Edu.uz
158K subscribers
20.2K photos
4.34K videos
234 files
12.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#ilmiy_laboratoriyalar

Hududlardagi ilmiy laboratoriyalar boʻyicha maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritilmoqda

Joriy yilning 18-21-sentabr kunlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi masʼul xodimlari Samarqand (11ta), Buxoro (9ta), Navoiy (12ta) viloyatlarining oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida amaliy xizmat safari bilan bo‘lishdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5883

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligida xalqaro konferensiya boshlanish arafasida
___
В Министерстве высшего образования, науки и инноваций скоро стартует международная конференция
___
An international conference will start soon at the Ministry of Higher Education, Science and Innovation

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

Ayni vaqtda oliy ta‘lim sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi. Tadbir Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ta‘lim hamda fan vazirlari, vazir o‘rinbosarlari, Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlari rektorlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, oliy ta‘lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
___
В Ташкенте стартовала конференция высокого уровня, содействующая развитию диалога и сотрудничеству между странами Центральной Азии в сфере высшего образования. Мероприятие организовано Всемирным банком в сотрудничестве с Министерством высшего образования, науки и инноваций Узбекистана.

В конференции лично и путем дистанционного подключения принимают участие министры и заместители министров образования и науки Казахстана, Кыргызской Республики, Таджикистана и Узбекистана, представители других государственных органов из этих стран, ректоры ведущих университетов Центральной Азии, представители международных организаций, а также региональные и международные эксперты в сфере высшего образования.
___
A high-level conference to foster dialogue and cooperation between Central Asian countries in higher education, co-organized by the World Bank and the Ministry of Higher Education, Science, and Innovation of Uzbekistan kicked off today in Tashkent.

A regional conference "Enhancing higher education development through regional cooperation in Central Asia.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

Tadbirni Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi taʼlim boʻyicha global amaliyot rahbari Rita Almeyda ochib berdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko‘plab islohotlar qatorida oliy ta‘lim sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgani, bugunga kelib, bu yangilanish oliy ta‘limning dinamik o‘sishidan dalolat ekani ta‘kidlandi.

Keyingi o‘n yillikda oliy o‘quv yurtlari va talabalar soni salmoqli darajada oshdi. Bugungi kunda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda 1,8 millionga yaqin talabalarga ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi 430 dan ortiq oliy ta‘lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bosqichma-bosqich ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish, texnologiyalarni transfer qilish hamda xususiy oliy o‘quv yurtlarining faoliyati uchun sharoit yaratish orqali milliy oliy ta‘lim tizimlarini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirdi.

Hozirgi vaqtda mintaqa ta‘lim jarayonlarini internatsionallashtirish strategiyasiga amal qilmoqda.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

Keyingi yillarda sohada yuqori o‘sish dinamikasiga qaramay Markaziy Osiyodagi oliy ta‘lim tizimlari mintaqa mamlakatlari o‘rtasida yaqinroq hamkorlik qilish orqali hal qilinishi mumkin bo‘lgan turli masalalarga duch kelmoqda. Ular orasida mahalliy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatining nisbatan pastligi, ularning yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi, kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan talabalar orasida oliy ta‘lim olish imkoniyati cheklanganligi, mehnat bozorining bugungi va kelajakdagi talablariga javob bermaydigan eskirgan ta‘lim dasturlari va infratuzilmasi kabi muammolar mavjud.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqotlar samaradorligining global ko‘rsatkichlari bo‘yicha ortda qolmoqda. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, ular tadqiqotlarni moliyalashtirish bo‘yicha dunyoda eng past o‘rinlarni egallaydi, bu YaIMning atigi 0,12 foizini tashkil qiladi. Natijada, mintaqadagi universitetlar yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqish jarayonidan sezilarli darajada chetda qolmoqda.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, oliy ta‘lim tizimlarining mintaqaviy integratsiyasi ushbu muammolarni hal qilishdagi samarali vositadir. Shuningdek, u iqtisodiyotning boshqa barcha sohalarida uzoq muddatli o‘sish uchun imkoniyatlar ochadi. Mintaqadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va resurslarni birlashtirish Markaziy Osiyoda oliy ta‘lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

Qozog‘iston oliy ta’lim va fan vaziri Nurbek Sayasat, Qirg‘iziston oliy ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Abazbek Rasul, Tojikiston oliy ta’lim va fan vaziri Hamro Rahim oxirgi yillarda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va xalqaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida ma’ruza qilishdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining oliy ta‘lim tizimlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
___
Министр высшего образования и науки Казахстана Нурбек Саясат, заместитель министра высшего образования и науки Кыргызстана Абазбек Расул, министр высшего образования и науки Таджикистана Хамро Рахим обсудили реформы проводимых в последние годы преобразованиях и работе по международному сотрудничеству в сфере высшего образования. Были высказаны предложения по дальнейшему укреплению тесного сотрудничества между системами высшего образования стран Центральной Азии.
___
Minister of higher education and science of Kazakhstan Nurbek Sayasat, Deputy Minister of Higher Education and science of Kyrgyzstan Abazbek Rasul, Minister of Higher Education and science of Tajikistan Hamro Rahim have lectured on reforms, change and international cooperation in higher education in recent years. Proposals were made to further strengthen the close cooperation between the higher education systems of Central Asian countries.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_anjuman

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘z ma’ruzasida bugun mamlakatimizda oliy ta’limning barcha uchun tengligi va uning ochiqligini ta’minlash, yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, ta’lim muassasalari bazasini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimiga qabul jarayoni shaffofligini ta’minlash va ta’lim sifatini oshirish borasida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, ilmiy hamkorlik va infratuzilmani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, oliy taʼlim sohasida mintaqaviy hamkorlik, taʼlim hududlarini bogʻlash, xalqarolashtirish va ichki mintaqaviy harakatchanlik masalalari bo‘yicha takliflar bildirildi. Jumladan:

pedagoga va metodika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha umumiy platforma yaratish;

xususiy, akademik va moliyaviy mustaqil oliy taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirishda Qozogʻiston va Qirgʻiziston tajribasini oʻrganish, bunda ular bilan hamkorlikni mustahkamlash;

Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion markazi yoki alohida sohalar kesimida umumiy ilmiy hamjamiyatlarni tashkil qilish orqali mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy va akademik almashinuvni taʼminlash kabi dolzarb masalalarni muhokama qilish ilgari surildi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

izohsiz | Oliy ta‘lim sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xalqaro anjuman majlisidan
___
без комментариев | С заседания международной конференции по содействию развитию диалога и сотрудничества между странами Центральной Азии в сфере высшего образования

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube