Edu.uz
160K subscribers
20K photos
4.29K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-AQSH: oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi doirasida AQSH Davlat departamenti vakillari hamda Amerikaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Devid Xennik bilan uchrashdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6056

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Eron Islom Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va bilimga asoslangan iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti Ruxolloh Dehqoni Feruzabadi boshchiligidagi delegatsiya Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirli hamrohligida Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6057

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#innoweek2023

“InnoWeek 2023” innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi ikkinchi kuni

Haftalik doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada “Ilm-fan va tijoratlashtirish loyihalari”, “Yoshlar akademiyasi”, “Startap loyihalar”, “Kreativ ta’lim” va “Xorijiy davlatlar” stendlarida 150 ga yaqin tashkilotlar 200 dan ziyod innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
____

Второй день выставки инновационной продукции «InnoWeek 2023»

На выставке, организованной в рамках Недели, на стендах «Научные и проекты коммерциализации», «Академия молодежи», «Стартап проекты», «Креативное образование» и «Зарубежные страны» представлены более 200 инновационных продуктов от около 150 организаций.
____

The second day of the exhibition of innovative products "InnoWeek 2023"

More than 200 innovative products from about 150 organizations are presented at the stands "Scientific and Commercialization Projects", "Youth Academy", "Startup Projects", "Creative Education" and "Foreign Countries".

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

Prezident tashabbusi amalda

“InnoWeek-2023” haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-oktyabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan MDH davlat rahbarlari kengashining majlisidagi nutqida bildirilgan tashabbuslari asosida MDH davlatlari yosh olimlarining “Yoshlar innovatsiya tarafdori” shoiri ostidagi birinchi kongressi tashkil etildi.

Unda MDH tashkilotiga a’zo Ozarbayjon, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda O‘zbekiston, shuningdek, kuzatuvchi Turkmaniston davlatlaridagi innovatsiya sohasiga mas’ul vazirliklarning yoshlar innovatsiyasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi yosh liderlari ishtirok etishdi.

Kongress ishtirokchilari “Yoshlar innovatsiya tarafdori” mavzusidagi davra suhbati hamda “Yoshlar, kreativ ta’lim va innovatsiya” mavzusidagi panel sessiyasi davomida o‘zaro fikr almashdilar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Kongress yakunlari bo‘yicha tomonlar dekloratsiya imzoladilar hamda turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladilar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023
#KunYakuni

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining ikkinchi kuni

Bugun haftalik doirasida 15 ga yaqin tadbir o‘tkazilib, ularda 70 dan ortiq xorijlik ekspert, 100 dan ziyod tashkilot va idoralar vakillari hamda yosh olimlar ishtirok etdi.
____

Второй день международной недели инновационных идей «InnoWeek-2023»

Сегодня в рамках недели проведены 15 мероприятий, в них приняли участие свыше 70 зарубежных экспертов, представители более 100 организаций и ведомств, а также молодые учёные.
____

The second day of the international week of innovative ideas “InnoWeek-2023”

Today, 15 events have been held during the week, attended by more than 70 foreign experts, representatives of more than 100 organizations and agencies, as well as young scientists.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#doktorantura

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023

Ayni damda “InnoWeek-2023” innovatsion haftalik doirasida oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalariga ko‘ra milliy reytingni e’lon qilish va yuqori o‘rin olgan tashkilotlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib, reytinglarni baholash jarayonlari shaffof kechgani, unda ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari faoliyati holis o‘rganilganini alohida taʼkidladi.

Tadbirni jonli tomosha qilish: https://youtube.com/live/LYBmD3pNiV4?feature=share

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023
#LIVE

Ayni damda, shuningdek “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion  gʻoyalar xaftaligi doirasida “Barqaror rivojlanish  uchun innovatsiyalar va texnologiyalar” mavzusidagi SPESA ishchi guruhining toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur xalqaro tadbir – SPECA (SPECIAL PROGRAMME FOR THE ECONOMIES OF CENTRAL ASIA) mamlakatlari barqaror rivojlanishi uchun innovatsion siyosatni ishlab chiqish, maqsadli innovatsiyalarni amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlik qilish hamda sifatli va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtiborini tortgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda 6 tadan ziyod  mamlakatdan 50 dan ortiq yirik tadbirkorlar, ekspertlar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etishmoqda.

Tadbirni jonli tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=42idR_gVziA
____

Четвертое заседание рабочей группы SPECA «Инновации и технологии для устойчивого развития» проходит в рамках международной недели инновационных идей «InnoWeek-2023».

Данное международное мероприятие проводится в целях разработки инновационной политики устойчивого развития стран, регионального сотрудничества в реализации целевых инноваций, а также поддержки их качества и устойчивого развития.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023
#Milliy_reyting

Bu yil 118 ta ilmiy tashkilot tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatiga oid taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlar asosida 27 ta yo‘nalishda 75 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi. Shuningdek, tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingi ishlab chiqildi.

Reytingning yuqori 10 taligidan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar quyidagilar:

1-o‘rin – Botanika instituti
2-o‘rin – Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
3-o‘rin – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
4-o‘rin – O‘simlik moddalari kimyosi instituti
5-o‘rin – Yadro fizikasi instituti
6-o‘rin – Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
7-o‘rin – Ilg‘or texnologiyalar markazi
8-o‘rin – Zoologiya instituti
9-o‘rin – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
10-o‘rin – H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti

Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.

To‘liq ro‘yxat
👉 bu yerda

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#InnoWeek_2023
#Milliy_reyting

Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube