Edu.uz
134K subscribers
25.2K photos
5.23K videos
240 files
13.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Ishonch Tel.: 1006 (2)

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/eduuzofficial
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
#DOKTORANTURA_2021

Doktoranturaga kirish istagidagilar diqqatiga!!!

⚡️ Joriy yilda
doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi

📝 Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an’anaviy (oflayn) tarzda boʻlib oʻtadi.

🎥 Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.

⛔️ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
〰️〰️〰️〰️
#FAQ

Bir tayanch doktorant oʻz yoʻnalishidan boshqa yoʻnalishga «perevod» qilishi mumkinmi?

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka toʻgʻri kelmaganligi sababli koʻchirish mumkin emas.
〰️〰️〰️〰️
Mustaqil tadqiqotchi boʻlgan izlanuvchi tayanch doktoranturaga oʻqishga topshirishi mumkinmi?

Normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi toʻgʻrisida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.
〰️〰️〰️〰️
Stajyor tadqiqotchilikda oʻqiyman. Ilmiy maqolalarim, ilmiy ishim ancha oldinlagan. Doktoranturaga kirishga menda imtiyoz bormi?

Stajyor tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda oʻqigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
#Doktorantura

Hurmatli olim-mutaxassislar va ilmiy izlanuvchilar!

❗️
Doktorantura tizimini takomillashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimiga oid takliflarni maxsus elektron pochta orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.

👨🏻‍💻 Agar sizda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar boʻlsa, quyidagi elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin:

👉 [email protected]

📋 Yuborilgan takliflar Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqiladi va takliflar asosida doktorantura tizimi takomillashtiriladi.

☝️Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

👉 Eduuz
DOKTORANTURA_2022.pdf
7 MB
#Doktorantura_2022

DIQQAT! MUHIM XABAR!!

🔰 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari aniq boʻldi.

🗓 Ilova orqali OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

📽 Shuningdek, imtihon jarayonlarini ilovada keltirilgan manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Doktorantura_2022

Endi imtihonlarni onlayn kuzatish yanada osonlashdi

🔰 Xabaringiz bor 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda imtihon jarayonlari oʻtkazilmoqda.

🔹Mazkur imtihon jarayonlarini ZOOM platformasidagi manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan edi.

📽 Endilikda imtihonlar shaffof va jamoatchilik nazoratida oʻtishini taʼminlash maqsadida, jarayonlar uzluksiz tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugun 14 ta OTMda imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#doktorantura

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube