Edu.uz
152K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#InnoWeek_2023

Endi oʻzbek startap kompaniyalari Eron bozoriga ham kiradi

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining toʻrtinchi kuni doirasida Oʻzbekiston va Eron fan hamda texnologiyalar sohasida hamkorlik guruhi birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar boʻyicha vitse-prezidenti Ruhulloh Dehqoni Feruzobodiy hamraislik qildilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6068

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ayni paytda “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida tashkil etilgan ilmiy va innovatsion, muhandislik-texnologiyalari yo‘nalishlaridagi tanlovlar g‘oliblarini hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

👉Onlayn translyatsiya: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1
____
Началась церемония награждения победителей научных, инновационных, технологических конкурсов и обладателей нагрудного знака «Лидер инновационных идей», организованная в рамках международной недели инновационных идей InnoWeek.uz-2023.

👉Онлайн трансляция
: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1
____

The award ceremony for the winners of scientific, innovative, technological competitions and holders of the “Leader of Innovative Ideas” badge, organized as part of the international week of innovative ideas InnoWeek.uz-2023, has begun.

👉Online broadcast: https://www.youtube.com/live/O6yvK-j7_7M?si=9OT3dB7hY4hLblP1

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

Oʻzbekiston-Eron: taʼlim, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichiga qadam
____

Узбекистан-Иран: шаг к новому этапу сотрудничества в сфере образования, науки и технологий
____

Uzbekistan-Iran: a step towards a new stage of cooperation in the field of education, science and technology

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#UNWTO
#forum

Global ta’lim forumi: Samarqandda turizm kelajagini shakllantirish bo‘yicha ta’lim strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi to‘rtinchi kunining muhim voqealaridan biri Global ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, jumladan, 30 dan ortiq davlatdan 1 200 dan ortiq xorijiy va milliy mutaxassis va ekspertlar qatori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Forumda turizm sanoati kelajagini shakllantirishda ta’lim dasturlarining strategiyasi va roli, shuningdek, bu boradagi maqsadlar, qarashlar va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Forum yakunida turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy va professional ta’lim muassasalari tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 ga yaqin memorandum imzolandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6072

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Yoshlar akademiyasi Assambleyasining ilk sammiti boʻlib oʻtdi

Tadbirda oliy taʼlim muassasalarining 64 nafar, Yoshlar akademiyasi hududlaridan 13 nafar va akademiya platformalarining 4 nafar liderlari ishtirok etdi. Sammit ishini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib, Yoshlar akademiyasi tashkil etilish tarixi va hozirgi kunda akademiyaning oldiga qoʻygan asosiy vazifalari va unga aʼzo yoshlardan kutilayotgan natijalar nimadan iboratligi haqida gapirdi.

Yoshlar akademiyasi Assambleyasi aʼzolarining asosiy vazifasi oʻz atrofidagi barcha yoshlarni eshitish, iqtidorli yoshlarni topish va ularning ovozini butun Oʻzbekistonga eshittirish hisoblanadi, – dedi vazir.

Mazkur Assambleya Yoshlar akademiyasining turli darajalardagi liderlaridan iborat boʻlib, akademiyaning jamoatchilik asosida shakllangan organi hisoblanadi. Yoshlar akademiyasi liderlarining asosiy vazifalari oliy taʼlim muassasalari va hududlarda akademiya faoliyatini targʻib qilish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy-innovatsion sohaga keng jalb qilish hamda, ularning loyihalari va tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.

Tadbir yakunida assambleya aʼzolari vazir bilan birgalikda 2030-yilgacha qo‘yilgan ulkan maqsadlarni “orzular kapsulasi”ga joylashtirishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube