Edu.uz
152K subscribers
20.6K photos
4.43K videos
234 files
12.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#InnoWeek_2023

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Jahon bankining “MUNIS” loyihasini amalga oshirish. Joriy faoliyat va kelajakdagi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi bo’lib o’tdi.

Unda ekspertlar tomonidan ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish mexanizmlari, xususan, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqot sifatining xalqaro standartlariga erishishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhokamalar o’tkazildi.

Panel sessiyada ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (BIRD) bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tadbirda 150 dan ortiq ilmiy va biznes hamjamiyat vakillari, xalqaro ekspertlar, vakolatli davlat organlari va manfaatdor tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023
#memorandum

OTM o’qituvchilarining malakasini oshirishda Xitoy bilan hamkorlik yo’lga qo’yiladi

“Innoweek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazlari, xorijiy mamlakatlar otmlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda 10 dan ortiq pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘zlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini taqdim etishdi.

Uchrashuv doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Xi'an Jiaotong University (XXR) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko’ra, tomonlar oʻzaro tajriba almashish, qoʻshma malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, onlayn darslar oʻtish, qoʻshma loyihalar ustida ishlash va pedagoglarning stajirovkalarini tashkil etish yo’lga qo’yiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Turli tanlov g‘oliblari va “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohiblari taqdirlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi tomonidan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida yoshlarni ilmiy-innovatsion faoliyat sohasiga keng qamrab olish maqsadida o‘ndan ortiq tadbirlar tashkil etildi.

Bugun haftalik davomida o‘tkazilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovi, ko‘rgazmadagi eng ilg‘or loyihalar g‘oliblari, shuningdek tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yig‘ilgan yoshlarni ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etib, tanlov g‘oliblari hamda “Innovatsion g‘oya yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirladi.

Aytish joizki, joriy yil respublika miqyosida 504 ta loyihalar ko‘rib chiqilib, yakunida Respublika komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzod “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibi deb topildi.

👉2023-yil “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohiblari;
👉“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovi g‘oliblari;
👉Ko‘rgazmadagi eng ilg‘or loyihalar g‘oliblari;
👉Faol ishtiroki uchun taqdirlanganlar.

💾 FOTOGALERIYA

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining uchinchi kunidan
____

Третий день международной недели инновационных идей «InnoWeek-2023»
____

From the third day of the international week of innovative ideas “InnoWeek-2023”

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023 #LIVE

Ayni vaqtda “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalari direktorlari” forumi o‘z ishini boshladi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar, innovatsion tumanlardagi professional ta’lim muassasalar rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etmoqda. Forum davomida kreativ ta’lim sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashinib, xorijiy va mahalliy ekspertlar ma’ruzasi tinglanadi.

▶️https://youtube.com/live/fiTgMWC6H2Y?feature=share
____

В рамках международной недели инновационных идей «InnoWeek-2023» начал свою работу форум «Директоров профессиональных образовательных учреждений инновационных районов».

В нем принимают участие зарубежные и отечественные эксперты, руководители профессиональных образовательных учреждений инновационных районов, представители промышленности. В ходе форума состоится обмен опытом развития сферы творческого образования, а также лекции зарубежных и отечественных экспертов.

▶️
https://youtube.com/live/fiTgMWC6H2Y?feature=share
____

Within the framework of the international week of innovative ideas “InnoWeek-2023” the forum “Directors of professional educational institutions of innovative districts” has started its work.

It is attended by foreign and domestic experts, heads of professional educational institutions of innovative districts, and industry representatives. During the forum there will be an exchange of experience in the development of the sphere of creative education, as well as lectures by foreign and domestic experts.

▶️
https://youtube.com/live/fiTgMWC6H2Y?feature=share

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Edu.uz
#milliy_reyting Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari: ◀️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti ◀️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ◀️Namangan muhandislik-texnologiya instituti ◀️Buxoro davlat…
#milliy_reyting
#rag‘bat

Milliy reytingda yuqori 5 talikdan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalari rag‘batlantirildi
____

Поощрены вузы, вошедшие в топ-5 национального рейтинга
____

Higher education institutions ranked in the top 5 of the national ranking were rewarded

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube