Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.23K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.iss.one/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Qo‘shimchaQabulKvotasi

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;

viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda:

davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;

bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bahodir Ma’murov 1981-yil Buxoro shahrida tugʻilgan.

U 2005-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi sport psixologiyasi. Pedagogika fanlari doktori, professor.

U o‘z mehnat faoliyatini 2005-yil Buxoro davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi sifatida boshlab, kafedra mudiri, fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

B.Ma’murov 150 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta monografiya, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta darslik muallifi, shuningdek, “Pedagogika” ensiklopediyasining mualliflaridan biri sanaladi.

Tayinlovga qadar Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Kitobxon_yoshlar

“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy va professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga sovrinlar topshirildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5866

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Kitobxon yoshlarni tantanali taqdirlash marosimidan
___
С церемонии награждения юных читателей
___
From the Young Readers Awards Ceremony

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#PhD/DSc_2024

📣 Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.iss.one/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.


Сегодня начался прием заявок на послевузовское образование (докторантура)

Документы на все формы послевузовского образования на 1 квартал 2024 года осуществляется через Единую электронную систему с 15 сентября по 15 октября текущего года.

Ответы на вопросы, возникающие при подаче документов, можно найти в специальной телеграм-группе t.iss.one/phd_technical_admins.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Germaniyani KFW banki bilan professional taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi
imzolandi

Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning KFW banki bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Hududlarda professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlashga koʻmak berish uchun Germaniya KFW banki bilan loyihani amalga oshirish masalalari bank vakillari bilan muhokama qilindi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#e’lon

⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi

Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

👉Batafsil
____

Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год

В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления.

👉Подробно

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📚 #Metodikalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limning о‘quv reja va о‘quv jarayoni grafiklari bо‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Kollejlar va texnikumlarda o‘qitiladigan fan (modul) dasturlarini ishlab chiqish uslubiy tavsiyalari

🔗 Professional ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklidagi kasb va mutaxassisiliklardan ishchi o‘quv rejalar va o‘quv jarayoni grafigin bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida fan (modul)lar va amaliyotlardan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha yo‘riqnoma

🔗 Professional ta’lim muassasalarida kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishchi o‘quv rejalar va o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Professional ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ishchi o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔗 Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish uslubiy qo‘llanma

🔗 Dual ta’lim kundaligini yuritish uslubiy qo‘llanma

🔗 Kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bо‘yicha metodik tavsiya

🔗 Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha sog‘lom muhitni shakllantirish hamda bu borada o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish o‘quv-amaliy qo‘llanma

🔗 Kompetensiyaga asoslangan dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiya

🔗 Professional ta’lim darajalari kasb va mutaxassisliklarining malaka talablari bo‘yicha metodik tavsiyalar

🔗 Masofaviy ta’limni tashkil etish metodik yo‘riqnoma

🔗 Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi uslubiy qo‘llanma

🔗 Dual ta’lim shakli bо‘yicha о‘quvchilarning о‘qitish natijalarini baholash bo‘yicha metodik tavsiyalar

🔗 Professional ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari uslubiy qo‘llanma

🔗 O‘qitish materiallari to‘plamlarini ishlab chiqish uslubiy qo‘llanma

🔗 Maktabgacha ta’lim tizimiga oid atamalar izohli lug‘ati

🔗 Professional ta’lim muassasalarida diplom oldi amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma


Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube