Edu.uz
161K subscribers
19.9K photos
4.28K videos
233 files
12.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Oxunov Isroiljon Islomovich Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Isroil Oxunov 1982-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

U 2005-yilda Qoʻqon davlat pedagogika institutining bakalavriat bosqichi, 2007-yilda shu institutning magistraturasini tamomlagan. Kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

U mehnat faoliyatini 2007-yilda Fanlar akademiyasi O’simlik moddalari kimyosi instituti stajyor-tadqiqotchisi sifatida boshlab, mazkur ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi, shuningdek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti kafedra katta oʻqituvchisi, Dang’ara ko’p tarmoqli texnikum direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Qoʻqon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh talabalar bilan uchrashdi

20-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida bo‘ldi.

Dastavval, S.Buzrukxonov sportchi-talabalarning yashash sharoiti, turar joyidagi muammolari bilan qiziqib, ular bilan samimiy suhbat qildi. Uchrashuv davomida ijarada yashayotgan talabalar uchun berilgan yengillik, kelgusida qayta ta’mirlanishi rejalashtirilgan filialning zamonaviy o‘quv binosi va talabalar turar joyi haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari filialning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda kelgusi yili rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan filial o‘quv binosi, axborot-resurs markazi, sport majmuasi, AKT xonalari va talabalar turar joyi loyihalari bilan tanishib, qurilish reglamenti bilan bog‘liq tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Ergashov Ilhomjon Ikromovich Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Ergashov 1980-yil Andijon viloyatida tugʻilgan.

U 2002-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutining bakalavriat bosqichi, 2004-yilda shu muassasaning magistraturasini tamomlagan. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U mehnat faoliyatini 2004-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti sifatida boshlab, Toshkent moliya instituti kafedra assistenti, dekan o‘rinbosari, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali kafedra assistenti kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti “Ijtimoiy iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat olib borgan.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#rektor_kubogi
#talabalar_ligasi

Qarshi davlat universitetida “Talabalar ligasi” doirasida sportning futbol, voleybol, mini-futbol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari universitet bosqichi boshlandi.

В Каршинском государственном университете стартовал университетский этап соревнований по футболу, волейболу, мини-футболу, баскетболу, настольному теннису и шахматам в рамках «Студенческой лиги» на «Кубок ректора».

Karshi State University has begun the university stage of contests in football, volleyball, mini-football, basketball, table tennis, and chess as part of the "Student League" for the "Rector's Cup".

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ProfTa’lim
#Qabul_2023

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi

📆 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26–29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#O'zbekiston24

“Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya



Regional conference on “Enhancing higher educational development in Central Asia”



Международная конференция “Региональное сотрудничество в образовании в Центральной Азии”

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Yotoqxona_qurilishi

Talabalar turar joylarini qurish ishlari qanday ketmoqda?

Talabalar uchun turar joy barpo etish boʻyicha 7 ta muhim fakt!

1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra, 2026-yilga qadar respublika boʻyicha 100 ming oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi quriladi.

2. Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 oʻrinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

3. Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 oʻrinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda:
55 tasi (24 621 oʻrinli ) davlat-xususiy sheriklik;
30 tasi (14 012 oʻrinli) oliygoh va byudjet mablagʻlari, investitsiya dasturi asosida.

4. Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming oʻrinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o‘tgan 9 oy davomida jami 9 014 oʻrinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Shundan:
11 tasi (4 942 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
10 tasi (4 072 oʻrinli) oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.

5. Yil yakuniga qadar yana 9 469 oʻrinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:

12 tasi (5 429 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
5 tasi (2 400 oʻrinli) oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari;
3 tasi (1 640 oʻrinli) investitsiya dasturi asosida.

6. Hozirda 25 569 oʻrinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.

7. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 117 646 oʻrinni tashkil etadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_kongressi #TMI

Toshkent moliya institutida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi

Bugun, 22-sentabr kuni Toshkent moliya institutida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida hamda yangi 2023/2024-o‘quv yili boshlangani munosabati bilan “Ota-onalar kongressi” tashkil etildi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#ERASMUSPLUS

O‘zbekiston vakillari Italiyaning Turin politexnika universitetida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “INMACOM: Oʻzbekistondagi telekommunikatsiyalar mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun fotonika va optik aloqalar boʻyicha innovatsion magistrlik dasturi” loyihasi ijrochilarining navbatdagi uchrashuvi va maxsus trening joriy yilning 18–22-sentabr kunlari Italiyaning Turin politexnika universitetida o‘tkazildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5901

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube