского государственного педагогического института

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍31🔥65👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

💐“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Shahrisabz davlat pedagogika instituti xotin-qizlarining bayram tabrigi

___

Поздравление от студенток Шахрисабзского государственного педагогического университета в связи с Днём защитников родины.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍158
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐Oliy ta’lim tizimida ishlayotgan olima ayollarimiz, talaba-qizlarimizni nafosat bayrami bilan tabriklayman, oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishingizda kuch-quvvat, omad tilayman, - vazir Q.Sharipov


📹 8-mart bayramiga rahbarlardan eksklyuziv tabriklar

#tabrik #Sinchalak_vlog

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍307
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #tabrik #9-may

Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida taʼzim qilamiz. Urushda, mehnat frontida ishtirok etgan moʻtabar faxriylarimiz oldida cheksiz qarzdormiz.
___
Склоняем голову перед памятью наших отцов и дедов, внесших огромный вклад в великую Победу, которым не довелось увидеть нынешние светлые дни. Мы в неоплатном долгу перед ветеранами войны и трудового фронта.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍21🔥4
#tabrik

Bitiruvchi yoshlarimizga
tabrik

Qadrli o‘quvchi-yoshlar!
So‘nggi qo‘ng‘iroq...
Oldinda esa imtihonlar, sinovlar va katta hayot! Tez orada sizning umr daftaringizning yangi sahifasi ochiladi – kasb egallash yo‘lida sizni yurtimizning oliygohlari, professional ta’lim maskanlari kutmoqda. Har biringiz o‘z orzungizdagi kasbni egallab, Vatanimiz, oilangiz va yaqinlaringiz koriga yaraydigan inson bo‘lib yetishasiz. Mutaxassis sifatida yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun mehnat qilib, qadr topishingizga ishonaman.

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish niyatida bo‘lgan yoshlarga sinovlar o‘tgan yilgidan o‘zgacha bo‘ladi. Bir qarashda murakkabroq – o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 ball etib belgilanadi. Shu bilan birga, sinovlar yanada adolatli bo‘ladi – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati beriladi. Bu yuqori ball olgan abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek, grantda o‘qish imkoniyatini kengaytiradi. Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyentlar esa test sinovlari natijasiga ko‘ra texnikum yoki kasb-hunar maktablariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu fursatdan foydalanib, sizlarni tarbiya qilgan, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlagan ota-ona va yaqinlaringizga, bilim va tarbiya bergan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman.

Aziz yoshlar, katta hayot oldida turarkansiz, endi ulg‘ayganingizni, mas’uliyatni ham boshqacha his qilayotganingiz aniq. Orzularingizga, o‘z kuchingizga ishoning, yangi marralar sari intiling, oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishishda kuch va g‘ayrat hamisha sizga yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz bunyodkorlari sizlarsiz!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍52👏85🎉4🔥2
#tabrik

Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!

Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda.

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi.

Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi:
— akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi;
— iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi;
— har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi;
— 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi;
— soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza;
— bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi;
— iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Aziz bitiruvchilar!


Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin!
Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir.

Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz.

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍7010😁3🎉3🔥2
#tabrik

Prezident 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi


Президент направил свои поздравления работников отрасли с 27 июня – Днем работников печати и средств массовой информации

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍39😁84😱4🔥3