#Forum
#Education_USA
“Education USA” dasturining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda
Bugundan poytaxtimizda AQSh universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi o‘z ishini boshladi.
Ushbu dasturning asosiy maqsadi AQSh universitetlarida tahsil olish uchun xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilishga qaratilgan. Forumda AQSh Davlat departamenti va 50 dan ortiq Amerika universitetlari vakillari, xususan, xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbarlari va xodimlari, marketing va chet el fuqarolarini AQSh universitetlarida o‘qishga jalb qilish bo‘yicha masʼullar hamda AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Bangladesh, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Nepal, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston kabi jami 10 ta Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan “Education USA” dasturi vakillari qatnashmoqda.
Forumning ochilish tadbirida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etib, qatnashchilarni samimiy qutladi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6048
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube